Reja: Ildizmevalilar ahamiyati



Yüklə 25,13 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,13 Kb.
#175625
1   2   3   4   5   6
Reja Ildizmevalilar ahamiyati-fayllar.org

Sistematikasi. Qand lavlagi -Beta vulgaris L. v.saccharifera -turiga, Chenopodiaceae
oilasiga mansub ikki yillik o’simlik. Birinchi yili barg to’plami, yo’g’onlashgan ildiz
(ildizmeva) rivojlanadi. Ikkinchi yili poya, gul, meva rivojlanadi..
Biologik rivojlanishi. Beta avlodiga kirgan turlar ildizmeva hosil qilish xususiyatiga ega. Madaniy qand
lavlagi – bu bargli va ildizmevali tur xillari o’rtasidagi duragay bo’lib, uzoq davom etgan selektsiya ishlari
natijasida ancha takomillashgan.
Birinchi yili lavlagi yo’g’onlashgan ildizmeva va 50-90 ta barg hosil qiladi. Urug’dan uruqqacha
rivojlanish jarayoni 11 ketma-ket bosqichda o’tadi (rasm).
Urug’ni unishi, maysalarning hosil bo’lishi, 6-8° tuproq isiganda boshlanadi. Tuproqda nam, issiqlik, havo
bo’lganida urug’ tez unib chiqadi. Tupmevadan urug’ning bo’linib chiqishi 3-5 kun bo’ladi. Unib chiqqan
lavlagi urug’i urug’pallasi bilan yuqoriga o’sib chiqadi. Keyingi davr 6-10 kunni o’z ichiga olib, bu vaqtda tez
sur’atda maysalanish lavrida ildizi 12-15 sm bo’ladi, 1-2 ta chinbarg rivojlanganda – 30 sm bo’ladi. SHu
davrdan boshlab asosiy ildiz ildiz yo’g’onlasha boshlaydi. Kambiy tuqimalarini doimo bo’linib ko’payishi
hisobiga ildiz tez yo’g’onlashib boradi. Agrotexnika sharoiti yaxshi bo’lsa, ildizmevaning vazni 500-600 g
bo’ladi. Ildizmevaning jadal o’sishi va barglarning rivojlanish davrida ildizmeva navga xos shaklga ega bo’ladi


– bu iyun-iyul oylariga to’g’ri keladi. Ildizi tuproqqa chuqurroq yeirib boradi. YOzning oxirida ildizmevada


quruq modda ko’p to’planadi. Bu vaqtda ildizmeva vazni ancha o’sadi. Birinchi yili ildizi 2-3 m chuqurlikka
kirib boradi.
Tinim davri urug’lik ildizmevalarni qishda saqlashda o’tadi. Bunda surakkab biokimyoviy jarayonlar:
modda almashinuv, nafas olish va bo’g’inlarni rivojlanishi yuz beradi.
Urug’liklarning qayta o’sish davri erta bahorda ildizmevalar tuproqqa ekilgandan so’ng boshlanadi.
Undan keyingi davr – barglarni o’sishi va poyalarni hosil bo’lishi – yetarli miqdorda nam va mineral o’g’itlar
bilan ta’minlanishiga bog’liq.
Gullash davri yozning boshlarida, ya’ni kundalik harorat 28-30° va havo eng past namlikda bo’lganda
changlari yaxshi yetarli va changlanish jarayoni yaxshi o’tadi. Urug’ni paydo bo’lish davrida mo’’tadil havodan
lekin havo va tuproq namligi yetarli bo’lganda yaxshi kechadi. Urug’ning pishish davrida aksincha, ob-havo
quruq va issiq bo’lganda, pishish bir vaqtda kechadi. Hamma rivojlanish davrlar uchun birinchi yilda 180-200
kun, ikinchi yilda 115-120 kun kerak bo’ladi.

Yüklə 25,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin