Reja: Ildizmevalilar ahamiyati


Qand lavlagining xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Yüklə 25,13 Kb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,13 Kb.
#175625
1   2   3   4   5   6
Reja Ildizmevalilar ahamiyati-fayllar.org

Qand lavlagining xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi qand olish va mollarga
ozuqa uchun yetishtiriladigan kerakli texnik ekindir. Ildizmevasida o’rtacha 17-20%
qand moddasi bor.
Ildizmevaning hosili 40-50 t/ga bo’lganda gektardan 7-8 t/ga qand to’plash mumkin, qand zavodlarida
qand ishlab chiqarilgandan keyin shinni (patoka) va jom qoladi. SHinnining quruq moddasida 60% qand 15%
azotsiz moddalar, 8-9% kul moddasi bo’ladi. SHinnidan spirt, sut va limon kislotasi ishlab chiqaradi. Jomning
tarkibida 15% quruq modda, 10% azotsiz moddalar, 3% kletchatka, 0,7% kul, 0,1% moy va 1,2% oqsil bor. 100
kg quruq jomning to’yimliligi – 80 oziq birligiga teng. Lavlagining hosili 30 t/ga bo’lganda jomning chiqishi 24 t
bo’ladi. Bargi umuman ildizmeva hosilining 30-35% ini tashkil etib, to’yimlilik xususiyati boshqa o’simliklar
ko’katidan kam emas. Barg tarkibida 20% quruq modda bo’ladi, shu jumladan 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy 100 kg
bargining to’yimliligi 18-20 oziq birligiga teng.
Yig’ishtirilgan qand lavlagining 1 kg ildizmevasi tarkibida 0,25-0,26 oziq birligi, 9-12 hazmlanuvchi
protein 0,29-0,54 g kaltsiy, 0,35-0,51 g fosfor va bargida – 0,11-0,13 oziq birligi 16-21 oqsil 1,08 g kaltsiy va 0,36 g
fosfor mavjud. qand lavlagidan bo’shagan yerlarga ko’pincha dala va sabzavot ekinlari ekiladi.


Ekinning tarixi. Hozirgi kunda ekiladigan lavlagi ikki yillik ekin. Ko’pchilik ilmiy kuzatishlarda
ko’rsatilishicha, uning vatani O’rta yer dengizi hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlarda eramizgacha 2000-1500 yil
oldin sabzavot o’simligi sifatida foydalanib kelingan. Ildizmevasidan Osiyning tog’li viloyatlarida,
taxminan eramizdan 1000 yil oldin foydalana boshlangan. VIII-XII asrlarda O’rta Osiyo, Kavkazorti, Sibir va
boshqa mamlakatlarga keltirilgan.
XVIII-XIX asrlarga kelib lavlagi ildizmevasi xo’raki, qand va oziq yo’nalishida ekiladigan bo’ldi. qand
lavlagi o’rtacha iqlim o’simligi bo’lib, u Kanada, Daniya, SHvetsiya, Germaniya, Frantsiya, Ukraina, Rossiya,
Latviya, Belorussiya, Turkiya, YAponiya, Afg’oniston mamlakatlariga tarqalgan. yer yuzida qand lavlagi 7,9
mln.ga maydoniga ekiladi.
O’zbekistonga qand lavlagi XX asr boshida keltirilib, asosan qand zavodlariga mahsulot yetishtirish uchun
ekilib, katta maydonlarga ekilmagan. Hozirgi vaqta O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lgandan so’ng,
qaytadan qand lavlagi yetishtirilib qand ishlab chiqarish maqsadida ekin maydonlari kengaymoqda. 1999
yilda 14,0 ming ga sug’oriladigan yerga qand lavlagi ekiladi.
qand lavlagi serhosil ekin bo’lib yer yuzida (1994 y.) o’rtacha 32,8 t/ga ildizmeva hosili olingan.
O’zbekistonda (1998 y.) 119,7 ts/ga ildizmeva olingan. Urug’ hosili 15-20 ts/ga.
Xorazmda yirik qand ishlab chiqarish zavodi qurildi. Bundan tashqari respublikada 20 ta mini zavodlar
mavjud.

Yüklə 25,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin