viloyatida aprelda boshlanadi. Ekiladigan urug’ davlat andozalariga javob berishi lozim. Ko’p urug’li
lavlagining unuvchanligi 80, bir urug’liniki 96% dan past bo’lganda ekiladi. Tozaligi 98% bo’lishi kerak.
Ekish SPCH 6 M, sabzavot va paxta seyalkalarida qator oralari 60, 70 va 90 sm qilib ekiladi. Ekish miqdori:
ko’p urug’li navlarda 8-10 kg/ga, bir urug’lilarda gektariga 4-5 kg/ga urug’ ekiladi, chuqurligi – 3-4 sm. bir
metrda 5-6 maysa bo’lsa yagana qilish zarur emas.
Lavlagi nihollari o’sib chiqqandan so’ng, birinchi marta qator oralari yumshatiladi. Bunda kultivatorga
qirquvchi va yumshatgichlari 4-5 sm chuqurlikda ishlov beradiga va o’simliklardan himoya zonasi 8-10 sm
qilib o’rnatiladi.
O’simliklarda 2 juft chinbarglar o’sib chiqqandan so’ng yagana qilinadi va har gektar yerda 100-110 ming
o’simlik qoldiriladi.
YAgana qilish kechiktirilsa, o’simlik ildizining o’zgarishiga, bargi o’sib ketishiga va
ildizmevalardagi qand miqdori kamayishiga olib keladi. Ekinni begona o’tlardan
saqlash uchun ekin qator
oralariga traktorda va qo’lda ishlov beriladi.
May oyining oxirida iyunning boshlarida birinchi marta oziqlantiriladi. Ikkinchi marta birinchi o’sish
so’vidani oldin oziqlantiriladi. O’simliklar, ayniqsa, iyul va avgust oylarining boshida suvga ko’p talabchan
bo’ladi. Bu davrlarda ekinlarni har 7-10 kun, keyinroq esa 15-20 kun, sentyabr va oktyabr oylarida 1
marotabadan sug’oriladi.
Dostları ilə paylaş: