Qand lavlagining xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi
qand olish va mollarga
ozuqa uchun yetishtiriladigan kerakli texnik ekindir. Ildizmevasida o’rtacha 17-20%
qand moddasi bor.
Ildizmevaning hosili 40-50 t/ga bo’lganda gektardan 7-8 t/ga qand to’plash mumkin, qand zavodlarida
qand ishlab chiqarilgandan keyin shinni (patoka) va jom qoladi. SHinnining quruq moddasida 60% qand 15%
azotsiz moddalar, 8-9% kul moddasi bo’ladi.
SHinnidan spirt, sut va limon kislotasi ishlab chiqaradi. Jomning
tarkibida 15% quruq modda, 10% azotsiz moddalar, 3% kletchatka, 0,7% kul, 0,1% moy va 1,2% oqsil bor. 100
kg quruq jomning to’yimliligi – 80 oziq birligiga teng. Lavlagining hosili 30 t/ga bo’lganda jomning chiqishi 24 t
bo’ladi. Bargi umuman ildizmeva hosilining 30-35% ini tashkil etib, to’yimlilik xususiyati boshqa o’simliklar
ko’katidan kam emas. Barg tarkibida 20% quruq modda bo’ladi, shu jumladan 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy 100 kg
bargining to’yimliligi 18-20 oziq birligiga teng.
Yig’ishtirilgan qand lavlagining 1 kg ildizmevasi tarkibida 0,25-0,26
oziq birligi, 9-12 hazmlanuvchi
protein 0,29-0,54 g kaltsiy, 0,35-0,51 g fosfor va bargida – 0,11-0,13 oziq birligi 16-21 oqsil 1,08 g kaltsiy va 0,36 g
fosfor mavjud. qand lavlagidan bo’shagan yerlarga ko’pincha dala va sabzavot ekinlari ekiladi.