3-reja bayoni Suitsidal xatar indikatorlariga yuzaga kelgan vaziyat xususiyatlari, kayfiyat, kognitiv faoliyatlar va insonning aytayotgan gaplari kirib, ular suitsidal xatarning yuqori darajada ekanidan darak beradi.
Inson tomonidan inqiroz sifatida idrok qilinayotgan har qanday vaziyat suitsidal xatarning vaziyat indikatori hisoblanishi mumkin: sevimli inson o’limi (turmush o’rtog’ining); ajrim; ishni yo’qotish; nafaqaga chiqish; jinsiy zo’ravonlik; qarz; yuqori lavozimni yo’qotish; kasbiy shakllanmaganlik; sodir etilgan qotillik yoki xoinlikka afsuslanish; qamoq hukmi yoki o’lim jazosi xavfi; og’ir darajada nogiron bo’lib qolish; tuzalmaydigan kasallik va u bilan bog’liq o’lim kutuvi; nerv buzilishi; er yoki xotinning xiyonati; rashq; ommaviy haqoratlash; yolg’izlik, sog’inch, charchoq; diniy motivlar; idealga taqlid va hokazo...
Suitsidal xatarning xulq -atvor indikatorlari.
Psixofaol moddalarni, alkogolni iste’mol qilish;
Uydan ketib qolish (eskeyp reaktsiya);
Boshqa odamlardan va hayotdan o’zini-o’zi izolyatsiyalash;