Reja: Ip yigirish texnologik jarayonlarining maqsadi, bosqichlari



Yüklə 194,01 Kb.
səhifə2/5
tarix03.06.2023
ölçüsü194,01 Kb.
#124428
1   2   3   4   5
MAVZU Tolalarni yigirish jarayoni

Yigirish tizimlari
Paxta va kimyoviy tolalarni yigirishda qo`llaniladigan texnologik jihozlar va jarayonlarda tolalardan ip hosil qilish ketma-ketligini yigirish tizimi deb atash qabul qilingan. Bunda yigirish tizimi tushunchasi faqat jarayonlar ketma-ketliginigina emas, balki texnologik jihozlar turi va ularni yigirish korxonalarida o`rnatish tartibini ham o`z ichiga oladi.
Paxta va kimyoviy tolalardan ip yigirishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud:

  • kard (oddiy) tizimi;

  • qayta tarash tizimi;

  • apparat tizimi;

  • melanj tizimi.

Bu tizimlar asosan ikkita belgilovchi alomatlari – tarash usuli va mahsulotni ingichkalashtirish usullari bilan farqlanadi.

1-rasm. Karda tizimda ip yigirish bosqichlari

2-rasm. Qayta tarash tizimida ip yigirish


Karda (oddiy) yigirish tizimi bo`yicha o`rtacha chiziqli zichlikdagi iplar yigiriladi. Bunday iplar keng assortimentdagi ip gazlamalar ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi. Shuningdek, karda tizimida tayyorlangan iplardan noto`qima matolar, trikotaj mahsulotlari, texnik buyumlar ishlab chiqariladi. 1-rasmda karda yigirish tizimida ip yigirishning bosqichlari tasvirlangan. Ushbu tasvirga muvofiq ipni yigirishning bir necha variantlarini hosil qilish mumkin.
Chiziqli zichligi uncha yuqori bo`lmagan, pishiqroq, notekisligi kam va tozalik darajasi yuqori bo`lgan iplarni yigirish uchun qayta tarash tizimi qabul qilinadi. Bunday iplar yupqa va silliq gazlamalar, trikotaj matolar va buyumlar, tikuvchilik iplari va ayrim texnik maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar olishda ishlatiladi. Bu tizimda yigirilgan iplarning tannarxlari ancha yuqori. Shuning uchun qayta tarash tizimini tanlashda ip sifatiga qo`yilgan talablarni mukammal o`rganish maqsadga muvofiqdir. Ushbu tizimda tolalarni tarashdan so`ng olingan piltani qayta tarashga tayyorlash va qayta tarash mashinasida tarash jarayonlari qo`shilganligi uni karda tizimidan farqlanishini ko`rsatadi. Aynan ushbu qo`shimcha bosqichlarda tolalar juda sifatli taraladi. Shu bilan birga qayta tarash jarayonida juda ko`p (25 % gacha) chiqindi hosil bo`ladi. Qo`shilgan bosqich jihozlarini xarid qilish va ularga xizmat ko`rsatish uchun sarflanadigan xarajatlar, chiqindini ko`p chiqishi ip tannarxini katta bo`lishiga olib keladi.
Apparat tizimida chiziqli zichligi yuqori bo`lgan iplar yigiriladi. Bunday iplar yumshoq, pishiqligi nisbatan kamroq bo`lganligi uchun ularni issiq kiyimlar va ayrim turdagi gazlamalar olish uchun ishlatiladi. Ipning bunday o`ziga xosligi aralashmalarda ko`p miqdorda past navdagi tolalar va chiqindilarni ishlatilishidandir.
Apparat tizimi klassik variantida tolalarni titish, tozalash, aralashtirish turli jihozlardan tarkib topgan agregatda bajariladi. Tarash uchun bir nechta tarash mashinalarini muayyan tartibda birlashtirib hosil qilingan tarash apparati deb nomlanadigan kompleksdan foydalaniladi. Ushbu apparatni chiqarish qismida taramni bo`ylamasiga bo`lib, so`ngra uni himarish yo`li bilan pilik tayyorlashga mo`ljallangan qurilma o`rnatiladi. Yigirish uchun halqali yigirish mashinalarini maxsus ta'minlovchi moslamali turlari o`rnatiladi. Hozirgi kunda ushbu tizim jun tolalarni yigirishda qo`llanilmoqda. Paxta va kimyoviy tolalarni yigirishni zamonaviy texnika va texnologiyasi bu yigirish tizimini oddiy tarash tizimiga yaqinlashtirishga olib keldi. Bunda tarash va mahsulotni ingichkalashtirish jarayonlari klassik usuldan ancha farq qiladi, jihozlarning unumdorliklari ancha yuqori.

Yüklə 194,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin