Reja. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri


Insonni mehnat faoliyatining fiziologik, gigienik asoslari



Yüklə 100,46 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü100,46 Kb.
#195650
1   2   3   4   5   6   7   8
INSON SALOMATLIGINI MIKROIQLIM BILAN BOG’LIQLIGI XAQIDA TUSHUNCHA

Insonni mehnat faoliyatining fiziologik, gigienik asoslari



Mehnat qobiliyati - bu insonning jismoniy yoki aqliy ishida unga yuklatilgan hajmdagi ishni bajarish qobiliyatidir. Mehnat gigienistlari va fiziologlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlarni ko`rsatishicha insonning mehnat unumdorligi bajariladigan ishga bog’liq bo`lmagan holda (aqliy yoki jismoniy), ko`p omillarga bog’liq bo`ladi.
Bu omillarga organizm funktsional sistemasining asab, bezlar sistemasi, tana haroratini bir xilligi, nafas olish, qon aylanishi va skelet mushaklari kiradi. YUqorida qayd etilganlardan birortasining funktsiyasini buzilishi inson mehnat qobiliyatini sezilarli pasayishiga olib keladi. Insondagi zararli odatlarni mehnat qobiliyatiga salbiy ta`siri ham tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Sigaret chekish, alkogol ichimliklarga ruju qo`yish o`pka, jigar kasalliklariga sabab bo`lib, sog’lik bilan bog’liq murakkab holatlarni keltirib chiqaradi. Bularning oqibatida jismoniy va aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi ishchilarni mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi. Bu holatni tibbiy statistika ma`lumotlari ham tasdiqlaydi. Evropadagi bir qator mamlakatlardagi ko`pgina korxonalarda zararli odatlarga ega bo`lgan ishlovchilarni mehnat qobiliyati xususan mehnat unumdorligi pasayishi sababli ularning mehnat haklarining pasayishi ham tasodifiy hol emas.
Barcha mehnat gigienistlari va fiziologlarining tasdiqlashicha sog’lom turmush tarzini kechiruvchi insonning yuqori darajadagi mehnat unumdorligi nafaqat butun mehnat faoliyati davomida balki, undan keyin ham saqlanib qoladi. Bunday tashqari tadqiqotlar jarayonida quyidagi ma`lum qonuniyatlar ham aniqlangan.
1) Insonning ko`pchilik organizmlarining fiziologik funktsiyasi kunduzi faol bo`ladi. SHu sababli kunduzi mehnat qobiliyati kechasiga qaraganda yuqori darajada bo`ladi.
2) Ma`lumki, davolash muassasalari, (kasalxonalar, jarohatlanganlarni qabul qilish punktlari va boshqalar), elektr stantsiyalari, bir qator sanoat korxonalari, temir yo`l transportlari (xususan uzoqqa qatnaydigan poezdlar) kunu-tun to`xtovsiz rejimda ishlaydi. Kechasi katta jismoniy energiya sarf qilib ishlaydigan odamlarning mehnat unumdorligi nisbatan katta bo`lmaydi. Kechasi soat 2:00 bilan 4:00 o`rtasidagi ishlarda mehnat qobiliyati (kunduzgi eng past unumdorlikka) kamayadi, bunday tashqari ishning unumdorligi va sifati pasayadi. Kunduzgi ishga qaraganda erta tongda 2 barobar ko`p xatoga yo`l qo`yiladi. Bu holatni albatta dispetcherlik xizmati xodimlari hisobga oladi va boshqa odamlarni xavfsizligi ularni faoliyatiga bog’liq bo`ladi.
3) Insonni dam olish va ishlash rejimi vaqt bo`yicha organizm bioritmiga mos kelsa istagan faoliyatida eng yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga erishish mumkin.
4) Jismoniy mehnat bilan kechqurun, ertalab va kunduz kuni shug’ullanish mumkin.
5) Normal bedorlik soatlarida eng yuqori mehnat qobiliyat davrini ehtiyoj yoki hohishga mos holda ongli ravishda aralashtirishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqotlar va hayotiy tajribalarda ham tasdiqlangan. Bu avvalo aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilarga taalluqli, shu bilan birga aqliy mehnatda unumdorlik dam olishdan (uyqu, dam olish uchun tanaffus) keyin yuqori bo`lishi shubhasiz va bu odatda ishlarni rejalashtirishda hisobga olinadi.
Aqliy mehnat ishchilarni ishlari oldidan to`g’ri rejalashtirilganda ular eng yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Mehnat unumdorligini saqlashning boshqa muhim sharti ratsional ovqatlanish hisoblanadi. Ovqatlanish keragidan ortiqcha yoki kam bo`lmasligi kerak. Kam ovqatlanishda organizm kuchni tiklash uchun etarli kalloriyani ololmaydi, bu mehnat qobiliyatini pasaytiradi.
Mehnat va dam olish jarayonlarining to`g’ri tashkil etilishi jarohatlanishni oldini olishning muhim sharoitlaridan biridir.
Insonning ish qobiliyati, uning har xil zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini sezish reaktsiyasi va to`xtovsiz mehnat jarayonining davomiyligiga bog’liq bo`ladi.
A gar odam ish kuni davomida belgilangan davrdan ortiqcha to`xtovsiz ishlasa, u jismoniy charchash bilan birga asabiy ham charchaydi. Bularga ish sharoitidagi shovqin, titrash, gazlanganlik, changlanganlik va boshqa shunga o`xshash zararli va xavfli omillarning qo`shilishi, ishchilarni jarohatlanishini yoki avariya holatlarining hosil bo`lishi ehtimolini oshiradi. SHu sababli ma`muriyat mamlakatning mehnat haqidagi qonunchiligi belgilagan mehnat va dam olish rejimiga qat`iy rioya qilishi kerak. Xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb qilish mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ishchi va xizmatchilarning mehnatiga alohida e`tibor qaratilgan. Qonunchilik mehnat haftasining davomiyligini 40 soat qilib belgilagan. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning davomiyligi 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. 15-16 yoshdagi bolalarning mehnat haftasi esa 24 soatga va 16-18 yoshdagi o`smirlar mehnat haftasining davomiyligi 36 soat qilib belgilangan. Agar ish zararli mehnat sharoitida amalga oshirilsa u holda ishchi hafta davomiyligi 36 soatgacha qisqaradi. Mehnat sharoiti o`ta zararli va o`ta og’ir ishlarda band bo`lgan xodimlar uchun ish vaqtining muddati chegarasi O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi. Bayram oldi ish kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to`g’ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Soat 22.00 dan to 6.00 gacha bo`lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (122-modda).
Har kuni normal ish vaqtining davomiyligiga rioya qilinish imkoniyati bo`lmagan ishlarda qonunchilik ma`muriyatga kasaba qo`mita bilan kelishilgan holatda umumlashtirilgan ish vaqtini joriy etishga ruxsat beradi. SHu bilan birga bunda bir smenadagi ish vaqtining davomiyligi 12 soatdan va ish vaqtining haftadagi o`rtacha davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. YUqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo`riqish, asab tangligi bilan bog’liq, ya`ni alohida tusga ega bo`lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
Ish vaqtidan tashqari olib boriladigan ishlar kasaba uyushmasi qo`mitasining ruxsati bilan bajariladi.
Mehnat qonunchiligi bo`yicha bir yillik ortiqcha ish vaqti har bir xodim uchun 120 soatdan va ketma-ket ikki kunlik ish kunida ortiqcha ish vaqti 4 soatdan oshmasligi kerak. Ish vaqtidan tashqari bajariladigan ishlar uchun haq to`lash Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan to`lanadi. Qonunchilik 18 yoshgacha bo`lgan o`smirlar, yosh bola boqayotgan va homilador ayollarga ortiqcha ish vaqtida ishlashga ruxsat bermaydi. Homilador ayolning o`n to`rt yoshga to`lmagan bolasi (o`n olti yoshga to`lmagan nogiron bolasi) bor ayolning shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a`zosini parvarish qilish bilan band bo`lgan shaxsning iltimosiga ko`ra ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to`liqsiz ish kuni yoki to`liqsiz ish haftasi belgilashga burchlidir.
Normadan ortiqcha ishlar mamlakat mudofaasi, baxtsizlikning oldini olish, avariyani yoki ularning oqibatlarini tugatish uchun yoki jamoat va davlat boyliklarining ishdan chiqishiga olib keladigan suv, gaz, issiqlik, yorug’lik, kanalizatsiya va shunga o`xshashlarda va yuklarni tushirish yoki ortish tez amalga oshirilishi kerak bo`lgan holatlarda bajariladi. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to`lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ushbu guruh nogironlariga 30 kalendar kundan kam bo`lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta`til beriladi. Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalbga qilish faqat ularning rozligi bilan yo`l qo`yiladi. Bu holda ham bajariladigan ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo`lishi kerak.

Yüklə 100,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin