Reja. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri


Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish



Yüklə 100,46 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü100,46 Kb.
#195650
1   2   3   4   5   6   7   8
INSON SALOMATLIGINI MIKROIQLIM BILAN BOG’LIQLIGI XAQIDA TUSHUNCHA

Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
I. Gigienik yo`nalishda:
-salomatlik va ish qobiliyatiga ta`sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me`yorlash;
-ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo`qotish yo`li bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash.
II. Fiziologik yo`nalishda:
-ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda bo`lishiga erishish;
- mehnat va dam olish rejalarini joriy etish;
-mehnatni jismoniy og’irligini kamaytirish , fiziologik jihatdan etarlicha harakat faolligini ta`minlash;
-mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish.
III. Psixologik yo`nalish:
- pul’tlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish (muhandislik ruhiyati);
-kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsiy ruhiyatlarni hisobga olish;
-jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnat va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo`lishlarini ta`minlash bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
IV. estetik yo`nalish:
-intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish;
-texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, pul’tlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilishi lozim bo`lgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish jarayonida sanitariya-gigiena, yong’in xavfsizligi bo`yicha ma`lum maxsus talablar qo`yiladi.
Qurilayotgan korxonaning ish joylaridagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me`yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish bo`yicha choralar qo`llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to`g’risidagi ma`lumotlar, korxonada xavfsiz mehnatni to`g’ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi .

Yüklə 100,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin