Reja: Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari. Mulkchilik munosabatlarning mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob‘ektlari va sub‘eklari. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni


Mulkchilik munosabatlarning mohiyati



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə3/6
tarix20.09.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#145732
1   2   3   4   5   6
3 biznes 2204 charos

2 . Mulkchilik munosabatlarning mohiyati
va iqtisodiy mazmuni mulk ob‘ektlari va sub‘eklari
Iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida kishilarni narsalarga va barcha moddiy va nomoddiy borliqqa munosabatining paydo bo’lishi mulkchilikni keltirib chiqaradi.
Aytish mumkinki, mulkchilik munosabatlari – bu iqtisodiy va doimiy kategoriya bo’lib, bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Mulkka egalik qilish – bu mulkni egasi qo’lida mavjud bo’lishidir va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklidir. Shuning bilan bir qatorda mulk kishiga boshqa kishilar foydalanishi mumikn.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishini bildiradi.
Mol-mulkni o’zlashtirish - bu daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishidir.
Mulkni tasarruf etish – bu mol–mulk taqdirini mustaqil hal etishni bildiradi. Bu mustaqillik mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish, davlat ixtiyoriga o’tkazish kabi ko’rinishlardan iboratdir.
Mulkchilikning munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilik shu sababli bir vaqtning o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi. Mulkchilikni huquqiy normalari bu sub‘ektning mulkka xo’jayinlik qilishini yuzaga chiqaradi. Demak, huquqiy norma - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilishdagi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan real ko’rinishi hisoblanadi.
Mulkning ob‘ekti va sub‘ekti bo’lish lozim. Mulkning ob‘ekti - bu inson yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi hisoblanadi. Mulkni sub‘ekti - unga egalik kiluvchilar (insonlar) bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa guruhlarga birlashgan bo’ladilar.
Mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari birgalikda mulkchilik munosabatlarini shakllantiradi. Demak, mulkchilik munosabatlari - bu mulk ob‘ektini o’zlashtirish bo’yicha sub‘ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
Mulkchilik huquqlari – bu mulk sub‘ektining mulk ob‘ektiga nisbatan munosabati bo’lib, mulkdan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan hosil bo’ladigan huquqlar majmuidir degan ta‘rifni berish mumkin.



Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin