Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarish omillari va ularning
Ishchi kuchi - mehnatga qobiliyati bo’lgan har bir insonning ma‘lum maqsadlar yo’lidagi aqliy va jismoniy faoliyatining yig’indisidir. Mehnat qurollari - bu inson mehnati yordamida mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan mexanizmlar (dastaklar)ga aytiladi. Masalan: stanoklar, traktorlar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va hakozolar. Mehnat predmetlari - mehnat ta‘siri natijasida tovar mahsuloti tayyorlanadigan barcha xom ashyolar massasidir. Masalan, sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda ishlatiladigan - urug’liklar, mineral o’g’itlar, yoqilg’ilar, materiallar, yer, suv shular jumlasidansir. Mehnat predmetlari tabiat mahsuli yoki oldingi davrlardan qolgan mehnat mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Moddiy omilni tashkil etuvchi mehnat qurollari va mehnat predmetlari (er, suv, yer usti va yer osti boyliklari - ko’mir, neft‘, gaz, ruda, metall...) ham ishlab chiqarish vositalari deb ta‘rif berilgan edi, ishchi kuchi esa ishlab chiqarishning деб shaxsiy omili yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi adabiyotlarda ishlab chiqarishning to’rt omili ko’rsatilmoqda: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik faoliyati tan olindi. Mehnat bilan ishchi kuchi bir xil ma‘noga ega emas. Mehnat turli omillarning birikishi natijasida amal qiladi. Ya‘ni, mehnat ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladi va uning pirovard natijasi daromad topish bilan tugallanadi. Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisidir. Bunda bilim, malaka, tajriba qo’llaniladi. Kapital tushunchasi turlicha ta‘riflanadi. Ko’pchilik adabiyotlarda kapitalni kapitalizmga xosligi aytilgan va o’z egasiga qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan ko’payuvchi, o’suvchi qiymat deyilgan. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham, masalan, J. Keark, L. Valras, I. Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb ta‘riflaganlar. Kapitalni qiymat tomonini e‘tiborga olib, ayrim iqisodchilar, kapitalning moddiy ob‘ektini (mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va hakozolar) narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar. Shu sababdan ular kapitalni doimiy, o’zgarmas tushuncha sifatida qarab, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Bu tushunchalarni umumlashtirgan holda kapitalni moddiy va ashyoviy hamda uni qiymat ko’rinishidan iborat deb qarab, uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatiladi. Kapital o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’laridan iboratdir. “Kapital” moddiy va qiymat ko’rinishiga ega bo’lgan iqtisodiy tushunchadir.
Yüklə 2,79 Mb. Dostları ilə paylaş: |