Reja Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar



Yüklə 48,66 Kb.
səhifə9/16
tarix25.12.2023
ölçüsü48,66 Kb.
#193930
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Mashinasozlik texnologiyasi

Donali ishlab chiqarish sharoitidagi texnologik jarayon integral xususiyatga ega bo’lib
bitta dastgohda turli, bir necha, operatsiya bajariladi. Bitta dastgohda turli tuzilishga ega bo’lgan,
turli o’lchamli va turli materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov beriladi. Birgina dastgohda
turli ishlar bajarilganligi va universal vositalardan foydalanganligi uchun sarflangan vaqt
tarkibidagi asosiy vaqtning miqdori kichik bo’ladi.
Bundan tashqari, ushbu ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladigan nazorat qilish
asboblari ham universalligi bilan xarakterlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab chiqarishning
o’rtasida bo’lib oraliq xarakterga ega bo’ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab tayyorlanadi. Bitta
partiya (seriya) tarkibidagi detallar tuzilishining, o’lchamlarining va materialining bir xilligi
bilan ajralib turadi. Bir partiya yoki seriyadagi detallar birdaniga tayyorlab olinib keyin
ikkinchisiga o’tiladi.
«Partiya» so’zi detallarga taalluqli bo’lsa, «seriya» so’zi esa mashinalarga taalluqlidir.
Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashinalar soni turlicha bo’lishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi mahsulot
(detal) miqdoriga qarab mayda kichik seriyali, o’rta seriyali va ko’p seriyali ishlab chiqarish
bo’ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning operatsiyalari
differensiallashgan bo’ladi yoki texnologik jarayon operatsiyalarga bo’lib yuboriladi.
Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qo’llaniladi: universal, maxsus,
maxsuslashgan, avtomatlashtirilgan, agregat va shu kabilar. Dastgohlar tayyorlanayotgan
mahsulotni turini o’zgartirilganda ularni tayyorlash imkoniyatiga qarab maxsuslashtiriladi.
Universal dastgohlardan keng foydalanilgan holda maxsuslashtirilgan, maxsus
moslamalar, standart kesuvchi asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar ham
qo’llaniladi. Xuddi shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy kalibrlar,
shablonlardan keng foydalaniladi. Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari
o’z tannarxini tez qoplay oladi. Buning asosiy sababi tayyorlanayotgan mahsulot miqdorining
donali ishlab chiqarishga nisbatan ancha ko’pligidir.
Seriyali ishlab chiqarish sharoiti keng tarqalgan bo’lib, kompressorlar, presslar,
dastgohlar, to’qimachilik mashinalari, yog’ochga ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va
o’rmonchilik sanoati mashinalari, komunal xo’jalik mashinalari tayyorlashda va shu kabilarda
qo’llaniladi.

Yüklə 48,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin