Reja Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar



Yüklə 48,66 Kb.
səhifə5/16
tarix25.12.2023
ölçüsü48,66 Kb.
#193930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mashinasozlik texnologiyasi

Yalpi ishlab chiqarish sharoiti tayyorlanayotgan mahsulotning ko’pligi sababli doimiy
(yil davomida) takrorlanmaydigani operatsiyalarni bajaruvchi ishchi o’rinlar yig’indisidan iborat.
Yalpi ishlab chiqarish sharoiti quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
a) yalpi oqimli ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanganayotgan detallar texnologik
jarayonni bajarish ketma-ketligi bo’yicha tuzilgan operatsiyalarni uzluksiz o’tib boradi. Bunday
holda Har-bir operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt bir biriga teng yoki bo’linuvchi
(ko’payuvchi) bo’lishi kerak. SHu talabgina texnologik jarayonni uzluksiz bajarilishini
ta’minlaydi.
b) yalpi to’g’ri oqimli ishlab chiqarish sharoitida ham operatsiyalar texnologik
jarayonni bajarish ketma-ketligi bo’yicha tuziladi, ammo operatsilarni bajarish uchun sarflangan
vaqt bir-biriga teng bo’lmaydi. SHu sababli ayrim operatsiyalarni bajaruvchi dastgohlar oldida
detallarni tuplanib qolish holatlarini kuzatish mumkin.
YAlpi ishlab chiqarish sharoiti ko’p miqdordagi mahsulot tayyorlashda qulay
hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish sharoitida maxsus, avtomatlashtirilgan, agregat dastgohlar va
avtomatik qatorlar qo’llaniladi. Xuddi shuningdek, qo’llaniladigan moslamalar, kesuvchi va
nazorat asboblari ham maxsusligi bilan ajralib turadi. SHunga qaramay mahsulot xajmining
kattaligi ularni kiska muddat ichida uz-uzini koplash imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlar yalpi ishlab chiqarish sharoitida mahsulot doimiy bo’lib uning
tuzilishi, aniqlik va boshqa ko’rsatkichlari o’zgarmaydi degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Texnika va texnologiyaning rivojlanishi natijasida mahsulot sifati o’zgaradi, bu o’z navbatida
texnologik jarayonga o’zgartirishlar kiritishni talab etadi.
Ko’rib chiqilgan ishlab chiqarish sharoitlarining barchasi uchun uziga xos ishlab
chiqarishni tashkil qilish shakllari mavjud. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda dastgohlarni
joylashtirish tartibi alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Bu o’z navbatida mahsulot turiga, ishlab chiqarish jarayonining murakkabligiga,
mahsulot xajmiga va shu kabi omillargabog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni quyidagi asosiy shakllari mavjud:
1) Metall kesish dastgohlarining turlariga qarab. Bunday shakl asosan
donali va ayrim detallar uchun seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bunday
holda dastgohlarning turlariga qarab alohida bulimlar tashkil etiladi. Masalan faqat
tokarlik, parmalash, frezalash dastgohlaridan tashkil etilgan bulimlar.
2) Predmetli, bu shakl asosan seriyali ayrim detallar uchun yalpi ishlab
chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu shaklga ko’ra dastgohlar texnologik jarayonni
bajarish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi va bir xil yoki bir-biriga yaqin bo’lgan
detallarni tayyorlashga mo’ljallanadi. Bunday holda operatsiyalarni bajarish uchun
sarflangan vaqt bir-biri bilan kelishtirilmaydi. SHu sababli ayrim operatsiyalarda detallar
tuplanib qolishi mumkin. Detallar partiyalab tayyorlanadi.
3) Oqimli seriyalab, yoki o’zgaruvchan-oqimli, bu shaklda ham dastgohlar
texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi bo’yicha joylashib asosan seriyalab ishlab
chiqarish sharoitida qo’llaniladi va operatsiyalarning bajarish uchun sarflangan vaqt birbiri bilan moslashtirilgan bo’lib detallarni operatsiyadan-opearsiyaga uzluksiz uzatib
berishni ta’minlaydi. Bunday holda ham detallar partiyalab tayyorlanadi va boshqa
Yüklə 48,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin