Reja: Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar. Xalqaro Krishnani anglash jamiyati


O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar



Yüklə 27,83 Kb.
səhifə5/7
tarix12.10.2023
ölçüsü27,83 Kb.
#154922
1   2   3   4   5   6   7
Yangi diniy

3. O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar. Tarix shuni ko‘rsatadiki, chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar boshidan kechirayotgan jamiyatda rivojlanishning “yagona to‘g‘ri yo‘li”ni, agar jamiyatdagi vaziyat salbiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, “yagona najot yo‘li”ni bilishga da'vo qiluvchi turli diniy jamoalar yoki sektalar vujudga kelishi kuzatiladi. O‘zbekistonda ham 1990-yillarning boshida muayyan darajada xarizma va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayrim “yangi dindorlar” o‘z g‘oyalarini boshqalarga ham targ‘ib qila boshladilar. Oqibatda respublikada bir necha norasmiy diniy jamoalar shakllandi. Ularning a'zolari orasida maxsus diniy ma'lumotga ega shaxslar deyarli uchramaydi.
Norasmiy diniy jamoalar ilgari surayotgan diniy-g‘oyaviy qarashlarning aksariyati sof diniy xarakterga ega bo‘lib, “xalifalik qurish” kabi diniy-siyosiy maqsadlarga qaratilmasada, aqidaviy jihatdan hanafiylik mazhabi ta'limotiga mutlaqo zid g‘oyalarni targ‘ib etish va o‘zlariga ergashmagan musulmonlar va boshqa din vakillariga o‘ta keskin munosabat bildiriladi. Jamoa ichida ayrim holatlarda fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi tartiblar joriy qilingan va jamiyatga salbiy munosabatlar shakllantirilgan. Oqibatda jamoa a'zolarining jamiyat va ijtimoiy aloqalarning uzilib qolishi, ular va boshqa fuqarolar orasida o‘zaro mojarolar kelib chiqishi, ayrim adeptlarning oilalari barbod bo‘lishi kabi ijtimoiy illatlar kuzatilmoqda. Jamoa rahbarlari esa o‘z tarafdorlarini shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish holatlari aniqlangan. Hozirgi kunda respublikada faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalar qatoriga “Ma'rifatchilar”, “Shohidiylar” va “Baxshillochilar”ni kiritish mumkin.
Ma'rifatchilar” jamoasiga 1990-yillarning o‘rtasida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi Bahodir Mamajonov (1950 y.t.) tomonidan asos solingan. Jamoaning g‘oyaviy ta'limoti B.Mamajonov tomonidan yozilgan va noqonuniy tarzda chop etilgan, diniy va ilmiy asossiz yozilgan “Ma'rifat”, “Tilak”, “Namoz-Sig‘inish”, “Rost-Qur'on” kitoblari hisoblanadi.
“Ma'rifat” kitobi B.Mamajonovning diniy mavzudagi fikrlari va nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan bir necha suralarning tarjimasidan iborat. Ushbu kitob nomidan kelib chiqqan holda aholi ichida B.Mamajonovning izdoshlari “Ma'rifatchilar” deb tanilgan. B.Mamajonov esa o‘zini va tarafdorlarini “To‘g‘ri din”dagilar deb hisoblaydi.
“Namoz-Sig‘inish” kitobida B.Mamajonov tomonidan belgilangan namoz tartibi bayon qilingan. “Rost-Qur'on” kitobida ham go‘yoki “Usmon ibn Affon davrida Qur'on noto‘g‘ri tartiblangan” degan da'vo ostida suralar nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan.
“Ma'rifatchilar”ning an'anaviy islom ta'limotiga zid da'volari:
- Qur'on va namoz milliy tilda, ya'ni o‘zbek tilida o‘qilishi shart hisoblanib, go‘yoki “o‘zi aniq bilmagan narsaga erishish” shirk ekani e'lon qilinib, “ota-bobolarimiz ... mushrik edilar” deb hisoblanadi;
- O‘zbekiston aholisi faqat 1990 yili “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan Qur'on tarjimalari orqali haqiqiy Qur'onga (B.Mamajonovning da'vosicha – “Rost-Qur'on”) erishgan, ungacha Qur'onga go‘yoki “shayton suralari qo‘shilgan” deb da'vo qilinadi hamda mavjud tafsirlar tan olinmaydi;
- Muhammad payg‘ambarga “vositachi”, “uning vazifasi faqat Qur'onni yetkazish edi” degan da'vo bilan hurmat ko‘rsatilmaydi, “xulafoi roshidin”dan keyingi xalifalar “do‘zaxi” sanaladi;
- Qur'on - yagona muqaddas manba, hadislar tan olinmaydi;
- dunyoviy partiya va boshqa dindagilar, shu jumladan, yahudiy va xristianlar “shaytonga ergashgan”lar deb qaraladi;
- mazhablarga ergashish “shirk” amal hisoblanadi;
- mayyitni kafanlash va “janoza” o‘qish islomda yo‘q amallar, deb qaraladi;
- go‘yoki isrof bahonasida davlat bayramlari va tug‘ilgan kunlarni nishonlash, to‘y-ma'rakalar o‘tkazish, diniy marosim va urf-odatlar dindan chiqaruvchi shirk amallar qatoriga kiritilgan;
- namoz va ibodatda ishlatiladigan sano va salovotlarning barchasi o‘zbek tilida o‘qilishi joriy qilingan, namoz vaqti va tartibi e'tiborga olinmaydi, bir sutkada besh mahal azonsiz, B.Mamajonov belgilagan vaqt va tartibda 17 rakat, kechasi 2 rakat sunnat namozi o‘qiladi.
Jamoa a'zolarining asosiy qismini B.Mamajonovning qarindoshlari va yaqinlari tashkil etadi. Ayrim a'zolar O‘zbekiston islom harakatining jangovar lagerlarida “hijrat”da bo‘lib qaytganlar. Hozirda jamoaning kam sonli a'zolari Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani va Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida istiqomat qiladi.

Yüklə 27,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin