Reja: Kirish Adabiyotlar ro’yxati


Oddiy aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlari



Yüklə 62,68 Kb.
səhifə7/10
tarix10.05.2023
ölçüsü62,68 Kb.
#110753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aksiyadorlik jamiyatlari . Mustaqil ish

Oddiy aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlari
Oddiy aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida mazkur yig‘ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.

Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlari
Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega emas.

Jamiyatning imtiyozli aksiyalari ularning egalari bo‘lgan aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va oddiy aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bo‘ladi.


Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendning miqdori va (yoki) qiymat (tugatilish qiymati) jamiyat ustavida belgilab qo‘yilishi lozim. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori va tugatilish qiymatini belgilash tartibi jamiyat ustavida ko‘rsatilgan bo‘lsa ham imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendning miqdori va tugatilish qiymati belgilangan deb hisoblanadi.


Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamg‘arib borilishi va keyinchalik to‘lanishi belgilab qo‘yilishi mumkin.


Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.


Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi masalalar hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyat ustaviga imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki ko‘paytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki ko‘paytirish masalalari, shuningdek imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarga dividend va (yoki) bu aksiyalarning tugatilish qiymatini to‘lash navbati bo‘yicha imtiyozlar berish hollari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladi.

Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni to‘liq to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan keyingi yig‘ilishdan boshlab ega bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar bo‘yicha dividendlar birinchi marta to‘liq miqdorda to‘langan paytdan e’tiboran bekor qilinadi.


Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi o‘ziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan oddiy aksiyalar bo‘yicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega bo‘ladi.



Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan tasdiqlanadi.
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularni oluvchiga ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan huquqlar o‘tgan paytdan e’tiboran o‘tadi.


Yüklə 62,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin