2. Valyutaviy SVOP auksioni – oldindan belgilangan valyuta kurs (forvard operatsiyasi) bo`yicha ma`lum vaqtdan keyin teskari operatsiyani amalga oshirish sharti bilan ikki tomonlama valyuta ayirboshlash operatsiyasi (spot operatsiyasi).
Forvard kursini hisoblashda milliy valyutaning qiymati sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasidan foydalaniladi. Bitim predmeti xorijiy valyuta hisoblanadi.
3. Overnayt REPO va Overnayt valyutaviy SVOP operatsiyalari – bir kun muddatga “asosiy stavka + 2%” stavkada muntazam qo`llaniladigan operatsiyalar.
Likvidlikni jalb etish operatsiyalari 1. Markaziy bank obligatsiyasi– obligatsiya egasi tomonidan belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda emissiya qilinadigan qimmatli qog`ozlar.
Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalar chiqarishi va muomalada bo`lishi to`g`risidagi” Nizom 2. Depozit auksionlari – Markaziy bankning tijorat banklaridan depozitlarga asosiy stavka darajasida mablag`larni jalb qilish operatsiyalari. Ushbu auksionlar 2022 yilning mart oyidan boshlab “to`liq qoplanadigan o`zgarmas foiz stavkali” operatsiyalar (fixed rate – full allotment) ko`rinishida amalga oshiriladi.
Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan deposit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi” Nizom 3. Overnayt depozit - “asosiy stavka - 2%” stavkasi bo`yicha 1 kun muddatga muntazam foydalaniladigan operatsiyalar.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari (inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishning ahamiyati)
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.