Reja kirish dekorativ rasm va ularning xususiyatlari. Dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 18,1 Kb.
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü18,1 Kb.
#96506
  1   2
Dekorativ rasm va uning xususiyatlari


REJA
KIRISH
1. Dekorativ rasm va ularning xususiyatlari.
2. Dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg‘uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg‘ularni tarbiyalash kerak.


Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Naqshning turlicha shakllarini bog‘liq holda kompozitsion hisni bolalarda shakllantirish.
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Xalq amaliy san’atining stillarining farqlashga va ularning alohida elementlarini bolalarning o‘z ijodida foydalanishga o‘rgatish.
Qalam va mo‘yqalam bilan chizishning texnik ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Bolalarni dekorativ rasm chizishga o‘rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish malakasini rivojlantirishi zarur. Bola predmetni shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti, naqshi o‘zgarishini his qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalarni dekorativ rasm chizish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil qilishga o‘rgatish zarur. Chunki dekorativ san’at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo‘la olmaydi. Dekorativ rasm chizishda asosiy vazifalardan biri – rangni his qilishni rivojlantirishdir. Rang – naqsh ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog‘langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib uyg‘unlashishining barchasini o‘zlashtira olmaydilar. Lekin, rang hissi ularda bog‘chagacha bo‘lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi: yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli uyg‘unlashuviga qadar. Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllarni chizishni o‘rganib bo‘lganlaridan keyingina, bolalar diqqatini yangi vazifaga konsentratsiyalash, ya’ni qaratish lozimdir: bu – shu oddiy - sodda shakllarni naqsh hosil qilish uchun ma’lum bir ketma-ketlikda joylashtirishdir.
Boshlangich tasvirlash ko‘nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruhda ega bo‘ladilar. Ikkinchi kichik guruhda ayrim vazifalar dekorativ xarakterga ega. Masalan: “Ro‘molchaning chetini chiziqlar bilan beza”. Lekin bunday mashg‘ulotning asosiy maqsadi – naqsh hosil qilish emas, to‘g‘ri chiziqlarni turli yo‘nalishda o‘tkazish malakasini mustahkamlashdir.
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
Dekorativ rasm chizish bolalarga 4 yoshdan boshlab o‘rgatiladi.
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:
Chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;
Ranglar hissini rivojlantirish,ya’ni kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;
Turli yirik va mayda shakllarni – naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;
Mo‘yqalamdan foydalanishning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish, qog‘ozga yengil tekkazib, nuqtalar hosil qilish;
Mo‘yqalamning boshchasidan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazishda hamda dog‘chalar hosil qilish usulida mo‘yqalamdan to‘liq foydalanish; rang – naqsh ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog‘langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg‘unlashishini albatta, barchasini o‘zlashtira olmaydilar. Lekin, rang hissi ularda bog‘chagacha bo‘lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi: yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli uyg‘unlashuviga qadar. Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllarni chizishni o‘rganib bo‘lganlaridan keyingina, bolalar diqqatini yangi vazifaga konsentratsiyalash, ya’ni qaratish lozimdir: bu–shu oddiy-sodda shakllarni naqsh hosil qilish uchun ma’lum bir ketma-ketlikda joylashtirishdir.
Boshlang‘ich tasvirlash ko‘nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruhda ega bo‘ladilar. Ikkinchi kichik guruhda ayrim vazifalar dekorativ xarakterga ega. Masalan: «Ro‘molchaning chetini chiziqlar bilan beza». Lekin bunday mashg‘ulotning asosiy maqsadi – naqsh hosil qilish emas, to‘g‘ri chiziqlarni turli yo‘nalishda o‘tkazish malakasini mustahkamlashdir.
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
Dekorativ rasm chizish bolalarga 4 yoshdan boshlab o‘rgatiladi. O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:

  • chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;

  • ranglar hissini rivojlantirish, ya’ni kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;

  • turli yirik va mayda shakllarni – naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;

  • mo‘yqalamdan foydalanishning texnik ko‘nikmalarini

  • rivojlantirish, qog‘ozga yengil tekkazib, nuqtalar hosil qilish;

  • mo‘yqalamning boshchasidan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazishda, hamda dog‘chalar hosil qilish usulida mo‘yqalamdan to‘liq foydalanish;

  • o’rta guruhda dekorativ rasm chizishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o‘xshashdir. Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda, bolalar mo‘yqalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo‘yqalam yordamida dog‘chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o‘rganadilar. Bunda dog‘chalarning ranglarini va naqsh murakkablashgan sari, o‘rnini o‘zgartiradilar. Mo‘yqalam yordamida dog‘chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo‘lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo‘yqalamni qog‘ozga botirib olishdan hosil bo‘ladi. Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli kiritiladi, so‘ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi.

Nuqta hosil qilish mo‘yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo‘yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo‘lishi kerak, chunki mo‘yqalam qog‘ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang‘ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo‘lgan qo‘lning ritmik harakati ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.
Almashinuv – kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o‘zaro moslashuviga asoslanadi. O‘rta guruhdagi bolalar uchun ikkitagina elementni shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo‘ladi. Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi tasviriy elementlarni kiritish hisobidan hosil bo‘ladi. Nuqtalar chizish va mo‘yqalamni botirib olish usulidan tashqari, bolalar naqshda doirachalar, xalqalardan foydalanib chizishni o‘rganadilar. Bu elementlarni bolalar kichik guruhlarda tasvirlashni o‘rganganlar. Dekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o‘zgaradi: ular ancha kichik hajmda, chizayotganda shakllar bir-biriga hajmi jihatdan mos bo‘lishi kerak; undan tashqari, bu shakllar predmet obrazi bilan bog‘liq emas, bu albatta bola uchun tasviriy jarayonni murakkablashtiradi. Bolalar yana naqshni faqat bir chiziqda emas, balki to‘rtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o‘rganadilar. Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to‘g‘ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, чунки kvadratning to‘rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.



Yüklə 18,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin