Reja Kirish I. Bob. Basketbolchilarni tayyorlash jarayonini boshqarish


I.2. Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni



Yüklə 42,08 Kb.
səhifə3/9
tarix21.10.2023
ölçüsü42,08 Kb.
#159100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Kirish I. Bob. Basketbolchilarni tayyorlash jarayonini bosh-hozir.org

I.2. Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni.
Boshqaruv jarayoninig fundamental asosi (omili) rejalashtirishdir.
U nafaqat butun tayyorgarlikjarayonining mazmunini, balki trenerning
ish faoliyatini ham tartibga soladi. Rejalashtirish — bu kelajakni
ko‘ra bilish va uni oldindan aytib, bashorat qilishni bilish demakdir,
Basketbolcbiiar va basketbol jamoalari faoliyatini rejalashtirish,
o'rgatish va trenirovka mashg‘ulotlari qonuniyatlari, prinsiplari, uslub
va vositalarini qo‘llash texnologiyasiga asoslanishi lozim.
Basketbol - bu jamoa o‘yini, shuning uchun rejalashtirish ham
jamoa uchun ham o‘yinchi uchun tuziladi. Basketbol ham boshqa
jamoali sport o‘yinlari iurlariga o‘xshab qarshi jamoa bilan kurashda
nafaqat shaxsiy, balki jamoa o‘yinlarining birgalikdagi harakatini
mukammallashtirish xususiyati bilan ifodalanadi. SHu sababli texnik,
taktik va o‘yin tayyorgarligini maqsadli shakllantirish o‘ta muhim
shartlardan biridir. Tayyorgarlik turlariga ajratiladigan vaqt taxminan
i|tiy¡dagicha íaqsimlanadi: jismoniy tayyorgarlik- 20%, texnik-
10%, taktik, o‘yin va musobaqa tayyorgarligi -50%.bu raqamlar
o'yinchilarning yoshi, malakasi va tayyorgarlik darajasi, moddiytexnik bazaning shart-sharoitlari vajamoa oldidaturgan asosiy vazifalar
c’tiborga olinadi. Ishlab chiqilgan rej alarga o‘quv-mashg‘ulot va
musobaqa jarayonlarida qayd etiladigan real ko‘rsatkichlar, kuzatuv
hamda ilmiy-tadqiqot natijalar asosida maqsadli o‘zgartirishlar yoki
qo‘shimcha tadbirlar kiritilishi darkor.
Har bir o‘yinchi va jamoaga alohida istiqbol rejasi (4-yilga),
-yillik reja, mezo va mikrosikllar rejalari (joriy reja, tezkor reja) tuziíishi
lozim.
Rejalashtirilgan mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini
o‘zlashtirish samaradorligini ob’ektiv va asosli baholash uchun
tayyorgarlik turlari bo‘yicha erishilgan imkoniyatlar, me’yoriy testlar
asosida nazoratdan o‘tkazilib turilishi kerak.
Rejalashtirish turlari. Ko‘p-yillik sport trenirovkasi uzoq muddatli
pedagogik jarayon boiib, u turli davr va bosqichlarga mo’ljallangan
o‘ziga xos maqsadli rejalashtiruv hujjatlari asosida boshqariladi.
Yuqorida qayd etilganidek, ko‘p-yillik tayyorgarlik jarayonini
maqsadli boshqarish avvalom bor 4-yilga m o‘jallangan strategik
hujjat — istiqbol rejasi asosida amalga oshiriladi.
istiqbol rejasi - bu jamoa va o‘yinchilar sport mahoratini
takomillashtirishga qaratilgan strategik dastur boiib, unda-yillik
tayyorgarlik siklining turli davr va bosqichlari uchun belgilangan real
maqsad va vazifalar hal etiladi. Jamoaning na’munaviy istiqbol rejasi quyidagi tartibda tuziíishi mumkin:
1. Tayyorgarlikning maqsadi. Bunda asosiy musobaqalarda erishiladigan pirovard sport natijasi va mashg ‘ ulot j aray oninig ustuvor yo‘nalishlari loyihalashtiriladi.
2. Jamoa tarkibi va zahira tarkibini tayyorlash. Ushbu yo‘nalish
bo‘yicha jamoaning imkoniyati, jamoa tarkibini aniqlash va zahira
basketbolchilarni tayyorlash vazifalari hal etiladi,
3. Musobaqalarda ishtirok etish. Bunda musobaqalarga tayyorgarlik
ko’rishga qaratilgan vazifalar amalga oshiriladi. Asosiy va oraliq
musobaqalarga tayyorlovchi modellashtirilgan mashg‘ulot!ar tashkil
qilinadi hamda ularda erishiladigan natijalar bashorat qiiinadi.
4. Mashg‘ulot yuklamalari. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha real
holat aniqlanadi va vazifalar qo‘yiladi, tayyorgarlik-yillari bo‘yicha
mashg‘ulotlar yuklamalarining hajmi rejalashtiriladi.
5. Tayyorgarlikning davriyügi.-yillik tayyorgariik sikli va tuzilishi
bo‘yicha vazifalar rejalashtiriladi. Tayyorgariik davrlari, bosqichlari,
ularning muddati va mazmuni belgilanadi.
6. Tayyorgariik vositalari va darajasi. Vazifalar va har xil
tayyorgariik turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘nalishi rejalashtiriladi.
7. Hisobot, pedagogik va tibbiy nazorat. Nazorat sinoviari, tïbbiy
ko‘rik va boshqa barcha nazorat muddatlari belgilanadi. Individual istiqbol reja quyidagi tartibda ishlab chiqilishi mumkin:
1. Sportchining umumiy va antropometrik ko'rsatkichlari.
2. Sportchining barcha yo‘nalish!ar bo‘yicha koTsatkichlari
rejaiashíiriladi: jamoadagi o‘yin funksiyasi, jismoniy sifatlar, texnik,
takíik, nazariy, psixofunksional tayyorgarlik dinamikasi loyihalashtiriladi.
3. Tayyorgarlikning maqsadi va vazifalari:
- asosiy maqsad va tayyorgarlik yo‘nalishi;
- mashg‘u!ot!ar hajmi bo‘yicha vazifalar;
- tayyorgarlik turlari bo‘yicha vazifalar;
- musobaqalarda ishtirok etish bo‘yicha vazifalar;
4. Pedagogik va tibbiy nazorat natijalari: testlarni topshirish
muddatlari belgilanadi.
5.4-yilga tayyorgarlik turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar rejaiashíiriladi.
Taktik tayyorgarlik kichik guruhlarda umuman, butun jamoada o‘zaro kеlishib bajariladigan barcha taktik harakatlarni egallab olishga asoslangan. Umumiy o‘yin rеjasi zaminida taktik tashabbusni rivojlantirishga asosiy e'tibori qaratiladi. Shеriklar va raqiblar harakatini tahlil qilish juda muhimdir.
O‘quv-mashg‘ulot ishlarida jamoadagi funktsiyalar buyicha har bir sportchi malakasini yakka tarzda takomillashtirishga hamda bo‘g’inlar va jamolarning o‘zaro kеlishib harakat qilishiga katta e'tibor bеriladi.
Mashg‘ulotlarga ajratiladigan vaqt haftasiga 12-14 soatga qadar oshirib boriladi. Guruhdagi kishilar soni 12-15 kishidan oshmasligi kеrak. Jamoa bo‘lib bajariladigan mashqlarga ham, yakka mashqlarga ham samarali rеjalar tuzishdan iborat ish shakli qo‘llaniladi. Musobaqalar salmog‘i ancha katta: bir yil mobaynida kamida 30-40 musobaqa o‘tkaziladi.
Yuksak sport mahoratiga erishi vazifasini hal qilishga qaratilgan vositalar va uslublarning ancha katta bo‘lishiga qaramasdan, bu yеrda pеdagogik yo‘nalishga rioya etilishi shart.

Yüklə 42,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin