f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZISHGA O’RGATISHDA IMLOVIY BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH
2.1.Yozuv daftari asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar va diktant turlari ,, Yozuv daftari’’ o’quvchilarning orfografik bilimlarini amaliy o’zlashtirishlari uchun boy materiallarga ega.
O’qituvchi yozuv daftari bilan ishlashdan oldin ,,Bugun o’quvchilarga nimani o’rgataman?’’, ,,Nima uchun o’rgataman? Qanday o’rgataman?’’ degan mulohaza yuritish zarur. Aks holda yozuv darslari quruq yozish, nusxa ko’chirish darsi bo’lib qoladi.
Yozuv daftari bilan ishlash jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilimlar uch xil yo’nalishda bo’ladi: 1. Grafik bilimlar. 2. Grammatik bilimlar. 3. Imloviy bilimlar.
Yozuv daftari asosida beriladigan grafik bilimlar: har bir harfning yozma kichik va bosh shaklini yakka holda yozish va o`zidan keyingi va oldingi harflarga ulash ko’nikmasi yozishga o’rgatish jarayonida hosil qilinadi.
Grammatikadan amaliy bilimlar daftar sahifadagi til birliklarini elementlar tahlil qilish jarayonida shakllantiriladi.
Fonetik va Grammatik bilimlar asosida esa imloviy malakalar shakllantiriladi.
To’g’ri hosil qilingan grafik malakalar esa boshlng’ich sinf o’quvchilarining imloni o’zlashtirishlariga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Chunki yozish malakasini egallamagan o’quvchida boshqa bilimlarni o’zlashtirishga havas bo’lmaydi. Shu sabali har bir o’quvchi avvalo yozuvning elementar talablariga e`tabor berib, bolaga yozuvda ichki ehtiyoj, qiziqish hosil qilishi lozim. Aslida grafik Grammatik, imloviy bilimlar har paytda hosil qilinadigan , bir –biri bilan uzviy bog`liq hodisalardir. O’qituvchi shuni nazarda tutib darsda uyushtiradigan ish turlarini izchil amalga oshirish lozim.
Yozuv darslariga qo’yidagi imloviy bilimlar hosil qilinadi: ayrim unlilarning yozilishi ( a. o, u, I, o’, e), ayrim undoshlarning yozilishi, ba’zi bosh harf bilan yozilzdigan so’zlrni to’g’ri yozish, gapda so’zlarni alohida – alohida yozish, so’zlarni bo’g’inlarga ajratib yozish kabi. O’quvchilarning grafik va imloviy bilimalri yozuv darslsriga o’tkaziladigan diktantlar yordamida aniqlanadi. Bu diktanntlar ta`limiy xarakterga ega bo’lganligi uchun ular grafik va imloviy bilimlarni o’rgatish, singdirishga yo’naltirilgan.
Yozuv darsida o’tkaziladigan diktantlar materialiga ko’ra harfiy diktant, bo’g’in diktanti, so’z diktanti, gap diktanti turlariga ajratiladi.