I.Harfiy diktant. Bu diktant yozilishi o’rganilgan harflar yuzasidan o’tkaziladi. Dastlabki soatlarda bo’sh qatorlarga 1- 2 yoki 3-4 ta harf yozdirish bilan cheklanadi, keyinchalik esa qator to`ldirib yoziladi. Bunda harf shaklini to’gri yozishlariga, chiziqlar orasiga to’g’ri joylashtirishlariga , oralariga teng masofa (bir katak) qoldirishlariga diqqat qaratiladi:
Oo Oo Oo Oo Aa Aa Kk Kk Uu Uu Nn Nn II. Bo’g’in diktant. Bunda alifbe darslarida o’qib o’rganilgan, yozuv darslariga yozilishi mashq qilingan bog’inlar tanlanadi, ular tovush harf jihatdan tahlil qilinadi. Oldingi va keyingi tovushlar, ularni ifodalovchi harflar, ularning ulanishi og’zaki tushuntiriladi. So’ng yozishga ruxsat beriladi.
Bog’in diktant darsdan darsga murakkablashtirilib boriladi. Masalan, 1- bo’g’in diktant unli + undosh, undosh + unli tuzilishida bo’lsa, keyinchalik undosh + unli + undosh tuzilishida murakkablashtirilib boriladi. O’qituvchi har darsda yozdiradigan bo’g’inlarni qat`iy belgilab olishi zarur.
Lo la lu le li lo’ lin To tu to’ te ti ta tut til III. So’z diktant. So’z diktant ham alibbe darslarida o`qilishi o’rganilgan va yozuv darslarif\ga yozilishi mashq qilinganso’zlar asosida o’tkaziladi. Bunda to’g’ri yozuvni ta`minlash uchunbo’g’in tovush, tovush harf - harf tahlili uyushtiriladi. Dastlab 1-2 tovushli ochiq 2 bog’inli so’zlar tanlanadi.
So’z diktantda so’z tarkibining to’g’ri shaklini o’rgatib borishdan tashqari, atoqli otlarni bosh harf bilan boshlashni, qolgan so’zlarni kichik harflar bilan yozish, so’zlar orasiga vergul qo’yish kabilar o’rgatib boriladi.
Nodir, Po’ljan, paxta, soat. Vatan salom, tutun, tilla IV Gap diktant.Bu diktantda oldingi darsda yozilishi o’rganilgan material sifatida aynan olinmaydi. Undagi so’zlar aynan saqlangani holda bir oz o’zgartiriladi. Dastlab ikki so’zli, so’ng 3-4 so’zli darak gap tanlanadi. Bu miqdor sinf o’quvchilarining iqtidoriga bog’liq holda o’zgartiriladi:
Oltin olma, duo ol. Bulbul chamanni sevar odam - Vatanni Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.