Partada to’g’ri o’irish, ruchkani ushlash, daftar tutish qoidalari:
O’quvchilarni mayda harflar bilan tezroq yozishga o’rgatish:
Kichik harflarni bir xil balamdlikda bir tekis qilib yozishga o’rgatish:
Tez yozish mashqlar o’tkazish.Bu ishlarniyil davomida olib boorish kerak.
III sinfda o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgatish uchun ham tayyorgarlik mashqlari o’tkazsh
va chamalashga o’rgatish lozim.
ooo dddd cccc bbbb
Bu mashqlarni ba jarishda qo`l harakatini uznay yozish, bosh va kichik harflarni bir- biriga bog`lab yozish kunikmasini mustahkamlab boradi.
Yozuv daftarini partaning o`ng tomonidan 25 burchakda qiya yozishning asosiy sababi to`g`ri, oson va tez yozilishini ta`minlashdir. Agar daftar aytilgan burchak ostida qo`yilsa yozayotgan qo`lning tirsak qismi parta ustiga qimirlamasdan turadi sezirarli darajada qimirlaydi tirsakka tayanilgan holda qo`lni parta ustida harakat qildirsangiz u pastdan tepaga qarab boradi. Agar daftar aytilgan burchak ostiga qo`yilgan bo`lsa, ruchka ishlaydian qo`l daftarga to`g`ri chiziq chizadi. Agar daftar 25 ostida qo`yilmagan bo`lsa, xat pastdan tepaga qarab chiziladi. Ana shu holtni o`qituvchi tushinishi lozim. Shundagina u o`quvchilariga qiya yozish shartlarini to`g`ri tushuntira oladi. Qiya qo`yilgan yozuv daftari yozuvni qiya chiqishin ta`minlaydi. Shundan kelib chiqib, o`qituvchi har kuni bolalar daftarini parta ustiga qanday qo`yilganini nazorat qilib boradi va ko`zga ko`ringan xatolarni o`z vaqtida tuzatib maslahatlar beradi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, daftarni o`quvchi gavdasiga nisbatan qanday holatda qo`yilgani ham ahamiyatlidir. Agar daftar (uning varag`I emas) ko`krakning ro`parasida bo`lsa, yozishda qiyinchilik to`g`diradi, shuning uchun ham uni o`ng elkaga yaqinroq joylashtirish kerak. Shunda yozayotgan vaqtda gavda o`nga qarab qiyshaymaydi, aksincha tik turadi. Bu hol tibbiy – biologic tomondan ham umurtqa pog`onasining tik o`sishiga yordam beradi.
1.4. Savod o’rgatish davrida imloviy bilimlarni imloga doir mashqlar va mashg`ulotlar asosida takomillashtirish O'qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o'quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To'g'ri yozuv - maxsus nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo'lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham o'z ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya'ni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatla-shish o'rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligiga bog'liq. Imloviy malaka o'z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo'yilgan ko'nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshi-lanadi (harakat tezlashadi, aniq va to'g'ri bo'la boshlaydi, ishonarli va tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo^shilgan birliklar bilan ishlashga o'tadi (masalan, so'zni harflab ko'chirish, bo'g'inlab ko'chirish bilan, keyin so'zni yaxlit ko'chirish bilan, so'ngra u gapni ko'chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o'rganiladi va asta-sekin so'zni to'g'ri yozish malakasi hosil bo'ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi.
To'g'ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o'quvchidan fikr-lash faoliyati talab etiladi. Biror to'g'ri yozuv hodisasini o'zlashtirish uchun o'quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy hodisalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchiin taqqoslash usulidan foydalanish hamda so'z va so'z shakllarini ma'lum grammatik yoki grafik gu-nihlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi.
Shunday qilib, orfografiyani o'rgcitishda, grammatikani o'rgatish kabi, o'quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi.