partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish;
barmoqlar mashqi;
yozuv qurollari- oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftar, husnixat daftari haqida ma`lumot berish;
qalamni to`g`ri ushlash;
to`g`ri, egri, changakli, yarim doira, doira shakli , zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.
Ko`rinadiki, o`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
Sharikli va peroli avtoruchkalar bilan yozish malakasini shakllantirish
Ayni damda eng ko`p tarqalgan yozuv qurollaridan biri sharikli ( ravon yozadigan) ruchkalar bo`lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, butun sinf o`quvchilarning bir xil tipdagi avtoruchkadan foydalanishi katta ahamiyatga egadir. Chunki sharikli va prolix ruchkalar qo`lda bir xil ushlanmaydi. Ular varaq sathiga nisbatan turli xil qiyalikda ishlatiladi. Peroli ruchka bilan ishlayotganda u varaq sathiga nisbatan 35% - 45% qiyalikda, agar sharikli ruchka bilan yozayotganda 50o - 60o qiyalikda ishlatiladi(3- rasm) . Bu avtoruchkalarga qarash va va ularni yozishga shaylashga ham har xil talab qo`yiladi. Agar bolalarga bir xil tipdagi avtoruchkalardan foydalanish qat`iy talab qilib qo`yilmasa, ularning biri qimmatbaho ruchkada, biri peroli, biri sharikli, boshqa birovi esa ruchka pastasi bilan ham yozaveradi. Bu holat esa yozuv malakasining shakllanishiga salbiy ta`sir qiladi, o`qituvchining mehnatini murakkablashtiradi. Mana shunday holatning oldini olish uchun ,,Beh ravon’’ tipdagi sharikli ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
U birinchi ishlashga qulay, ikkinchidan, keraklicha uzunlikka ega. Uchinchidan, pastasida ham boshqa ruchkalarga nisbatan rangi ko`p, to`rtinchidan, bu ruchkani ishlatish jarayonida parta va yozuv daftarlaribulg`anmaydi. Lekin ushbu ruchka ham kamchiliklardan holi emas:
Sharikli ruchka ko`p qiyalikda hamda usti yaltiroq qog`og`ozga yaxshi yozmaydi. Oquvchilar hamma vaqt o`z oldida bir dona toza varaq yo bosqich saqlashi lozim. Bu ruchka uchini tozalab turishga , varaq va qo`lni bulg`amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani bir joyda ko`p ushlab, yoki ruchkani qattiq bosib yozadilar. Natijada, ruchka ichidagi sharik emirilib, rang to`playdi. Agar u tozalab turilmasa, hammayoqni bulg`ashi tabiiy hol.
Sharikli ruchka bilan yozayotganda bosim, ya`ni ko`p kuch ishlatilishning hojati yo`q. Shuning uchun bolalarga sharikli ruchka bilan yozishni o`rgatayotganda uning shu xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim. Peroli ruchka bilan yozayotgan o`quvchilar bunday ruchka bilan ishlash jarayonida ehtiyot bo`lishlari zarur.
Chunki bola bossa, perosi sinishi mumkin. Sharikli ruchka bilan yozish jarayoni oldin o`quvchilarga aniq ko`rsatma beradi. Ruchkani uchta barmoqqa ushlash lozim. Katta ko`rsatkich va o`rta, katta va o`rta barmoqlar ruchkani ushlaydi, ko`rsatkich barmoq esa yuqoridan yozish jarayonini boshqaradi. Bolalar ruchkani barmoqlar orasida qattiq qismasdan erkin ishlashlari lozim. Yozish jarayonida ruchkaning oxirgi ishi o`ng elkaga qaratilgan bo`lishi darkor.
Oqituvchi ruchkani ishlash jarayonida qo`l holati qanday bo`lishini tushuntiradi. U ruchkani olib butun sinfga uni ishlash qoidalarini ko`rsatadi. Ruchkaning uchidan to qo`lning ko`rsatgich barmog`I uchigacha taxminan 2sm masofa bo`lishi kerak. Shundan keyingina o`qituvchi bolalarga yozish uchun ruzsat beradi. Birinchi kunlar o`quvchi o`qituvchi qo`lidan ko`zini uzmaydi. Ba`zi o`quvchilar ruchka ushlash qoidalarin tez uzlashtira olmay qiynaladilar. Ular ruchkani mushtlab oladilar, nihoyatda uchiga yaqin joydan ushlaydilar, peroli ruchkani chap ushlaydilar, ko`rsatgich barmoqlarini bukib ushlaydilar va hakozo. Bunday nuqsonlarni bartaraf etish o`qituvchiga qiyinchilik tug`diradi. O`z – O`zidan bunday nuqsonlar yozuvning husniga putur yetkazadi. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab o`qituvchi ruchkani to`g`ri ushlashni o`rgatish lozim. Shuningdek, ruchkani maxsus ruchka saqlanadigan qutichalarga saqlash zarurligini ham alohida tushuntirib o`tish kerak. Ta`kidlash joizki, peroli ruchkaning uchi yuqoriga, shariklini uchi pastga qilib saqlanadi. Aks holda ularning rangi tukiladi.
Birinchi kuni yozishdan oldin butun sinf birgalikda o`qituvchi rahbarligida ruchkani tuzilishi bilan tanishadilar: uning qalpog`ini ochib, burab pastasini chiqaradilar, ya`ni ruchkani qismlarga bo`lib, yana qayta sozlaydilar. Shu jarayonda o`qituvchi bolalarga dars vaqtida sababsiz ruchkani qismlarga bo`lishni man etadi.
Ta`kidlaydiki, ruchkalar uyda har tomonlama tekshirilib, pastasi tugagan bo`lsa , rang solib, keyin maktabga kelinadi.
O`quvchilarni har xil rangdagi pastalardan foydalanishga qo`ymaslik zarur. To`q ko`k yo qora rang bilan yozish maqsadga muvofiqdir. Qizil pastani faqat o`qituvchining o`zi ishlatadi.
Yuqoridagi malakalarni tez va mustahkam shakllantirish uchun o`qituvchi ota – onalarini to`plab mazkur qoidalarni ularga ham tushuntirmog`I lozim. Ikki tomonlama ( maktab va uyda) yordam bolani ushbu qoidalarni tez o`zlashtirib olishga amaliy yordam beradi.
Oquvchilarga ruchkani sumkada saqlash qoidalari, hamda yozuv qurollarini yaxshi saqlash va ehtiyot qilish talablari munttazam ravishda tushuntirib boriladi.
Qiyalikda yozish malakasini shakllantirish yo`llari.Yozishga o`rgatishning birinchi kunlaridayoq o`qituvchi oldida o`quvchilarni qiya yozish malakasini shakllantirish vazifasi turadi. Yozuv daftarlarida qiya qatorlar yo`q. Bular kerak ham emas, chunki bu ko`nikmalar asta - sekin mashqlar jarayonida shakllanib mustahkamlanib borishi kerak . Qiya yozish qog`oz holatiga ham bog`liq. Agar qog`oz kerakli holatda qo`yilgan bo`lsa , yozuv o`z – o`zidan qiya bo`laveradi va yozish jarayoni ozod va oson kechadi.
Yozuv qiyaligi 65o ni tashkil qilishi kerak. Bu hamma yerda qo`llanadigan umumiy qoidadir. Birinchi navbatda o`qituvchining o`zi qiya yozishdan maqsad, uning ahamiyati va mohiyatini tushunib olmog`i lozim. Daftar odatda parta ustida o`ng tomondan 65o qiyalikda qoyilishi lozim.
4.G’ulomova X, Mamatova G, Yo’ldosheva Sh, H.Boqiyeva, A.Sobirova.
Husnixat va uni o’qitish metodikasi. T.: “O’qituvchi” 2007. 38- bet.
Oquvchilar 2 –sinfda kichik harflarning balandligini 4mm, bosh harflarni 8mm qilib yozadilar. O`quvchilarni bir chiziqli daftarga yozishga o`rgatishda yozuv mashqlari o`tkaziladi:
/ / / / / / i i i i i i
uu uu uu aaaa
Harf qiyaligini saqlab yozishda , qo`l harakatini uzmay yozish malakalari mustahkamlanib boradi. Bir chiziqli daftarga yozishda ba`zi o`quvchilar bir harfni katta, ikkinchisini kichik, baland past qilib yozadilar. O`qituvchi daftarlarni tekshirganda shu so`zni tuzatib yozib qo`yishi kerak. Qiya yozilgan yozuv bilan tik yozilgan yozuvning farqi o`quvchilarga ko`satiladi.
| | | | / / / /
(tik) (qiya)
Ona, ana non ona, ana non
(tik) (qiya)
Harf shakllarini yozishni o’gatyotganda o’ituvchi doskaga yozib ko’rsatadi. So’ng parta oralab ko’rib
chiqadi. noto’g’ri yozganlar ogohlantirildi.
III sinfda o’quvchilar chiroyli yozish malakalarini yaxshi o’rganib oladilar.
Endi o’quvchilar ancha maydaroq yoza boshlaydilar. III sinifda yil boshidan bir chiziqli daftarga kichik
harflarni 3 mm.balandlikda, bosh harflarni 7mm balandlikda yozishlari kerak. O’qituvchi harflarning balandligini tushuntirish bilan birga quyidagi qoidalarni eslatib turadi:
Dostları ilə paylaş: |