Reja: Kirish I bob. Boshlangʻich sinfda matematikadan oʻquvchilarning bilish jarayonini faolligini oshirish metodikasi



Yüklə 208,5 Kb.
səhifə3/10
tarix09.09.2023
ölçüsü208,5 Kb.
#142289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH

Kurs ishi mavzusining obyekti. Boshlang‘ich sinf 1-2- matematika darsliklari
Kurs ishi mavzusining ilmiy amaliy ahamiyati. Matematik masalalar yechish matematika oʻqitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani oʻzlashtirishni tasavvur etib boʻlmaydi. Boshlangʻich sinflarda oʻrganiladigan nazariy materiallarni oʻzlashtirish jarayoni oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda muhim rol oʻynaydi.
Matematika darslarida oʻquvchilarda topqirlik, zukkolik fazilatlari shakllanishida mantiqiy misollar va masalalarning ahamiyati juda kattadir. Mantiqiy misol va masalalar oʻquvchilarning fikrlashini, aqliy qobiliyatini rivojlantiradi. Ularda tezkorlik tasavvur doirasini kengaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Masalalarga namuna sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kompyuterlik matn boʻlib, kirish qismi, asosiy qism, 2 ta bob 6 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I BOB. BOSHLANGʻICH SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASI

    1. Boshlangʻich sinflarda misollar yechishning ahamiyati va ularga qoʻyiladigan talablar

Hozirgi paytda maktablarda boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishning asosiy vazifalaridan biri oʻquvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika boʻyicha bilimlar berish bilan birga ularga oʻrganilayotgan bilimlarni asosli va puxta boʻlishini ta’minlash, ularni qoʻllay olish koʻnikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan oʻquv jarayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli, ularning toʻplagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish usullariga va ularni qoʻllashga oʻrgatish oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, matematika darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarni faollikka undashi uchun darsda oʻquvchilarning ziyrakligini chaqqonligini oshirishga xizmat qiladigan tezkor savollar, topshiriqlar, jumboqlar, mantiqiy masalalar va misollar, rebuslar, krossvordlar foydalansa maqsadga muvofiq boʻladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ayniqsa, qiziquvchan, tirishqoq boʻladilar. Tezkor savollar, topshiriqlar, jumboqlar, mantiqiy masalalar va misollar, rebuslar, krossvordlarni yechish ular uchun qiziqarli va doimiy mashgʻulotga aylanishi kerak.
Matematik masalalar yechish matematika oʻqitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani oʻzlashtirishni tasavvur etib boʻlmaydi. Boshlangʻich sinflarda oʻrganiladigan nazariy materiallarni oʻzlashtirish jarayoni oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda muhim rol oʻynaydi.
Matematika darslarida oʻquvchilarda topqirlik, zukkolik fazilatlari shakllanishida mantiqiy misollar va masalalarning ahamiyati juda kattadir. Mantiqiy misol va masalalar oʻquvchilarning fikrlashini, aqliy qobiliyatini rivojlantiradi. Ularda tezkorlik tasavvur doirasini kengaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Masalalarga namuna sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
1-masala. 12 ta shashka donasini toʻrt qator qilib shunday joylashtiringki, har bir qatordagi shashkalar soni 4 tadan boʻlsin.
2-masala. Bir nechta bolalarga daftarlarni boʻlib berish kerak. Agar har bir bolaga 10 tadan daftar berilsa , 6 ta daftar ortib qoladi. Agar 11 tadan berilsa, 5 ta daftar yetmay qoladi. Bolalar sonini toping?
3-masala. Son 7 ga kamaytirildi, soʻngra natijani 10 marta kamaytirildi, dastlabki sondan 34 ga kam son hosil boʻlgan boʻlsa, dastlabki sonni toping?
Yuqoridagi masalalarni yechishda oʻquvchilardan anchagina e’tiborlilik, tezkorlik va topqirlik talab etiladi. Shuningdek bu masalalar biroz murakkablik qiladi. Oʻquvchilar bu masalalarni yechishda arifmetik amallar, hisob-kitoblardan foydalanadilar.
Oʻquvchilarda tezkorlik faqat darsdan tashqari paytlarda emas, balki dars davomida ham rivojlanadi. Dars davomida oʻquvchilar bilan xoh individual, xoh koʻpchilik boʻlib shugʻullanilsa ham, ular bilan har bir ishlanadigan masala yoki misol bilan e’tibor bilan ishlashsa oʻquvchilarda tezkorlik, faollik rivojlanadi. Tezkorlik, faollikni rivojlantirishda dars davomida quyidagi usuldan foydalansa ham samarali boʻladi. Oʻquvchilar darslikdagi misol va masalalarni shunchaki ishlamasliklari kerak. Xususan, masalalar yechganda faqat uning javobini topish bilan chegaralanmasdan, masalaning shartidan yangi savollar tuzishlari ham mumkin. Biz yuqorida aytib oʻtilgan metod haqida quyidagi masala misolida koʻrib chiqamiz.
Masala. Birinchi kuni kutubxonaga 13 bogʻlamda 91 ta kitob olib kelindi. Ikkinchi kuni yana 3 ta shunday bogʻlamli kitoblar keltirildi. Ikkinchi kuni nechta kitob keltirilgan?
Masalaning shartidan 1-kun 13 bogʻlamda 91 ta kitob borligidan bir bogʻlamda nechta kitob borligini topamiz va 2-kun keltirilgan kitoblar sonini ham topamiz. 1) 91:13=7ta 2) 7*3=21 ta kitob. Masalaning javobi 21 ekanligi aniqlandi. Shu bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Buning uchun oʻquvchilardan masala boʻyicha quyidagi savollar soʻraladi.

  1. Birinchi va ikkinchi kun kutubxonaga nechta kitob keltirildi?

  2. Ikki kunda nechta bogʻlamda kitob olib kelingan?

  3. Birinchi kun olib kelingan kitoblar ikkinchi kundagidan qancha ortiq?

  4. Birinchi kun olib kelingan kitoblar bogʻlami ikkinchi kundagi kitoblar bogʻ lamidan qancha ortiq?


    1. Yüklə 208,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin