1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH
II BOB. BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI MATEMATIKA OʻQITISH JARAYONIDA MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI OʻSTIRISH USULLARI 2.1 Oʻquvchilar fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda mashqlar sistemasi va testlar majmualaridan foydalanish Oʻquvchilar fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda masala echishiga oʻrgatish, berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bogʻlanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni tanlash hamda ularni bajarishni oʻrgatishdan iboratdir.Masalalar echish davrida oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bogʻlanishni oʻzlashtiradilar.Oʻquvchilarni masalalar echa olishlari bu oʻquv darslarini qanchalik oʻzlashtirganligiga bogʻliq. Boshlangʻich sinflarda echilishi berilgan sonlarni va nomalumlar orasidagi bir xil bogʻlanishlarga asoslangan. Aniq mazmunni va sonli berilganlari bilan esa farq qiluvchi masalalar guruppasi bilan ish koʻriladi. Masalalar ustida ishlash oʻquvchilarni avval bir turdagi masalalarni echishga soʻngra boshqa turdagi masaialarni echishga oʻrgatish lozim.Oʻquvchilarni sonlar bilan va sonlar orasidagi bogʻlanish oʻrgatiladi. Bularga erishish uchun bir necha bosqichlar koʻzda tutish lozim boʻladi.
1-bosqichda oʻqituvchi koʻrilayotgan turdagi masalalarni echishga tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda oʻquvchilar masalalarni yozishdan tegishli amallarni tanlash uchun asos boʻladigan bogʻlanishlarni oʻzlashtirishlari kerak boʻladi.
2-bosqichda oʻqituvchi koʻrilayotgan turdagi masalalarni echishi bilan oʻquvchilarni tanishtiradi, bunda oʻquvchilar berilgan sonlar va nomalum son orasidagi bogʻlanishni aniqlaydilar. Buning asosida arifmetik amallarni tanlashni oʻrganadilar, ya‘ni masalada ifodalangan aniq vaziyatdan tegishli arifmetik amalni tanlashga oʻtishni oʻrganadilar. Bu ishlarni olib borish natijasida oʻquvchilarni masalalarni echishini va qanday amallarni, tanlashni oʻrganadilar. 3-bosqichda oʻqituvchi koʻrilayotgan turdagi maslalarni echish uquvini shakillantiradi.Oʻquvchilar bu bosqichda koʻrilayotgan turdagi istalgan masalani uning aniq mazmunidan qat‘iy nazar echishini oʻrganishlari lozim. YA‘ni bu turdagi masalalarni echish usullari umumlashtirishlari kerak boʻladi.
Ogʻzaki masalalar. Oldingi qilingan ishlar koʻrsatma materialsiz masala ( ogʻzaki masala ) tuzishga oʻtish uchun imkoniyat yaratadi. Ogʻzaki masala tuzishiga shoshilmaslik kerak. Bolalar odatda masala sxemasini oson oʻzlashtirib oladilar. Unga ergashib darhol hayotdagi haqiqatni notoʻgʻri ifodalaydilar bunda masalaning asosi hisoblangan miqdoriy munosabatlar mantiqini tushunmaydilar.
Bajarilishi lozim boʻlgan harakatning mazmunini yaxshi oʻzlashtirib olgandan keyin bolalar oʻz tajribalari asosida tuzulgan masalalarni ham echa oladilar. Xilma xil mazmundagi masalalar tevarak-atrof haqidagi bilimlarni aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, ularni bogʻlanishi va munosabatlarni aniq oʻtashga, yani hodisalarni oʻzaro bogʻlanish va oʻzaro bogʻliqlari bilan idrok etishga oʻrgatadi.
Oʻqituvchi bolalarni masalalar tuzishga oʻrgata borib, songa oid material hajmi belgilaydi. Bolalar masalalarni hayotiy munosabatlarni toʻgʻri aks ettirishlarni kuzatib borish kerak.
Bolalarni arfmetik amallarni ifodalashga oʻgatish. Bolalar masala tuzilishini, masalalarni mustaqil tuzishni savollarga toʻgʻri javob berishni oʻrganib olganlaridan keyin ularni arifmetik amallarni ifoda etishga oʻrgatish mumkin. Bolalar: « Masalani echish uchun nima qilish kerak?» «Siz masalani qanday echdingiz?» - kabi savollarga javob beradilar. Bunda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muhokama qilish, harakatlarni asosli tanlab olish hamda olingan natijani tushuntira olish koʻnikmasini oʻstirish muhimdir. Ishni shunday tashkil etish kerakki, bunda bolalar biirinchi sinfda masala echishda foydalanadigan usullarni egallab olsinlar. Masala muayyan sxema asosida taxlil qilinadi. Namunaviy savollar:
“Masalada nima haqida gapiriladi?
Nima deyilgan?
Nechta? (masalada berilgan sonlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi munosabatlar aniqlanadi)
Biz nimani bilamiz? ( nima ma‘lum) Biz nimani bilmaymiz? (nima nomalum?) Masalani echish uchun nima qilish kerak?
Narsalar soni koʻpaydimi yoki kamaydimi?
Shunday qilib masalani echish uchun nima qilish kerak? “.
Bolalar ifoda tuzib masala savoliga toʻliq javob beradilar hamda echimning toʻgʻriligini tekshiradilar. Mashgʻulot oxirida muayyan harakat qanday miqdoriy oʻzgarishlarga olib kelganini natijada miqdor koʻpayganini ta‘kidlash zarur. Har bir bola masalani takrorlash, uning elementini ajratib olish tanlangan harakatini tushuntirish koʻnikmasini egallab olishikerak. Yigʻindini topishga bitta mashgʻulot bagʻishlanadi, soʻng bolalar qoldiqni topishga ya‘ni hisoblash harakatlarini ifoda etishni oʻrganadilar.
Masalani tahlil qilish ham qoʻshish amalini ifoda etishdek oʻtiladi. Oʻqituvchi oxirida: “ 6 dan 1 ni ayirsak 5 qoladi”deydi... Bolalar hisoblash ifodasini takrorlaydilar oʻqituvchi ularga endi hamma vaqt qaysi sondan qaysi sonni ayirish kerakligini soʻzlab berishlarini aytadi.Bolalarning nima uchun ayirish kerakligini va ayni harakat qanday miqdoriy oʻzgarishiarga ( soni kamaydi)olib kelgani tushunib olishlari muhimdir.Bolalar maktabda qoʻllaniladigan arifmetikaga doir atamalarni oʻrganib olishlari kerak.
Bolalarga dastlabki qadamidanoq “ qoʻshish” “ ayirish” “ hosil boʻladi” teng boʻladi soʻzlarini oʻrgatib borish kerak.Bolalarning har bir harakatining mazmunini shuningdek harakatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni anglab olishlari uchun qoʻshish va ayirishga oid masalalarni muntazam ravishda taqqoslash zarur.Bu ularning farqini yaxshiroq tushunish va tegishli harakatlarini farq qiladigan kiyinroq esa biri ikkinchisiga oʻxshash maslalarni taqqoslash uchun kerak boʻladi.
Masalan: Bolalar bir konvertdagi kvadratlar sonini aniqlaydilar, soʻngra konvertlardan bitta kvadrat oladilar ayrim hollarda esa konvertga bitta qoʻshadilar. Shunday qilib ular qoʻshish va ayirishga oid masala tuzadilar Masalalar nimasi bilan bir biriga oʻxshash va bir biridan nimasi bilan farq qilishini aniqlaydilar. Oʻqituvchi savollar beradi:
“ Birinchi va ikkinchi maslalarda nimalar toʻgʻrisida gapirilayapti?
Nima ma‘lum?
Nimani bilish kerak?
Birinchi masalani echish uchun nima qilish kerak?
Ikkinchi masalanichi?
Nima uchun?
Qaysi masalalarda natija ( yigʻindi) koʻproq chiqadi?
Qaysi birida kamayadi?
Nima uchun?
Birinchi masalada biz bitta kvadrat qoʻshdik, kvadrat koʻpaydi- biz qoʻshdek, ikkinchi masalada biz bitta kvadratni oldik konvertdagi kvadratlar kamaydi”- deb javoblarni umumlashtiradi.
Keyinchalik bolalar mustaqil ravishda bir sonni ikkinchi songa qoʻshish yoki bir sondan ikkinchi sonni ayirishga oid masalalarni tuza oladilar. Bolalar e‘tibori masala savolining u yoki bu amaliy harakat bilan aloqasini aniqlashga qaratiladi. Qoldiqni topishga oid masalalar hamma vaqt bir xil savolga (qancha qoldi?) ega boʻlishi bilan farq qiladi. Chunki ayirishga oid oddiy masalalarni echish bolalarda qiyinchilik tugʻdirmaydi. Qoʻshishga oid masala savolida masala shartida bayon etilgan yoki undan kelib chiqadigan harakat aniq aks ettirilishi shart. Odatda bolalar masala rejasini tezda oʻzlashtirib olib savolni tuzadilar. Qancha boʻldi? Ularni tasvirlangan harakatlarni aks ettirib yanada aniqroq ifodalar qidirishga undash kerak:
“ Nechta sovgʻa qilishdi?”
“Nechta qoʻyishdi” “
Nechta oʻtiribdi” “
Nechtasi sayr qilayapti?”
“ Nechta bola hovlida oʻynayapti” va hakozo.
Testlardan ham oʻquvchilar bilimlarini oʻzlashtirishlari va hayotiy masalarnti tezkorlik bilan qoʻllash fazilatlarini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Masalan, 1-sinf uchun quyidagi testlarni qoʻllash mumkin
1-5-gacha boʻlgan sonlarni raqamlash
Tushirib qoldirilgan sonni belgilang. 1 2 3 ... 5.
2 b) 4 d) 3
3 sonining oldi qoʻshni sonnni belgilang.
2 b) 4 d) 1
5 sonining oldi qoʻshni sonini belgilang.
3 b) 2 d) 4
3 va 5 sonlar orasida joylashgan sonni belgilang.
2 b) 4 d) 1
Agar bir son ikkinchi sondan kichik boʻlsa, qaysi belgi qoʻyiladi?
= b) < d) >
Agar bir son ikkinchi sondan katta boʻlsa, qaysi belgi qoʻyiladi?
= b) > d) <
Qoʻshish belgisini toping. A) – b) + d) = 8. Sonni orttirish uchun qaysi amal bajariladi?
Qoʻshish b) ayirish
Sonni kamaytirish uchun qaysi amal bajariladi?
Ayirish b) qoʻshish
1-5 gacha boʻlgan sonlarni qoʻshish va ayirish
Ifodalar toʻgri boʻlishi uchun katakcha oʻrniga mos sonni yozing.
+ 2 = ...2
6 b) 2 d) 1
Ifoda toʻgʻri boʻlishni uchun katakcha oʻrniga mos sonni yozing.