Reja kirish I. Bob. Bozorning iqtisodiy mazmuni


-chizma. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə4/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#107281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2023iqtisod

2-chizma. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.

Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:


Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol – ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim – o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.


1.2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.


Bozor iqtisodiyotiga yo’l tutgan har qanday mamlakat bu iqtisodiyotning qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga qo’ygan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun iqtisodiyotning umumiy muammolari bo’lgan bir qator savollarga javob to’ishi zarur.


Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur?
Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim bo’ladigan umumiy muammolar shular jumlasidandir.
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo’yib, unga taraqqiyotning hamma bosqichlariga hos bo’lgan umumiy javobni beradigan bo’lsak ularni lo’nda qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
- aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va xizmat ishlab chiqarish;
- mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarish;
- aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o’zgacha javob beriladi. Bu javoblar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog’liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim.
Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar ko’rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz zarur. Shu bilan birga tovar va xizmatlarning qanday to’’lami jamiyatning talablarini to’la qondirilishi e’tiborga olinishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talabi mavjud bo’lgan, binobarin foyda keltirishi mumkin bo’lgan tovarlar ishlab chiqariladi va xizmatlar ko’rsatiladi, zarar keltiradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilmaydi. Bunda foyda olish yoki olmaslikni korxona o’z tovarini sotishdan oladigan umumiy ‘ul daromadi va uning ishlab chiqarishga qilingan umumiy xarajati o’rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Umumiy daromad tovar narxini sotilgan tovar miqdoriga ko’’aytirish orqali hisoblanadi. Umumiy xarajatlar har bir resurs narxini uni ishlab chiqarishda sarflangan resurs miqdoriga ko’’aytirish va keyin har bir resurs sarflarini qo’shishi orqali hisoblanadi.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin