Reja kirish I. Bob. Bozorning iqtisodiy mazmuni


- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə6/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#107281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2023iqtisod

- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi;


- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;
- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning ‘asayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’plab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish. mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati - raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yish va uni rag’batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat - bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o’zining-iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati — jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri — ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri - tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin