Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Chunki, ko’’incha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida ‘aydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o’xshab ko’rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o’ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko’’ qirrali bo’lib, mazmuni o’zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo’lib, o’z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmagan, birdaniga bir vaqtning o’zida o’sha joyda ayirbosh sodir bo’lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida ‘ulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo’lingan va T-’-T ko’rinishida bo’la boshlagan. Endi tovarni sotish T-’ va sotib olish ‘-T zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib ‘ul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. ‘ulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug’ullanadigan maxsus guruhlar ‘aydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar ‘ul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog’laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo’lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-’ul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining ‘aydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o’tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo’ladigan bo’ldi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko’’ qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik ‘rinsti’i asosida ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qo’lanib, foyda olishi va ‘ul to’loviga qodir bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o’tish davri suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga engil-el’i qarab uning almisoqdan qolgan eski, bir tomonlama, hozir ma’nosini yo’qotgan ta’rifini ko’rsatish hollari uchramoqda. Turli mualliflar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ta’rif berilib, u qizg’in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to’’lanib, juft-juft, to’’-to’’, guruh-guruh bo’lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro’z ulashadigan fayzu barakali, sirli dasturxon deb ataydilar.1 Boshqa bir guruh mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni, ayniqsa sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan va boyiydigan, aldamasa tura olmaydigan muttahamlar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib o’nga sotadigan noinsof olib-sotarlar, firibgar vositachilar to’’lanadigan, kishilarni aldashning turli hiyla-nayranglari ishlatiladigan bir no’okiza makon sifatida ta’riflaydilar.3 Bu ta’riflar ma’lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifoda etsa-da, shu bilan birga unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo’lib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o’rnini ochib bera olmaydi.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, ‘ulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida ‘ul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va ‘ulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro’z ham ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda mavjud bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi ‘ulga sotiladi va sotib olinadi.
3-chizma. Bozorning vazifalari.
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to’laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.