O‘lchashlar to‘g‘risida asosiy ta’rif1ar, tushunchalar.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘1chash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, undao‘1chanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘1chash bu har xi1 kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘1chash jarayonida o‘1chanadigan kattalikning o‘1chov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘1chanadigan kattalik bilan uning o‘1chov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘1chash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash ob’ekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘1chanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘1chanadigan kattalik solishtiriladi.
SHunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘1chash, o‘1chash jarayoni va o‘1chash usuli.
O‘lchash - bu umuman har xi1 kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘11ash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni- bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘1masin).
O‘lchashusuliesa - bu fizik eksperimentning aniq ma’1um struktura yordamida, o‘1chash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘1i, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O‘lchash odatda o‘1chashdan ko‘z1angan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘1chash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jaraeni yordamida esa shu o‘1chash ob’ekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘1i bilan o‘1chash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘1chash natijasi) olinadi.
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘zgarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. SHuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘1chash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi.
O‘lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘1chanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.