Reja:
Kirish
I.BOB Haroratni òlchash asboblari va usulari klassifikatsiyasi.
1.1 Haroratni òlchash asboblari va usulari.
1.2 Haroaratni òlchash haqida asosiy ma'lumotlar va òlchov asboblarining klassifikatsiyasi.
II BOB Haroratni òlchashda xatoliklar.
2.1 Haroratni òlchashda xatoliklar.
2.2 Haroratni òlchashda xatoliklar aniqlash
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Suyuqlikli termometrlar –200°C dan +600°C gacha oraliqdagi temperaturani o`lchash uchun ishlatiladi. SHisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo`lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o`rnatilgan termometr suyuqligining hajmi temperatura ko`tarilishi yoki pasayishida o`zgarishiga asoslangan. SHisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo`llanilish chegaralari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko`p tarqalgani simobli termometrlardir.
2.1-jadval
Termometrlarga solinadigan suyuqliklar
Suyuqlik
|
Qo`llanilish chegaralari, ºC da
|
pastki
|
yuqori
|
Simob
|
–35
|
600
|
Toluol
|
–90
|
200
|
Etil spirti (etanol)
|
–80
|
70
|
Kerosin
|
–60
|
200
|
Petroley efir
|
–120
|
25
|
Pentan
|
–200
|
20
|
...
|
...
|
...
|
Simobning kengayish koeffisientini kichikligi termometriya nuqtai nazardan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffisienti bilan xarakterlanadi. Bu koeffisient quyidagi formulaorqali aniqlan.
bu erda 𝑣𝑡1 va 𝑣𝑡2— suyuqlikning 𝑡1 va 𝑡2 temperaturalardagi hajmi; v0 — shu suyuqlikning 0°C dagi hajmi.
𝛽 koeffisient qancha katta bo`lsa, hajmiy kengayish temperaturasining 1°C ga o`zgarishiga shuncha ko`proq moslashadi. Termometrlarda hajmiy kengayish temperatura koeffisienti yuqori bo`lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. O`lchashning maqsadi va diapazoniga qarab termometrlar kengayish koeffisienti kichik bo`lgan turli markali shishalardan tayyorlanadi. Texnikada qo`llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi turlarga bo`linadi:
Ko`rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng miqyosda qo`llaniladigan termometrlar):
simobli termometrlar (–35 dan +600°C gacha);
organik suyuqlikli termometrlar (–200 dan +200°C gacha);
Ko`rsatishlariga pasportga binoan tuzatish kiritiladigan termometrlar:
aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (–35 dan +600°C gacha);
aniq o`lchovlarga mo`ljallangan simobli termometrlar (0 dan +500°C gacha);
v) organik suyuqlikli termometrlar (–80 dan +100°C gacha).
Konstruksiyalarining xilma-xilligiga qaramay barcha suyuqlikli termometrlar ikki asosiy turning biriga: tayoqcha shaklidagi yoki shkalasi ichiga o`rnatilgan termometrlar turiga tegishli bo`ladi. Tayoqcha shaklidagi termometr (2.1-rasm, a) qalin devorli, tashqi diametri 6 ... 8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillyar naychadan iborat. Naychaning pastki qismi suyuqlik saqlanadigan rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita kapillyarning sirtida darajalanadi.
SHkalasi ichiga o`rnatilgan termometrlarda (2.1- rasm, b) kapillyar naychasi ingichka devorli bo`lib, simob rezervuari kengaytirilgan. SHkala darajalari sut rang yassi shisha plastinkada joylashgan va kapillyar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan shisha qobiq ichiga olingan. Hozirgi vaqtda shkalasi ichiga o`rnatilgan yoki burchakli (termometrning pastki kismi 90°, 120° va 135° li burchak hosil qiladi) texnik termometrlar tayyorlanadi. Yuqori darajali termometrlarda kapillyardagi suyuqlik ustidagi bo`shliq inert gaz bilan to`ldiriladi.
2.1-rasm. Termometrlar Temperaturaning ma`lum darajada saqlanishini avtomatik ravishda ta`minlash va uning ma`lum qiymatini signalizasiya qilish uchun kontaktli termometrlar qo`llaniladi. Bunday termometrlar ikki yoki undan ko`proq kontaktli bo`lib, yuqoridagi kontakt o`rni o`zgaruvchan bo`ladi. Temperaturani suyuqlikli shisha termometr bilan o`lchash aniqligidagi yo`l qo`yiladigan xatolar bir qator faktorlarga bog`liq: tekshirilmagan shkala bo`linmalari uchun kiritiladigan tuzatish qiymatining noaniqligi; nol nuqtasining o`zgarishi; termometrning o`lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligi, tashqi bosimning o`zgarishi; termometr inersiyasining va rezervuar bilan atrof-muhit issiqligining muvozanati.
Xatolarga sabab bo`ladigan keltirilgan faktorlardan eng ahamiyatlisi nol nuqtasining o`zgarishi hamda termometrning o`lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligidir.
Agar to`liq kiritilganda darajalangan termometrni ishlatilish sharoitlariga ko`ra o`lchanayotgan muhitga to`liq kiritib bo`lmasa, unda uning rezervuari va suyuqlik ustuni turli temperaturada bo`ladi. CHiqib turgan ustunga tuzatma quyidagi formula bo`yicha kiritiladi:
∆𝑡=𝑛𝛽𝑡1𝑡2(𝑡2−𝑡1), (2.2)
bunda 𝑛 – chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni, 𝛽𝑡1𝑡2 — shishadagi suyuqlikning kengayish koefficnenti (simob uchun 0,00016, spirt
uchun 0,001), 1 ; t2 — termometr ko`rsatayotgan temperatura °C; t1 — rezervuar
℃
chiqib turgan ustunning o`rtasiga biriktirilgan yordamchi termometr orqali
o`lchanadigan chiqib turgan ustunning o`rtacha temperaturasi.
Agar chiqib turgan ustun temperaturasi o`lchanayotgandan kam bo`lsa, unda
∆𝑡 tuzatma ishorasi “+” musbat, ortiq bo`lsa, “–” manfiy bo`ladi. CHiqib turgan ustun hisobiga paydo bo`ladigan xatolik ancha katta bo`lishi mumkin va shuning uchun uni e`tiborga olmaslikning iloji yo`q.
SHuni ta`kidlash lozimki, chiqib turgan ustun hisobiga simob uchun xatolik suyuqliklarnikiga qaraganda temperatura kengayish koeffisientlari qiymatining katta farq qilishiga ko`ra bir tartibga past.
Hozir shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to`g`ri chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi:
-90 ... +30; -60 … +50; -30 . .. +50; 0 . .. 100; 0...160; 0...200; 0… 300; 0....
350, 0 450; 0…. 530 va 0….600°C.
SHkala bo`linmasining qiymati 0,5°C (shkalasi -30… +50°C) dan 5 va 10°C gacha (shkalasi 0 … 600°C).
Tayoqli, ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari –
30 dan +600°C gacha temperaturani o`lchashga muljallangan, shkala bo`linmasining qiymati 0,1 va 2°C;
Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar tayoqli, o`lchash chegaralarini – 200 dan + 200°C gacha qilib chiqariladi. SHkala bo`linmasining qiymati 0,2 dan 5°C gacha.
Simobli yuqori aniqlikdagi va namunaviy termometrlar o`lchash chegarasi tor (4 dan 59°C gacha) va shkala bo`linmasining qiymati 0,01 dan 0,1°C gacha qilib chiqariladi.
Simobli elektr kontaktli termometrlar –30 dan 300°C gacha o`lchashga mo`ljallab chiqariladi.
Maxsus termometrlar: medisina (maksimal), meteorologik (maksimal, minimal, psixometrik, tuproqqa oid va x,.) va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan. Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo`yicha hisoblash noqulayligi, ko`rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo`lmasligi,
issiqlik inersiyasining kattaligi (ko`rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi.
Dostları ilə paylaş: |