Reja: Kirish I. Bob haroratni òlchash



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/16
tarix15.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#74902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni aniqlash

Rt = R0(1+At + Bt2) (2.8)
tarzida ifodalanadi, bunda Rt va R0 moc ravishda t va 0°C temperaturalarda platina qarshiligi; A, V, S — o`zgarmas koeffisientlar bo`lib, ularning qiymati termometrni darajalashda kislorod, suv va oltingugurtning qaynash nuqtalari
bo`yicha aniqlanadi. Standart qarshilik termometrlarida qo`llaniladigan PL-2 markali platina uchun (4.3) va (4.4) tenglamalardagi koeffisientlar kuyidagi qiymatlarga ega:
A = 3,96847⋅10-3 1/°C; V = - 5,847⋅10-7 1/°C; S= - 4,22⋅10-12 1/°C.
Texnik termometrlarni tayyorlashda ishlatiladigan PL-2 markali platina uchun R100/R0 = 1,391.
0°C da platinali qarshilik termometrlari quyidagi qarshiliklarga ega bo`lishi mumkin: 1, 5, 10, 50, 100 va 500 Om (amalda R0 = 46 Om li termometrlar ishlatiladi). Bu qarshilik termometrlari uchun o`zgartishning nominal statistik xarakteristikasiga quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1P, 5P, 10P, 50P, 100P va 500P (R0 = 46 Om qarshilikli termometrlar Gr21 deb belgilangan).
Platinaning kamchiliklaridan biri uning tiklovchi muhitda metall bug`lari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan ifloslanishidir. Bu ayniqsa yuqori temperaturalarda namoyon bo`ladi.
Nikelli va temirli qarshilik termometrlari —60 dan +180°C gacha temperaturalar oralig`ida chiqariladi. Ular III klassda chiqariladi. Nikel va temir elektr karshilikning nisbatan katta temperatura koeffisientiga ega:
αNi= (6,21 - 6,34)⋅ 10-3 K-1; αG`e = (6,25 - 6,57)⋅ 10-8 K-1
va solishtirma qarshiligi nisbatan katta.
δNi = 1,18- 1,38⋅10-7 Om⋅m; δG`e = 0,55 - 0,61 ⋅ 10-7 Om⋅m.
Ammo bu metallar quyidagi kamchiliklarga ega: ularni sof holda olish qiyin, bu esa bir-birini almashtira oladigan qarshilik termometrlari tayyorlashda kiyinchilik tug`diradi; temir va, ayniqsa, nikel qarshiligining temperaturaga bog`liqligi oddiy empirik formulalar bilan ifodalanadigan egri chiziqlardan iborat emas; nikel va ayniqsa, temir nisbatan past temperaturalarda ham osongina oksidlanadi. Bu kamchiliklar qarshilik termometrlarini tayyorlashda nikel va temirni qo`llanishni cheklab qo`yadi.
2.7-rasmda solishtirma elektr qarshilikning yuqorida ko`rilgan metallar temperaturasiga bog`lanishi berilgan.
Qarshilik termometrlarini (termistorlarni) tayyorlash uchun yarim o`tkazgichlar (ba`zi metallarning oksidlari) ham ishlatiladi. Yarim o`tkazgichlarning muhim afzalligi ularning temperatura koeffisientining kattaligidir. Termoqarshiliklar tayyorlashda titan, magniy, temir, marganec, kobalt, nikel, mis oksidlari yoki ba`zi metallarning (masalan, germaniy) kristallari turli aralashmalar bilan birgalikda qo`llaniladi.
Yarim o`tkazgich termometr qarshiligi (termorezistor qarshiligi) bilan temperatura
orasidagi bog`lanish quyidagicha ifodalanishi mumkin:

Rt= R0exp(𝐵 𝑇0𝑇). (2.8)
𝑇0
𝑇
R0 qiymat T0 temperaturada termometr
qarshiligi bilan aniqlanadi, V qiymat esa, termometr tayyorlanadigan yarim o`tkazgich materialiga bog`liq.
1,5 K va undan yuqori temperaturalarni o`lchash uchun germaniyli termorezistorlar ayniqsa keng tarqalgan.

2.7-rasm.Ba`zi metallar solishtirma qarshiligining haroratga bog`liqlik


grafigi

-100 dan +300°C gacha temperaturalarni o`lchash uchun oksidlanuvchiyarim o`tkazgich materiallardan foydalaniladi. Yarim o`tkazgichli termorezistorlarning o`zgartish koeffisientlari metall simdan qilingan sezgir elementli qarshilik termometrlarinikiga qaraganda bir necha tartibga ortiq. Ammoindividual darajalash zarurati temperaturani o`lchashda yarimo`tkazgichli termorezistorlarni keng qo`llanish imkonini cheklab qo`yadi.
Temperaturani o`lchashda MMT-1, MMT-4, MMT-6, KMT-1, KMT-4 turdagi termoqarshiliklar ishlatiladi.
Yarim o`tkazgichli termorezistorlar ko`proq termosignalizasiya va avtomatik himoya qurilmalarida qo`llaniladi.
Qarshilik termometrlarining tuzilishi. Bu termometrlar termoelement (sezgir element) va tashqi (himoya) armaturadan tuzilgan.Metall qarshilik termometrlarining sezgir elementi, odatda, shisha, kvarc, keramika, slyuda yoki plastmassadan kilingan karkasga o`ralgan sim yoki lentadan iborat.
Sezgir element termometr uchining qisqichlariga o`lchov asbobiga boradigan simlar ulangan.
Mis qarshilik termometrlarining sezgir elementi 0,1 mm diametrli, karkasga bir necha qavat o`ralgan, izolyasiya qilingan mis simdan tashkil topgan. Sim qavatlari o`zaro va karkas laki bilan mahkamlanadi. Simning ikkala uchiga 1— 1,5 mm diametrli mis quloqchalar kavsharlanadi. Sezgir elementni himoya qobig`iga joylashtiriladi. Karkasliklardai tashqari bu termometrlarning karkassiz sezgir elementlari ham chiqariladi. Sezgir element 1 izolyasiya qilingan 0,08 mmdiametrli simdan induktivliksiz karkassiz o`ramga ega bo`lgan holda yasaladi (2.8-rasm).

2.8-rasm. Mis qarshilik termometrining sezgir elementi

Alohida qavatlari lak bilan mahkamlanadi va so`ngra barcha sezgir element ftorplastli plyonka 2 bilan qoplanadi. Sezgir element yupqa devorli himoyametalli kobiqqa joylashtiriladi, unga keramik kukun sepiladi vagermetizasiyalanadi. Sim


uchlari 3 quloqchalarga kavsharlanadi, ular termometr uchi qisqichlariga ulanadi.
Karkas kanallari keramik kukun 3 bilan to`ldiriladi,bu poroshok izolyator bo`lib xizmat qiladi va spiralning prujinaga o`xshash egiluvchanligini ta`minlaydi. Spiral uchlariga platinali yoki iridiy rodiyli (60% rodiyli) simdan qilingan kuloqchalar 4 kavsharlangan. Keramik karkasda sezgir element maxsus glazur (yoki termocement) 5 bilan germetizasiyalanadi. Karkas kanalining spirallari va devorchalari orasidagi bo`shliq alyuminiy oksidi kukumi bilan to`ldirilgan, u izolyator bo`lib xizmat kiladi hamda spirallar va karkas orasida issiqlik

2.9-rasm. Platina qarshilik termometrining sezgir elementi
kontaktini oshiradi. Platina qarshilik termometrlarining sezgir elementlari diametri 0,04—0,07 mm li platina simdan tayyorlanadi.

Platina termometrlarning sezgir elementi ikkita yoki to`rtta keramik karkas 1 ning kapillyar kanallarida joylashgan ketma-ket ulangan spirallar 2 dan tashkil topgan (2.9- rasm).


Qarshilik termometrlarining tuzilish varianti 2.10-rasmda keltirilgan. Qarshilik termometrlarining sim 1 dan qilingan sezgir elementi to`rt kanalli keramik karkas 2 ga joylashtirilgan.
Mexanik shikastlanishdan va o`lchanayotgan yoki atrof-muhitning zararli ta`siridan saqlanish uchun sezgir element himoya qobig`i 3 ga joylashtirilgan. U keramik vtulka 4 bilan zichlashtirilgan. Sezgir elementning quloqchalari 5 izolyasion keramik truba 6 orqali o`tadi. Щularning hammasi o`lchash ob`ektida rezbali shtucer 8 yordamida o`rnatilgan himoya g`ilofi 7 da joylashgan.
Himoya g`ilofining uchida termometrning ulaydigan uchi 9 joylashgan. Uchida termometrquloqchalarini mahkamlash va ulovchi simlarni ulash uchun vintlari 11 bo`lgan izolyasion kolodka joylashgan. Uchi qopqoq bilan yopiladi. Ulovchi simlar shtucer orqali chiqariladi. Tashqi elektr va magnit maydonlari ta`sirini kamaytirish uchun qarshilik termometrlarining sezgir elementlarini induktivsiz o`ramali qilib yasaladi. 2.11-rasm, a da sterjenli termorezistor
ko`rsatilgan. U quloqchalar 3 kavsharlaigan kontaktli qopqoqchalar 2 ga ega bo`lgan silindr 1 dan tashkil topgan. Cilindr emal bo`yoq bilan qoplangan, uning yuqori qismida shisha izolyator 6 bor.



2.10-rasm. Qarshilik termometrining tuzilishi
2.11-rasm. Yarim o`tkazgichli qarshilik termometri sezgir elementlari

Munchoqli termorezistorning (2.11- rasm, b) yarim o`tkazgich elementi 1 diametri 0,5 mm li va shisha qobiq 4 bilan himoya qilingan sharcha shakliga ega. SHarchaga 0,05 mm diametrli platina simdan qilingan va nikelli quloqchalari 3 bilan ulangan elektrodlar 2 joylashtirilgan.
Kam temperaturalarni o`lchash uchun mo`ljallangan germaniyli termometrlar mis gilzadan (2.11- rasm, v) iborat bo`lib, gazsimon geliy bilan to`ldirilgan va germetik tiqin 2 bilan yopilgan. Gilza ichida surma bilan legirlangan germaniy 3 ning monokristali joylashgan. Kristall 4 ga oltin o`t- kazgich 4 yopishtirilgan bo`lib, ularga platina quloqchalari 5 kavsharlangan. Kristall plyonka 6 bilan izolyasiya qilingan. Bunday termometrlar 1,5 dan 50 K gacha temperaturalarni o`lchashda qo`llaniladi.
Harorat-sanoatda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va tartibga solishning eng muhim parametrlaridan biri (masalan, kolbasa mahsulotlarini issiqlik bilan ishlov berish, sutni pasterlash, konservalarni sterillash va boshqalar.) hisoblanadi. Mahsulot qayta ishlanadigan haroratni o‘lchash oralig‘i -60 dan 300 °С gacha bo‘ladi. Sanoatdagi texnologik jarayonlar, issiqlik va issiqlik massa almashinuvini uzatish jarayonlarining xilma-xilligi, shuningdek mikrobiologik jarayonlar haroratni o‘lchash uchun turli xil texnik vositalardan foydalanishni talab qiladi. Ishlash prinsipiga qarab haroratni o‘lchash qurilmalari quyidagicha tasniflanadi: kengaytirish termometrlari (suyuqlik,

dilatometrik, bimetallik); manometrik termometrlar; termoelektrik o‘zgartirgichlar; qarshilik termometrlari, pirometrlar.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin