Reja: Kirish I. Bob haroratni òlchash


Temperaturaga – tegishli muhit haroratining fizik miqdori



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/16
tarix15.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#74902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni aniqlash

Temperaturaga – tegishli muhit haroratining fizik miqdori


Harorat deganda

Termodinamik tizimni tavsiflovch har xil intuitiv tushunchasini ifodolovchi fizik miqdor tushuniladi
Issiq organlar (jism, tana) har xil intuitiv tushunchasini ifodolovchi fizik miqdor tushuniladi

Harorat deganda (temperaturaga – tegishli muhit harorati) termodinamik tizimni tavsiflovchi va issiq organlar (jism, tana) miqdor darajalarini har xil intuitiv tushunchasini ifodolovchi fizik miqdor tushuniladi. Harorat texnologik jarayonlarning muhim parametrlaridan biri bo‘lib, amalda past yoki yuqori haroratlarning qiymatlari bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Harorat o‘lchaydigan asbobni 1598 yilda Galiley birinchi bo‘lib tavsiya etgan. So‘ngra M.V.Lomonosov, Farengeytlar termometr ishlab chiqishgan. O‘lchov va vaznlar bo‘yicha 1960-yilda o‘tkazilgan XI xalqaro konferensiya qarorlarida ikki harorat shkalasi: Kelvin gradusi (K) o‘lchov birligi bilan o‘lchanadigan termodinamik shkala va Selsiy gradusi (°С) o‘lchov birligi bilan o‘lchanadigan xalqaro amaliy shkalalarning qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Kelvin termodinamik shkalasidagi pastki nuqta – absolyut nol nuqta (K) bo‘lib, yagona eksperimental asosiy nuqta esa suvning yuqori nuqtasidir. Bu nuqtaning son qiymati 273,15 K. Suvning muz, suyuq, gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi bo‘lgan suvning yuqori nuqtasi muzning erish nuqtasidan 0,01 K yuqoriroq turadi. Termodinamik harorat T harfi bilan, son qiymatlari esa °K bilan ifodalanadi. Amaliy o‘lchashlarda ishlatiladigan xalqaro amaliy harorat (harorat) shkalasi termodinamik shkala ko‘rinishida ishlangan. Bu shkala kimyoviy toza moddalarning bir qadar oson tiklanadigan o‘zgarmas qaynash va erish nuqtalari asosida tuzilgan. Ularning sonli qiymati gazli termometrlar orqali aniqlangan bo‘lib, Xalqaro amaliy harorat shkalasi o‘lchov va vaznlar bo‘yicha o‘tkazilgan XI umumiy konferensiyada qabul qilingan.
Xalqaro amaliy shkala bo‘yicha o‘lchanadigan harorat t harfi bilan, sonli qiymati esa
°С belgisi bilan ifodalanadi. Absalyut termodinamik shkala bo‘yicha ifodalangan
harorat bilan shu haroratning xalqaro shkala bo‘yicha ifodasi orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
T=t+273,15
Bu yerda T-absolyut termodinamik shkaladagi K harorat; t-xalqaro amaliy shkaladagi
°С harorat.
Angliya va AQSH da 1715 – yilda taklif qilingan Farengeyt shkalasi (°F) qo‘llaniladi. Bu shkalada ikki nuqta: muzning erish nuqtasi (32°F) va suvning qaynash nuqtasi (212°F) asos qilib olingan. Xalqaro amaliy shkala, absalyut (mutloq) termodinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‘yicha hisoblangan harorat munosabati quyidagicha:
t 0C=T 0K-273,15=0,556 (n 0F-32)
Oldin 1968 – yilda qabul qilingan va 1971 – yil, 1 – yanvardan majburiy joriy etilgan Xalqaro amaliy harorat shkalasi (XAHSH – 68) qo‘llaniladi. XAHSH – 68 haroratni 13,81 dan 6300 K gacha oraliqda o‘lchashni ta’minlaydi.
Zamonaviy harorat (termometr) o‘lchashning turli usul va vositalariga ega. Har bir usul o‘ziga xos bo‘lib, universallik xususiyatiga ega emas. Berilgan sharoitda optimal o‘lchash usuli o‘lchashga qo‘yilgan aniqlik sharti va o‘lchashning davomiyligi sharti, haroratni qayd qilish va avtomatik boshqarish zarurati yordamida belgilanadi. Nazorat qilinadigan muhitlar tashqi sharoitni o‘zgartirganda fizik xossalarining agressivligi va turg‘unligi darajasi bilan suyuq, sochiluvchan, gazsimon yoki qattiq bo‘lishi mumkin.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin