Dilatometr va bimetalli termometrlarning ishlash prinsipi temperatura o`zgarishida qattiq jism chiziqli mikdorining o`zgarishi asoslangan. Temperatura o`zgarishiga bog`liq bo`lgan qattiq jism chiziqli miqdorining o`zgarishi formula orqali quyidagicha ifodalanadi:
lt = l0( 1+𝛽𝑟𝑡), (2.3)
bu erda lt — t temperaturada qattiq jismning uzunligi; l0— shu jismning 0°C
dagi uzunligi; 𝛽𝑟 — o`rtacha chiziqli kengayish koeffisient (0°C dan t°C gacha bo`lgan temperaturalar oralig`ida).
2.2- rasmda dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi tasvirlangan. Bu asbobda sezgir element sifatida katta chiziqli kengayish koeffisientiga ega bo`lgan materialdan (jez va mis) tayyorlangan naycha 2 qo`llanilgan. Korpus 3 ga kavsharlangan naycha ichida sterjen 1 joylashgan. Sterjen chiziqli kengayish koeffisienti kichik bo`lgan material (masalan, invar) dan ishlangan. O`lchanayotgan muhitning temperaturasi ko`tarilishi bilan naycha 2 uzayadi. Bu hol sterjen 1 ning siljishiga olib keladi. SHunda prujina 9 shayn 4 ning bo`sh tomonini pastga tushiradi, o`z navbatida u tortqi 8 va tishli sektor 7 orqali strelka 6 ni uning o`qi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkala 5 da
o`lchanayotgan temperatura qiymatini ko`rsatadi. 2.2-rasm. Dilatometrik
termometrning tuzilish sxemasi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar temperaturasini o`lchashda hamda temperaturani ma`lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizasiyada qo`llanadi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlikklasslarida chiqariladi, ularning yuqorigi o`lchash chegarasi 500°C gacha. 150°C dan oshmagan temperaturalar uchun naycha jezdan, sterjen esa invardan ishlanadi, undan yuqori temperaturalar uchun naycha zanglamas po`latdan, sterjen esa kvarcdan ishlanadi.
Afzalliklari: ishonchliligi va sezgirligi yuqori.
Kamchiliklari: asbob o`lchamlarining kattaligi, temperaturaning bir nuqtada emas, balki hajmda o`lchanishi, issiklik inersiyasining kattaligi, ko`rsatkichlarni masofaga uzatish mumkin emas.
Bimetall termometrlarning sezgir elementi kavsharlangan ikkita plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinkalar issiqlikdan kengayish temperatura koeffiiienti turlicha bo`lgan metallardan tayyorlanadi. Temperatura o`zgarganda plastinkalar uzayadi. Plastinkalar bir-biriga nisbatan siljiy olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish temperatura koeffisienta kam bo`lgan plastinka tomonga og`adi. Plastinkalar uzayishining temperatura koeffisienti farqi qancha katta bo`lsa, prujinaning temperatura o`zgarishidagi og`ishi shuncha ko`p bo`ladi. 2.3-rasmda yassi plastinkali bimetall termometrningtuzilish sxemasi ko`rsatilgan. Temperatura o`zgarishi bilan bimetall prujina 1 pastga egiladi. Tortqi 2 strelka 4 ni o`q 3 atrofida aylantiradi.
2.3-rasm. Yassi plastinkali bimetall termometrning tuzilish sxemasi.
Strelka shkala 5 da o`lchanayotgan temperatura qiymatini ko`rsatadi.
Bimetall plastinka qo`llanilganda o`lchashning yuqorigi chegarasi pastki plastinka tayyorlangan materialning qayishqoqligi chegarasi bilan chegaralanadi. Sezgir elementlar sifatida yoysimon yoki vintsimon spirallar qo`llaniladi. Bime- tall termometrlar bilan temperaturani o`lchash chegarasi –150°C dan +700°C gacha, xatosi 1...1,5%. Bu turdagi termometrlar temperaturani ma`lum darajada avtomatik ravishda saqlash va signalizasiya uchun qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |