Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə12/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Kelinsalom. To‘yning ertasiga kuyov xonadonida bo‘ladigan marosim. O‘zbekistonning ayrim joylarida, xususan, Farg’ona, Qo‘qon hududlarida bu marosim to‘y kuni o‘tkaziladi. “Kelin salom” xalq og’zaki ijodi bo‘lib, uni kelinning yangalari odatda doira jo‘rligida kuylaydi, kelin ta’zim bilan egilib-egilib salom beradi. Qo‘shiq boshida, shukronalik ramzi sifatida Allohga va payg‘ambarlarga salom beriladi. So‘ng xonadon kattalariga – kuyovning bobosi va buvisiga, keyin qaynona-qaynotaga salom beriladi. Shundan so‘ng birin –ketin kuyovning yaqin qarindoshlari, oila a’zolari va qo‘shnilariga salom qilinadi. Ular salomga javoban kelinning boshiga ko‘rmana qo‘yishadi. Toshkentda “Kelin salom” so‘nggida “Alla bolam” udumi o‘tkaziladi. Bu udum faqatgina Toshkent shahriga xos bo‘lib, unda kelinga kelajakda shirin-shirin farzandlarning onasi bo‘lishi niyat qilib o‘tkaziladi.99
Yuz ochdi. To‘ydan so‘ng kuyov xonadonida yaqin qarindoshlar va qo‘shnilar ishtirokida o‘tkaziladigan marosim. O‘zbekistonning turli hududlarida “yuz ochdi”, “yuz ochar”, “bet ochar”, “yuz ko‘rsatar”, “ro‘kushon” nomlari bilan ataladi. Surxon vohasi “Bet ochar” marosimi so‘ngida kayvoniylardan biri isiriq, garmdori solib tutatishar ekan va kelinning atrofidan aylantirib “niyati shifosini bersin, senday kelinning insof-topig‘ini bersin”, deyilar ekan.100
Shuningdek, odatda, kuyovning onasi quyidagicha duo ham qiladi:
Shu uy- joy, qozon –o‘choq endi sizniki”.
“O‘g’lim bilan qo‘sha –qaringlar”.
“Baxtli bo‘linglar”.
“ O‘zlaringdan ko‘payinglar.”
Supra soldi ( ayrim hududlarda “surpa yoyar). "Yuz ochdi" marosimida "Supra soldi" odati bajarilgan. Bu odat Respublikaning barcha xududlari bo‘ylab keng tarqalgan. Farg‘ona vodiysining Qo‘qon shahrida marosimda qatnashganlar davrasiga supra yozib bir tovoq un solinadi. Qaynona supradagi undan bir hovuch olib, kelinning qo‘liga to‘kadi. Kelin esa unni supraga to‘kadi. Bu hol uch marta takrorlanadi. Buning sababi o‘zbeklarda un oqli, yorug‘lik hisoblanadi. Shu sababdan "supra soldi" udumida yaxshi niyat bilan kelin-kuyovning hayoti yorqin bo‘lsin, mo‘l ko‘lchilikda ro‘zg‘or tutsin degan tilakda o‘tkaziladi. Surxandaryo hamda Samarqand viloyatlarida ushbu udumni boshqa talqinlarda uchratdik. Ushbu viloyatlarda “quyruq to‘g‘ratar” udumi ham asosiy udumlardan biri sanalar ekan. Kelining quyruqni to‘g‘rashi orqali uning oila qurishga tayyorligi sinalar ekan. Bundan tashqari doimo qo‘li moy ustida bo‘lsin degan ezgu qarashlarni ham kuzatishimiz mumkin. Umuman olganda ota-bobolarimizning har bir udumi negizida ikki yoshning baxtli hayoti turishini ko‘ramiz.101

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin