1.1 Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi. 1.2 Ta'lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi. II BOB. Psixologik xizmatning predmeti maqsad va vazifalari. 2.1. Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar va muammolar. 2.2 Transakt tahlil quyidagilarni o`z ichiga oladi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Prezidentimiz o`zining O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan, o`zaro ta'sir, aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy o`nglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi.
Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror toptirishga ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.
Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning ko`p yillik tadqiqotlari natijasi o`laroq, umumta'lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo`yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o`zbek olimlaridan E.G`.G`oziev, G.Davletshin, G`.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston o`rta umumta'lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariyilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bo`lmoqda. Xalq ta'limi tizimidagi va o`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to`laqonli psixologik taraqqiyotni ta'minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.