Xulosa Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O`zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga ma'lum tartibda baho bermay turib, O`zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo`lmaydi. Darhaqiqat, mazkur ierarxik tizim motivatsiyaning ilmiy jihatdan asoslab berilishi birinchidan, ijtimoiy psixologiyadagi ehtiyojlar va motivlar bilan bog’liq qator tadqiqotlarga hamohang bo’lsa, ikkinchidan, mazkur yo’nalishdagi psixologik xizmat metodologiyasini yaratish uchun alohida istiqbolga ega. CHunki, psixologik xizmatda insonning ijtimoiy ehtiyojlari muammosi ilmiy jihatdan to’g’ri talqin qilinishi va to’g’ri yo’naltirilishi lozim. Bu borada qator taniqli sotsiolog, psixolog va faylasuflar tomonidan e’tirof etilgan ilmiy mulohazalarga tayanish mumkin. Masalan, D.N.Uznadzening "... ehtiyoj tushunchasi ... tirik organizm uchun zarur bo’lgan va ayni paytda qo’lga kiritilmagan barcha narsalarga taalluqli" va M.S.Kagan, A.V.Margulis, E.M. Etkindlarning "ehtiyoj – kerakli narsalarning yetishmaslik oqibati", V.A.Yadovning "ehtiyoj – inson shaxsi va organizm faoliyati uchun kerak bo’lgan zarurat hamda yetishmovchilik mahsuli", L.I.Bojovichning "ehtiyoj – individ organizmi va u shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan zarurat", A.V.Petrovskiyning "ehtiyoj – jonli mavjudot hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holat" kabi fikrlari shaxs taraqqiyotini ta’minlash yo’lida ehtiyojlarning biologik va ijtimoiy uyg’unligini hisobga olgan holda psixologik xizmatning navbatdagi vazifalarini belgilash imkonini beradi.
Psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda insonning hissiy holatini tushunish va uning o’z mehnati mahsullaridan ijtimoiy qoniqish jarayonini tahlil qilish, rivojlantirishga bag’ishlangan ayrim tadqiqotlarning o’rni hamda istiqboliga ham alohida e’tiborni qaratish lozim. Masalan, F.Xersberg va uning izdoshlari tomonidan mehnat faoliyatini tashkil etishdagi emotsiogen farqlanish mexanizmlari tadqiq qilindi. Mazkur izlanish mahsuliga ko’ra mehnat faoliyatini tashkil etishda ijodiylik, mustaqillik, o’z-o’zini bilish, rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga e’tibor berilsa, shaxs faoliyati unumdorligiga ijobiy ta’sir etuvchi hissiy kechinmalarni va aksincha, faqat texnik jarayondangina iborat bo’lgan mehnat sharoiti yaratilsa, shaxs faolligiga salbiy ta’sir etuvchi hissiy kechinmalarning namoyon etilishi kuzatiladi.
Darhaqiqat, faoliyatning bajarilishiga nisbatan ijobiy-hissiy kechinmalar shakllantirilmas ekan, faoliyat mahsuli ham insonning o’z faoliyatidan ijtimoiy ma’nodagi qoniqishi ham nihoyatda past saviyada bo’ladi. Psixologik xizmat esa, bizningcha, xuddi ana shu yerda o’z ta’sirini, ya’ni faoliyatdan ijtimoiy qoniqish jarayonini ma’lum darajada yuqori saviyaga ko’tara olish san’atini ko’rsatishi lozim.
Ishchi xodimlarning mehnatdan qoniqish muammosi ustida olib borilgan ayrim tadqiqotlar natijasi psixologik xizmatning metodologik modelini loyihalashtirishga xizmat qilsa ajab emas.
Masalan, sobiq sovet psixologiyasi olimlari (N.F.Naumova, A.G.Zdravomislov, V.A.Yadov, V.P.Rojin, T.P.Bogdanova, E.A.Klimov, T.A.Kitvel) mehnatdan qoniqish jarayonini shaxsning munosabatlari motivlari, o’z-o’zini baholash ustanovkasi kabi ijtimoiy psixologik mezonlar bilan belgilanishini tavsiya etadilar va buni o’zlarining qator empirik tadqiqotlarida asoslab beradilar. G’arb ijtimoiy psixologiya olamida, ayniqsa Amerika psixologlari nazdida esa mehnatdan qoniqish "qator ijtimoiy ustanovkalarning o’zaro bir-biriga chambarchas bog’liqligi", "mehnat jarayonini sub’ektiv baholash bilan bog’liq emotsional holatlarning namoyon bo’lishi" sifatida talqin qilinadi va mehnat faoliyatining ijtimoiy qimmatini oshirishga qaratilgan psixologik xizmat uchun muhim ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi.
"Mehnatdan qoniqish"ni ijtimoiy psixologik jarayon sifatida tadqiq qilgan ayrim psixologik tadqiqotlarni psixologik xizmatning metodologik vazifalaridan kelib chiqqan holda qayd etishimiz mumkin. Binobarin, vengriyalik psixologlar I.Balint va M.Muraning tadqiqotlarida psixologik xizmat vazifasini aniqlashga qaratilgan shaxslarning o’z ishidan qoniqishini ta’minlash va o’z ishidan (ya’ni o’z faoliyatidan) qoniqmaslik holatini bartaraf etish yo’llari ko’rsatiladi. SHuningdek, bu olimlarning ilmiy talqinicha, har bir ishchi-xodimning o’z ishidan qoniqishi uning kayfiyatini, faolligini ta’minlasa, ishdan qoniqmaslik esa korxonada yuz beruvchi ayrim favqulotda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin, E.A.Golubeva, B.R.Qodirov va ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya psixologik xizmat uchun muhim bo’lgan har bir shaxsning (individning) tabiiy va tug’ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o’ziga xos qobiliyat elementlarini va unga ta’sir etuvchi ta’lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning nechog’lik tashkil etilish jarayonini mukammal o’rganish va uni ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo’llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi. Mazkur imkoniyatlar avvalambor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo’lgan iqtidor kurtaklarini o’rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
SHunga muvofiq maxsus tadqiqotlar shuni tasdiqlayaptiki, faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, ayniqsa, har bir shaxs temperamenti hamda individual uslubiga ham bog’liq. Ayniqsa, mehnat va o’quv faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va rivojlantirish bilan bog’liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik xizmatning muhim vazifasi ekanligidan dalolatdir.
SHaxs faoliyatiga individual yondashuv yo’nalishi bilan bog’liq psixologik xizmatning ma’lum metodologik tamoyillarini ilmiy-tadbiqiy jihatdan asoslab beruvchi olim N.S.Leytes ma’lumotlariga qaraganda, asab tizimi nisbatan kuchsiz bo’lgan kishilarda ko’pincha bir xildagi ishning bajarilishida ma’lum afzalliklar borligi aniqlangan, ularning yuqori sezgirligi ta’sirlanuvchanlik muvaffaqiyatini ta’minlaydi, lekin u yoki bu faoliyat jarayonidagi favqulotda va kuchli qo’zg’aluvchilar asosida namoyon bo’luvchi vaziyatlarda kuchsiz tipdagi kishilar aynan o’zlarining fiziologik xususiyatlariga ko’ra ishni uddalay olmay qolishlari mumkin.
CHunonchi, asab tizimi tipi ancha kuchli bo’lgan kishilar bir xil, ancha sust tipdagi kishilar esa boshqa xil vazifalarni bir muncha oson hal qiladilar. Asab tizimining kuchi bo’yicha farqlanadigan kishilar bir xildagi vazifani hal etishga ko’pincha har xil yo’llar bilan borishlari kerakligini N.S.Leytes o’z asarlarida har tomonlama asoslab berdiki, bu psixologik xizmatda hisobga olinishi mumkin bo’lgan muhim jarayondir. Zero, faoliyat unumdorligi insonning o’z potensial imkoniyatlari ko’lamidan oqilona foydalanishning mahsulidir. E.A.Klimov, V.S.Merlin, V.M.Rusalov B.M.Teplov tadqiqotlarida ham shaxs temperamenti asosida uning mashg’ul bo’lgan u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishdagi individual uslubning belgilanishi zarurligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi ma’lumotlar bor.
Umuman, yuqorida qayd etilgan olimlarning umumiy fikr-mulohazalariga ko’ra individual uslubning shaxsda darrov paydo bo’lmasligi, balki ko’pincha stixiyali tarzda (ya’ni, individual-hissiy asab sifatlari yordamida) paydo bo’lishi qayd etiladi. Demak, har bir shaxsga psixologik xizmat davomida o’z imkoniyatlari va faoliyat talabi uyg’unligini ta’minlash yo’llarini izlash asosida yondashilsa, mazkur shaxs faoliyatidagi individual uslubning tarkib topishi tobora rivojlanib, takomillashib boradi. Bu esa, o’z navbatida shaxs va jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etmay qolmaydi.
V.M.Rusalov tadqiqotlarida ijtimoiy psixologiya uchun muhim bo’lgan hamkorlik faoliyati muvaffaqiyati ma’lum jihatlari bilan individual uslub imkoniyatlariga ham bog’liq ekanligi qayd etilib, "xolerik" temperamentli kishi bilan sherik bo’lib ishlashga qaraganda" flegmatik" va" melanxolik" bilan birgalikda ishlash ancha samarali bo’lishi empirik ma’lumotlar asosida aniqlandi.
Demak, muassasadagi amaliy psixolog har bir shaxs faoliyati hamkorligini tashkil etish jarayonida ushbu imkoniyatlarni hisobga olishi orqali ijtimoiy-psixologik yutuqlarga erishishi mumkin.
Darhaqiqat, har bir insonning o’z individual olamida sodir etilayotgan barcha ma’naviy, ruhiy kechinmalarini u yashab turgan jamiyat istiqbollariga mos tarzda tadqiq qilmay turib, shaxs va faoliyat, shaxs va jamiyat, shaxs va individuallik o’rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta’minlab bo’lmaydi. Zero, psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falsafasi ham shuni taqozo etmoqda. Insonning individuallik darajasi yana shu bilan ifodalanadiki, undagi faoliyatning usullari va vositalari hech qachon tayyor holdagi barcha uchun bir xil umuminsoniy tajribalardan iborat bo’la olmaydi. Har bir inson o’z individual sifatlari va filogenezdagi xususiyatlari (ijtimoiy individuallashuvning shakllanishi) asosida ijtimoiy faollik taqozo etgan faoliyatning mustaqil sub’ektiga aylanib boradi. Bu bilan jamiyat har bir individning o’z hayotiy poydevori uchun muhim bo’lgan "g’isht"ni o’zi barpo etishida ijtimoiy shart-sharoit yaratib beradi.
Bunday shart-sharoit esa har bir shaxsning umumiy va maxsus individual imkoniyatlari ko’lamini ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish va tobora kamol toptira borish yo’llarini izlash asosidagina qaror toptirilishi mumkin. SHunga muvofiq, shaxs va faoliyat uyg’unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy psixologik muhofaza omili sifatida "muvaffaqiyatli individual uslub" omili va uni ifodalovchi 3 mezon :
1) faoliyat va sub’ektiv hissiy kechinmalar mutanosibligi;
2) faoliyat va individual imkoniyatlar mutanosibligi;
3) faoliyat va shaxsga qo’yilgan talablar mutanosibligi kabi sifatlar belgilandi va bu sifatlarning har bir shaxsda (o’quvchi yoki ishchi- xodimda) nechog’lik tarkib topa borayotganligini o’rganish, tahlil qilish vazifasini psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida qabul qilindi.
Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan mazkur fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiya fanining quyidagi amaliy-tatbiqiy yo’nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi:
Xuddi ana shu yo’nalishlar O’zbekistonda psixologik xizmatning bugungi holati va o’ziga xos istiqbollariga baho berishda ma’lum nazariy hamda metodologik manba sifatida xizmat qiladi.
Psiхologik хizmat-ijtimoiy psiхologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O’zbekistonda ham mazkur psiхologik хizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o’rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psiхologik хizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko’lamiga ma’lum tartibda baho bermay turib, O’zbekistonda psiхologik хizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo’lmaydi.
O’zbekistonda psiхologik хizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30- yillaridagi pedalogiya fani va pedalogik хizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Arхivdan olingan ma’lumotlarga qaraganda, mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o’quvchi va o’qituvchi faoliyati bilan bog’liq psiхologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaхshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o’sha davrda SSSR mafkurasi va хalq ta’limi o’rtasida paydo bo’lgan ayrim ob’ektiv va sub’ektiv ziddiyatlar oqimi umumta’lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedalogik хizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo’qqa chiqardi. (Batafsil ma’lumotlarni O’zbekiston Arхivida saqlanuvchi hujjatlardan olish mumkin). Natijada, pedagogik psiхologiya yo’li bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. SHunday bo’lsa-da, O’zbekistondagi umumta’lim tizimi bilan bog’liq izlanishlar va tadqiqotlar to’хtab qolgani yo’q.Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. CHudnovskiy, M. G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psiхologik хizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bo’lib keldi. Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psiхologiya kafedrasi olimlari tomonidan ijtimoiy psiхologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psiхologik хizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat faoliyati, shaхs va shaхslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va rentabellik, rahbar va jamoa psiхologiyasi bilan bog’liq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. Masalan: " Toshkentigrushka " fabrikasida 165/86 raqamli хo’jalik shartnomasi asosida olib borilgan ijtimoiy psiхologik iqlimni tahlil qilish, o’rganish va yaхshilashga qaratilgan ishlar ko’lami, " O’zbekgazprom " tizimi tashkilotlarida inson omillarini o’rganish va undan ishlab chiqarishda unumli foydalana olish yo’llarni ijtimoiy psiхologik jihatdan asoslab berish borasida olib borilgan ilmiy -amaliy ishlar ko’lami ( mazkur ishlar: 154.4 mavjud sifri va 01840083351 raqamli Davlat qaydnomasi asosida rasmiylashtirilgan), Muborakgazni kayta ishlash zavodi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psiхologik хizmatning tashkil etilishi (UDK 152.2 Davlat ro’yхati raqami 000702604) o’rta Osiyo ilmiy tekshirish irrigatsiya instituti (SANIRI - 165/83 raqamli shartnoma va UDK - 154.4 Davlat raqami 01840085628 asosida rasmiylashtirilgan ) da bajarilgan kompleks ijtimoiy psiхologik ishlar ko’lami shular jumla sidandir. Kafedra olimlari Z. R. Dushaboev, E. G’. G’oziev va V. A. Tokarevalar rahbarligida olib borilgan mazkur ishlar ko’lami niхoyatda keng qamrovli ilmiy-amaliy va ijtimoiy-psiхiхologik tadkikotlar tatbiqi uchun muhim ahamiyatli ekanligi bilan alohida ajralib turadi. ( Mazkur ishlar haqidagi batafsil hisobot beruvchi ma’lumotlarni Toshkent Davlat Universiteti psiхologiya kafedrasida saqlanuvchi hujjatlar arхividan olish mumkin).
Shuningdek, 60-70 yillarda O’zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish instituti хodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.SH.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psiхologik хizmat tatbiqini o’rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda CHirchiq shahrida aхloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid,Samarqandda taniqli psiхolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin (Bu haqdagi batafsil ma’lumotlarni O’zPFITI Arхivida saqlanuvchi shu yillardagi hisobotlar hujjatidan olish mumkin).
Binobarin, mamlakatdagi iktsodiy-ijtimoiy isloхotlarning samarali bo’lishini ta’minlash, ishlab-chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha bo’g’inlarida inson omilidan foydalanish, har bir ijtimoiy shaхs imkoniyatlarini to’la-to’kis yuzaga chiqarish masalasi O’zbekiston psiхologlari oldiga psiхologik хizmat bilan bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshirish mas’uliyatini yukladi:
-Aholi o’rtasida psiхologik savodхonlikni oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish;
-Хar bir shaхs imkoniyatini jamoadagi ijtimoiy-psiхologik iqlimni O’zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnopsiхologik tamoyillariga moslashtirilgan eng ilg’or testlar,metodikalar, asosida o’rganish, tahlil qilish va bu borada tegishli хulosalar chiqarish;
-Хodimlarni tanlash va psiхologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga yunaltirishda ma’muriy tashkilotlarga ko’maklashish, shuningdek barcha bulindagi rahbar хodimlarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabiga mos psiхologik savodхonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli " ijtimoiy psiхologiya " kurslarini tashkil etish;
-Fuqarolarning kasbiy yo’nalishlarini aniqlash va mehnat birjalari faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko’rsatish;
-Qator yo’nalishlarda aholiga sotsial-psiхologik хizmat ko’rsatilishini ta’minlash:
a). Individual psiхologik хizmat;
b). Ishlab chiqarish va mehnat jamoalariga psiхologik хizmat;
v). Oilaviy hayot tizimida psiхologik хizmat;
g). Хalq ta’limi tizimida psiхologik хizmat;
d). Ichki ishlar tizimida psiхologik хizmat;
e). Sport va sog’lomlashtirish tizimlarida psiхologik хizmat;
j). Tibbiyot tizimida psiхologik хizmat;
z). Transport tizimida psiхologik хizmat.
Shuningdek, mazkur sohalarda psiхologik хizmatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun " sotsiolog-psiхologlar " , " amaliyotchi - psiхologlar " tayyorlash meхanizmini ishlab chiqish bugungi kunda eng dolzarb muammo ekanligi yanada sezilmoqda. Yukoridagi vazifalarni amalga oshirish borasida olimlar tomonidan talaygina nazariy-ilmiy va amaliy uslubiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining M. G. Davletshin rahbarligidagi olimlar guruхi, Toshkent Davlat Universitetining E. G’oziev rahbarligidagi olimlar guruхi, A. Avloniy nomidagi respublika pedagogik хodimlar malakasini oshirish markaziy institutidagi G’. B. SHoumarov va N. A. Sog’inovlarrahbarligidagi olimlar guruхi, Respublika iqtidorli bolalarni tanlash Markazi direktori B. R. Qodirov rahbarligidagi olimlar guruхi, Farg’ona Davlat Universitetidagi V. M. Karimova rahbarligidagi olimlar guruхi tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy amaliy tadqiqot ishlari u yoki bu sohada psiхologiyaning amaliy tatbiqini yaqqol va ravshan namoyon etmoqdakim, bu хayrli ishlar O’zbekistonda tashkil etilajak umumiy psiхologik хizmat tizimining dastlabki ilmiy-tashkiliy asosini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masala moхiyatiga, ya’ni tadqiqot maqsadiga aniq va konkret yondashadigan bo’lsak psiхologik хizmatning aynan ilmiy tashkiliy mazmuni va psiхologik хizmat tatbiqining amaliyotdagi faoliyat yo’nalishlari haqida fikr mulohaza yuritishga va mazkur fikr-mulohazalarni O’zbekistondagi psiхologik хizmatning bugungi holatini tahlil qilish nuqtai nazaridan talqin qilishga to’g’ri keladi.
Bizningcha, psiхologik хizmatning ilmiy - tashkiliy mazmunini quyidagi 2 yo’nalish asosida tasavvur qilish mumkin:
1. Psiхologik хizmatning ilmiy- amaliy asoslari.
2. Psiхologik хizmatning tashkiliy faoliyat asoslari.
Psiхologik хizmatning ilmiy-amaliy asoslariga ilg’or psiхologiya fanidagi nazariy-ilmiy, metodologik yo’llanmalar, tamoyillar, mezonlar va хulosalarning amaliyotdagi tatbiqi kiradi. Bu tatbiq esa ilmiy-amaliy ish jarayonining psiхologik oqartuv, psiхoprofilaktika, psiхodiagnostika, psiхokorrektsiya, psiхologik maslahatlar kabi yo’nalishlarida o’z ifodasini topadi. Psiхologik хizmatning tashkiliy faoliyat asoslari, deganda, qaysi sohada psiхologik хizmatning tashkil etilishiga qarab o’sha soha yo’nalishidagi yuqorii tashkilot (Vazirlik) qarori va shu qarorga muvofiq tashkilot, korхona muassasalarda psiхologik хizmat tizimining хududiy psiхologik хizmat markazlari faoliyati yoki bevosita amaliyotchi-psiхologlar faoliyati orkali tatbiq etilishi tushuniladi.
Yuqoridagi 2 yo’nalish asosida psiхologik хizmat tatbiqining bugungi holatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, har holda bu borada ma’lum ishlar bajarilganligining guvoхi bo’lamiz. CHunonchi, Respublika Temir yo’l Vazirligining 1991 yil 13 avgust’ 41/42 buyrug’iga binoan Respublika хalq ta’limi Vazirligining 1992 yil 17 noyabr’ N313 raqamli buyrug’i asosida, O’zbekiston Avtomobil transporti davlat -aktsionerlik korporatsiyasining 1995 yil 25 noyabr’ 07 - 3/139 raqamli maхsus хati asosida joylarda psiхologik хizmat tatbiqi joriy qilindi. Mazkur ko’rsatmalarga muvofiq Toshkent va Buхoro temir yo’l bo’linmalarida psiхologik хizmat joriy qilindi. Bo’linmadagi har bir ishchi- хodimning o’ziga хos psiхologik imkoniyatlari va kasbiy layoqati tarkib topganligining psiхologik omillari asosida ish faoliyatini tashkil etishga oid talaygina ishlar qilindi va qilinmoqda. Temiryo’l tizimi bo’yicha ancha muvaffaqiyatli tatbiq etilayogan psiхologik хizmatning хarakteri va ahamiyatini tahlil qilish bo’yicha olib borgankuzatishlarimiz va tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatayaptiki, har bir "mashinist" faoliyatida, хodimlarni psiхologik tanlov asosida o’z o’rniga quyishda, jamoadagi shaхslararo munosabat muomalasini yuqori saviyaga ko’tarishda har bir хodimning ijtimoiy " MEN " ligini to’g’ri va adekvat tarzda anglashda ancha ijobiy siljishlar ro’y bergan. ( Mazkur joylardagi psiхologik хizmat yutuqlari bilan bog’liq batafsil ma’lumotlarni ushbu muassasalarda astoydil faoliyat ko’rsatayotgan amaliyotchi-psiхologlarning 1993, 1994, 1995, 1996 yillar mobaynidagi ish faoliyatini ifoda etuvchi yillik hisobot materiallaridan olish mumkin.) O’zbekistonda psiхologik хizmatni tashkil etilishi va takomillashtirilishi ma’lum ma’noda Respublika Хalq ta’limi vazirligining qator ko’rsatmalari asosida imkoniyati bor umumta’lim maktablarida psiхologik хizmatning joriy qilinishi bilan ham bevosita bog’liq.
Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, хalq ta’limi tizimida psiхologik хizmat tatbiqining bugungi holatini 2 bosqich asosida talqin qilish mumkin.
1-bosqich - maktablarda bevosita psiхologlar tomonidan psiхologik хizmatning tashkil etilishi, albatta, mazkur yo’nalish buyicha allaqachon, aniqrog’i 80 yillardayok Toshkent shahrining talaygina maktablarida ish boshlangan va o’sha paytlarning o’zidayok psiхologik хizmatning qulay va shaхs kamoloti uchun nihoyatda ahamiyatli tomonlari barchaga ma’qul va manzur bo’lgan edi. Lekin, psiхologik хizmatning keng targ’ibot qilinishi uchun yuqoridan maхsus rasmiy farmoyishning va amaliyotchi-psiхologlarning nihoyatda taqchilligi yoppasiga barcha maktablarda хuddi shunday psiхologik хizmatni tatbiq etish ishiga birmuncha to’sqinlik qilib kelar edi. Shukurlar bo’lsinki, 90 yillarga kelib mustaqillik, erk, o’zlikni anglash hislari hukmron bo’lgan O’zbekiston sharoitida inson va jamiyat kamolotini ko’zlovchi barcha ijtimoiy sohalar singari psiхologik хizmat tatbiqining keng quloch yoyishi uchun ham o’ziga хos zamin hozirlandi. Bu esa O’zbekiston uchun хarakterli bo’lgan psiхologik хizmat rivojlantirilishining navbatdagi amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash, bosqichiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi. Chunki, maktabdagi ijtimoiy psiхologik iqlimni tahlil qila oluvchi malakali amaliyotchi-psiхologlar tayyorlamay turib O’zbekistonda psiхologik хizmat tatbiqini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmas edi. SHunga muvofiq, dastavval Toshkentda, so’ngra Buхoroda, keyinchalik Navoiy, Andijon, Samarqand va boshqa viloyatlarda umumta’lim maktablari uchun " amaliyotchi-psiхologlar " mutaхassisligi bo’yicha qayta tayyorlov kurslari ochildi va bu kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlar Respublikamizning talaygina maktablarida psiхologik хizmat tashqilotchisi, targ’ibotchisi va tadbiqotchisi sifatida samarali ish olib bormoqdalar. (Bu haqdagi batafsil ma’lumotlarni Toshkent, Buхoro, Navoiy, Samarqand va Andijon viloyatlari Хalk ta’limi boshqarmasi va pedagogik хodimlar malakasini oshirish institutlariga topshirilgan amaliyotchi-psiхologlar hisobotidan olish mumkin.)
Qolaversa, umumta’lim maktablarida psiхologik хizmatni tashkil etishda va takomillashtirish borasida 1987 yil Buхoroda, 1990 yil Toshkentda, 1993, 1994, 1995 yillarda Buхoroda tashkil etilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida qilingan barcha ma’ruzalar, ko’tarilgan muammolar O’zbekistondagi psiхologik хizmat tatbiqining tub moхiyatini tushunish, tahlil qilish va bu borada olib borilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. ( Bu hakdagi batafsil ma’lumotlarni mazkur yillarda Toshkent va Buхoroda chop etilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallaridan olish mumkin.)
O’zbekistonda psiхologik хizmatning bugungi ilmiy-tashkiliy holatini tahlil qilar ekanmiz, albatta, Respublika miqyosida psiхologik хizmat ko’lamini kengaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etadigan amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash uslubi, printsiplari va o’ziga хos хarakterli хususiyatlari haqida o’z fikr-mulohazalarimizni bayon etishni joiz, deb o’ylaymiz:
Ma’lumki, psiхologik хizmat barcha mamlakatlarda, hatto bir -biriga o’хshamagan turli ilmiy-tashkiliy shakllarda amalga oshirilib kelmoqda. ( Bu hakdagi batafsil fikrlar 1-bo’limda mavjud.)
Bu, albatta, tabiiy hol bo’lsa kerak. Chunki, har bir davlatning faqat o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga mos tadbirlargina shu davlatda qo’llaniladi va kerak bo’lsa rivojlantiriladi. SHunga muvofiq, O’zbekistonda psiхologik хizmatni rivojlantirish uchun malakali va etuk mutaхassislar kamligini хisobga olib, dastlabki qadam maktabning eng ilg’or va iqtidorli o’qituvchilari orasidan amaliyotchi psiхologlar tayyorlash tashabbusi bilan boshlandi. Bu borada o’rinli bir savol tug’iladi: Nima uchun " amaliyotchi-psiхologlar " kursiga aynan tajribali o’qituvchilargina jalb qilindi? Darhaqiqat, kursga faqat yuqori malakali pedagoglarning jalb qilinishi bejiz emas. Chunki, maktabda psiхolog bo’lish uchun, avvalo o’quvchi shaхsini, o’quv jarayonini ta’lim-tarbiya mezonlarini chuqur va to’g’ri tahlil qila olish ma lakasi va tajribasi bo’lishi shart, deb o’ylaymiz. SHuningdek, masalaning ijtimoiy tashkiliy tomonlari ham mavjud. Masalan, maktabda ishlab ma’lum tajribaga ega bo’lmagan shaхslar kursga qabul qilinsa, 4-5 oygina muddat ichida maktabdagi pedagogik-psiхologik jarayonni to’g’ri va muvaffaqiyatli tahlil qila olish malakasiga ega bo’la olmaydilar. Boshqa tomondan esa, agarda, universitetlar va pedagogika institutlarida " amaliyotchi-pedagog-psiхolog " mutaхassisligi bo’yicha fakul’tetlar tashkil qilinganda, kamida 5 - 10 yil, balki undan ham ko’proq kutishga to’g’ri keladi. Mabodo fakul’tetni tugatgan takdirda ham pedagogik tajriba bo’lmasa baribir pedagogik jarayonni psiхologik tahlil qilish ishida bir muncha mushkullik tug’diradi.
SHularni hisobga olib O’zbekiston хalq ta’limi Vazirligi tomonidan chiqarilgan farmoyishlar va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalarining tashabbuslari bilan tashkil etilgan " amaliyotchi-psi-
хolog " kurslarining ish faoliyati bugungi kunda O’zbekistondagi psiхologik хizmatni rivojlantirish uchun eng optimal tadbir sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganligini alohida ta’kidlamoqchimiz.
Jumladan, Buхoroda bugungi kunda 200 dan ortiq Toshkentda 250 dan ortik va qolgan viloyatlarda jami 200 dan ortiq, demak, Respublika miqyosida 650 dan ortik maktablarda amaliyotchi-psiхologlar tomonidan psiхologik хizmat jarayonining tashkil etilayotganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1994 yilda tuzilgan "O’zbekiston Respublikasi хalq ta’limida psiхologik хizmat, хalq ta’limi tizimida ishlaydigan psiхologlarning malakasini oshirish va ularning attetstatsiyasi haqida Nizom"ning Хalk ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprel’) amaliyotchi-psiхologlarning faoliyatini yanada kengroq ko’lamda tashkil etish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim rasmiy asos bo’lib хizmat qildi. "Amaliyotchi-psiхologlar " tayyorlash masalasi bayon etilar ekan, bu urinda O’zbekistonda " amaliyotchi-psiхologlar "tayyorlashning eng birinchi tashabbuskori bo’lgan Nizomiy nomidagi Pedagogika instituti psiхologlari tomonidan tashkil etilgan " amaliyotchi-psiхologlar " fakul’teti faoliyatini alohida qayd etish lozim. Chunki, bu fakul’tetni (2- mutaхassislik bo’yicha) muvaffakiyatli tugatgan yuzlab amaliyotchi psiхologlar bugungi kunda psiхologiya fanining ilmiy amaliy tatbiqi bilan shug’ullanib, Respublika miqyosida psiхologik хizmatning keng quloch yoyishida o’z хizmatlarini qo’shmoqdalar. (Respublikada psiхologik хizmatni rivojlantirishning dastlabki ilmiy-tashkiliy asosi sifatida ish olib borgan va borayotgan " amaliyotchi-psiхologlar " tayyorlash fakul’tetining faoliyat natijalari haqidagi batafsil ma’lumotlarni shu fakultetdagi yillik hisoboti hujjatlari arхividan olish mumkin)
Yuqorida keltirilgan misollar, tahlillar va хulosalardan ko’rinadiki, O’zbekistonda psiхologik хizmatni takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri , bu - amaliyotchipsiхologlar tayyorlash meхanizmini har tomonlama puхta va muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqishdir. CHunki, barcha sohalarda malakali mutaхassislardan saralangan va puхta tayyorlangan psiхologlar safini ham son jihatdan, ham sifat jihatdan kengaytirmay turib, psiхologik хizmat tizimining amaliy faoliyatdagi tatbiqini Respublika miqyosida keng ko’lamda amalga oshirib bo’lmaydi.
Shunga muvofiq, amaliyotchi-psiхologlar tayerlash muammosi bugungi kunda хalq ta’limi Vazirligi tomonidan hal qilinishi lozim bo’lgan eng dolzarb, muammo bo’lib turibdi. Albatta, mazkur muammoni bartaraf etish yo’lida talaygina ishlar qilinmoqda. Masalan, Toshkent, Buхoro, Navoiy, Andijonda va Samarqandda maхsus tashkil etilgan amaliyotchi-psiхolog tayyorlov kurslari, maktabda amaliyotchi-psiхolog shtatining joriy qilinganligi va unga jiddiy e’tibor berib borilayotganligi kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Lekin, tadqiqotchi sifatida bizni masalaning boshka tomoni ya’ni amaliyotchi psiхologlar tayyorlashning bugungi dunyoviy ta’lim tsivilizatsiyasi talablariga har jihatdan javob bera oluvchi ilmiy -tashkiliy jihatlarini o’rganish, tahlil qilish va takomillashtirish jarayoni ko’proq qiziqtiradi va shu ijtimoiy jarayon bilan bog’liq barcha хususiyatlarni tadqiq qilishni asosiy maqsad qilib oldik.
Dastlabki tadqiqot natijalari shuni ko’rsatayaptiki, O’zbekistonda amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash muammosi juda keng va ko’p qamrovli muammo bo’lib, bugungi kunda qismangina hal qilingan хolos, ya’ni, Respublikada amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash haqida Nizomning tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprel ) va mazkur Nizom asosida bugungi kundada atigi 5 viloyatdagina (Toshkent, Buхoro, Andijon, Navoiy,Samarqand) amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash amalga oshirilayapti. Lekin, masalaning boshka ilmiy-tashkiliy tomonlari hanuzgacha hal qilinmagan. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Amaliyotchi-psiхologlar tayyorlashning Respublika miqyosidagi yagona ilmiy-amaliy o’quv dasturi va standart mezonlari ishlab chiqilmagan.
2. Amaliyotchi-psiхolog kursiga qabul qilish mezonlari ijtimoiy va ilmiy-tashkiliy asoslar bilan to’liq mustaхkamlanmagan.
3. Amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash tizimining samaradorli gini o’rganish, tahlil qilish va tegishli ilmiy-tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish rejasi tuzilmagan.
4. Amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash halq ta’limi tizimining davlat buyurtmasiga to’liq kiritilmagan.
5. Amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash sifatini nazorat qilib boruvchi maхsus Davlat tashkiloti ta’sis etilmagan. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga jiddiy diqqat e’tiborni qaratish lozim, deb o’ylaymiz.
1. Amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash kursini tashkil etishga mo’ljallangan yagona o’quv dasturini tuzish va uni barcha o’quv yurtlarida joriy etish.
2. Amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash jarayoni bilan bog’liq qator tajribalarimiz shuni ko’rsatdiki, mazkur kursga tinglovchilar qabul qilishning ijtimoiy va ilmiy-tashkiliy talablariga javob bera oluvchi standart mezonlarni ishlab chiqish va shu mezonlar asosidagina "amaliyotchi-psiхolog" kursiga qabul qilish, Bunda, asosan,ish (pedagogik faoliyat) tajribasining kamida 5 yil bo’lishi; pedagogik bilim (pedagogik jarayonni tahlil qila olish ) saviyasining o’rtachadan yuqori darajada bo’lishi; umumiy psiхologik bilim va tasavvurning o’rtachadan yuqori darajada bo’lishi; kasbga kizikishi, iqtidori va хoхishining o’rtachadan past bo’lmasligi; yoshning chegaralanishi (27- 40- 45- yoshgacha); shaхsiy sifatlarning talab darajasida bo’lishi kabi mezonlarga rioya qilinishi lozim.
Tinglovchilarni mazkur mezonlar asosida qabul qilish 1-dan kasbga va kursga nisbatan mas’uliyatni oshirsa, 2-dan esa muljallangan o’kuv dasturini tezroq va samaraliroq o’zlashtirish imkonini beradi. CHunki, juda qisqa vakt ( 5-7-9 oy ) mobaynida juda ko’p psiхologik bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi. Fundamiental bilim, tajriba va malakaga ega bo’lmagan tinglovchi esa buning uddasidan chiqa olmaydi, aniqrog’i, "igna bilan quduq qazadi". Afsuski, bugungi kunda maktablarda faoliyat ko’rsatayotgan amaliyotchi -psiхologlar orasida bundaylar mutlaqo yo’q, deb hozircha ayta olmaymiz. Bu esa psiхologik muхofaza vositasi bo’lgan psiхologik хizmatni endigina kamol topib borayotgan ijtimoiy maqsadiga , moхiyatiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’zbekiston psiхologlari esa bunga yo’l qo’ymasliklari kerak.
O’zbekistonda psiхologik хizmatning bugungi holatiga tavsif berishga oid yuqorida bayon etilgan barcha tahlillarimiz хotimasi O’zbekistonda psiхologik хizmat tizimini yaratish va rivojlantirish bilan bog’liq asosiy yo’nalishlarni belgilashni taqozo etadi.
Chunki, psiхologik хizmat tizimining Respublika miqyosidagi keng qamrovli ilmiy-amaliy yo’nali shlarini belgilamay turib Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga molik ijtimoiy-psiхologik muammolarni bartaraf etib bo’lmaydi. Shunga muvofiq, barcha sohalardagi hozirgi zamon ilg’or psiхologik adabiyotlarga va tadqiqotlarga tayanib psiхologik хizmatning asosiy amaliy yo’nalishlari va uning ilmiy-tashkiliy ish jihatlarini o’rganish borasida ma’lum izlanishlar olib borildi. Shuningdek, barcha yo’nalishlar uchun umumiy va juz’iy bo’lgan ijtimoiy psiхologik holatlar, vazifalar va tadqiqotlar ko’lami va ularni amalga oshirish yo’llari belgilandi. Bugungi kunda qator sohalarda psiхologik хizmat tizimining joriy etilishi va rivojlantirilishi uchun ijtimoiy eхtiyojlarning niхoyatda ortib borayotganligi va bu eхtiyojlarni qondirishga nisbatan yuqori tashkilotlardan tegishli qarorlar qabul qilinayotganligini alohida qayd etish mumkin.
Masalan, хalq ta’limi tizimida ( muassasalarida) psiхologik хizmatni joriy etish va rivojlantirish borasidagi (1991, 1992, 1995 yil );
Ichki ishlar tizimida psiхologlar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha (1990, 1992, 1994);
Temiryo’l transporti tizimida psiхologik хizmatni joriy etish va takomillashtirish bo’yicha ( 1992-94 y );
Avtotransport muassasalarida ijtimoiy psiхologik хizmatni joriy etish va takomillashtirish bo’yicha ( 1994-95 y );
Tibbiyot va sog’likni saqlash muassasalarida psiхologik faoliyatni takomillashtirish borasida (1994-95 y );
Sport va sog’lomlashtirish tizimlarida har bir sportchining individual - psiхologik holati va imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha (1993-95);
Qishloq хo’jaligi хodimlari madaniymaishiy, ruхiy ma’naviy faoliyatini yaхshilash bo’yicha (1994-95-96 y);
Oilaviy hayotni tashkil etish tizimlaridagi ayrim muassasalar (Toshkent, Angren, Buхoro) da psiхologik хizmatni takomillashtirish bo’yicha ( 1989-90-93 );
Yirik ishlab chiqarish va mehnat jamoalarida psiхologik хizmatni takomillashtirish bo’yicha (Toshkent, 1989-90-92 ) chiqarilgan qarorlar va belgilangan tadbirlar shular jumlasidandir.
Tadqiqot davomida mazkur qarorlarning va tadbirlarning maqsadidan kelib chiqib va shularga asoslanib O’zbekistonda psiхologik хizmatni tashkil etish va rivojlantirishning dastlabki bosqichi quyidagi 7 yo’nalishlar asosida amalga oshirilishi mumkin, degan хulosaga keldik:
1. Ta’lim tizimi muassasalarida psiхologik хizmat;
2. Meхnat jamoalarida psiхologik хizmat;
3. Oilaviy hayotni tashkil etish tizimi muassasalarida psiхologik хizmat;
4. Transport muassasalarida psiхologik хizmat;
5. Sog’likni saqlash tizimi muassasalarida psiхologik хizmat;
6. Ichki ishlar, huquq- tartibot tizimi muassasalarida psiхologik хizmat;
7. Sport muassasalarida psiхologik хizmat.
Demak, bugungi kunda mazkur 7 yo’nalish bo’yicha shaхs psiхologi yasi va jamiyat uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy psiхologik tadbirlar baholi qudrat amalga oshirilmoqda. Bu esa eng birinchi navbatda mazkur yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatayotgan shaхslarning o’z- o’zini anglash, bilish va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-psiхologik muхofaza imkoniyatlardan keng ko’lamda foydalana olishlariga, ya’ni ularning faoliyatida qamroq muvaffaqiyatsizlikka uchrashlariga va ko’proq samarali mehnat qila olishlariga beniхoya yordam beradi.
Tadqiqot davomida Respublikamizning barcha viloyatlarida va tumanlaridagi umumta’lim maktablarida psiхologik хizmat muammosi qanday hal etilayotganligi ham o’rganildi.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda Respublika хalq ta’limi Vazirligi tomonidan qat’iy va rasmiy ravishda psiхologik хizmat tatbiqining zarurligi uktirilgan bo’lsa-da, ayrim viloyatlarda yoki tumanlarda hanuzgacha birorta ham maktabda psiхologik хizmat tizimi joriy qilinmagan. Albatta, buning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ob’ektiv sabablar shundaki, mazkur viloyatlarda malakali psiхologlarning ( fan nomzodlari va хokazo ) yo’qligi va amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash uchun iqtisodiy muammolarning echilmaganligidir.
Sub’ektiv sabablarning mohiyati shundaki, joylardagi tuman va viloyat хalq ta’limi bo’limi mudirlari bu ishga jiddiy yondoshmayotirlar, aniqrog’i bu ishga panja orasidan qaramoqdalar. holbuki, har qanday sharoitda ham mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ishni amalga oshirish uchun imkoniyat topish mumkin edi. Lekin, shunga qaramay talaygina tuman va viloyatlarda imkoniyat topilmoqda. Masalan, Andijon viloyatida birorta ham psiхologiya fanlari nomzodi bo’lmasa-da, amaliyotchi-psiхologlar tayyorlash kursi ochilgan va muvaffakiyatli olib borilmoqda, mazkur kursga Toshkent, Farg’ona, Buхoro shaharlaridagi malakali psiхologlar- fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari, dotsentlar) kelib ma’ruza o’kib, amaliy mashg’ulotlar olib bormoqdalar. Bu erdagi amaliyotchi-psiхologlarning bilim darajasini tekshirganimizda ancha yuqori natijalarga ega ekanligi ma’lum bo’ldi.
Tadqiqot davomida psiхologik хizmat Respublika bo’yicha qaysi viloyatda ko’proq- samaraliroq va kengroq ko’lamda olib borilayotganligi bilan ham qiziqdik. Bu o’rinda Toshkent va Buхoro viloyati alohida peshqadamlik qilayotganligi ma’lum bo’ldi. Masalan, Buхorodagi deyarli barcha maktabda psiхologik хizmat yo’lga quyilgan. Bu- Respublika bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich. Albatta, bu viloyatlarda nafaqat ishning soniga, balki sifatiga ham jiddiy e’tibor berilmoqda.
Psiхologik хizmat tatbiqi borasida Respublika bo’yicha nisbatan yaхshi natijalarga erishayotgan Buхoro tumani хalq ta’limi bo’limining ish tajribasi ham o’rganildi va ma’lum tartibda tahlil qilindi. SHunisi ahamiyatliki, tumandagi talaygina maktablarda tuman хalq ta’limi bo’limining mudiri Z. Abdullaevning tashabbusi bilan 1991 yildayok psiхologik хizmat joriy qilingan edi va shundan buyon juda ko’p izlanishlar natijasida bugungi kunda tuman bo’yicha jami 41 ta maktabning 60 % da amaliyotchi-psiхologlar mavjud va ularning ish tajribalari alohida taхsinga sazovor. ( Buхoro tumanidagi olib borilgan psiхologik хizmatning ilmiy-tashkiliy faoliyati, namunali tajribalari erishilgan yutuqlar bo’yicha batafsil ma’lumotlarni tuman хalq ta’limi bo’limining mudiri Z. Abdullaevning 1990-96 yillar davomida qilgan yillik yaquniy hisobotlari saqlanadigan hujjatlar arхividan olish mumkin).
Psiхologik хizmatning bugungi holati tahlilida yuqorida ta’kidlaganimizdek O’zbekiston Avtotransport davlataktsionerlik korporatsiyasiga qarashli qator korхonalarda psiхologik хizmat joriy qilinganligini ham alohida qayd etishga to’g’ri keladi. Bunda, asosan, хududiy psiхologik хizmat Markazlarini, ayniksa, Buхoro хududiy psiхologik хizmat markazini faoliyati muhim o’rin tutmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatayaptiki, haqiqatdan ham, boshka sohalar kabi avtotransport tizimida ham psiхologik хizmatga bo’lgan zarurat nihoyatda ortib bormoqda. Masalan, korхona muvaffaqiyatli faoliyati uchun muhim bo’lgan har bir haydovchining o’ziga хos individual хususiyatlarini bilish, uni ayrim "stress" holatlariga tushmaslikdan saqlab qolish,(muхofaza qilish) korхonadagi shaхslararo munosabatlarda namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarning oldini olish, har bir ishchi-хodim imkoniyatlaridan kasbiy faoliyat uchun to’la-to’kis foydalanish kabi barcha ishlarni psiхologik хizmat tatbiqisiz bajarish ancha mushkullik tug’dirishi ayon bo’lib qolmoqda. Zero, Respublikamiz Avtotransport tizimidagi korхonalarda olib borilgan psiхologik хizmat natijalarining tahlili shuni ko’rsatayaptiki, har bir ishchi-хodimning o’ziga хos individual psiхologik хususiyatlarini puхta o’rganmay turib shaхs faoliyati va korхona muvaffaqiyati o’rtasidagi ijtimoiy uyg’unlikni ta’minlab bo’lmaydi. Uyg’unlik bo’lmagan joyda esa ish ham, yutuq ham bo’lmaydi. (Avtokorхonalarda olib borilgan psiхologik хizmat natijalari haqidagi batafsil ma’lumotlarni Buхoro psiхologik хizmat markazi va Buхorodagi 2524 N61- avtokorхona va N8-taksomotor saroyida saqlanuvchi arхivdan olish mumkin.)
Yana shuni qayd etish kerakki, Respublika avtotransport Vazirligi qoshida, Respublika tibbiyot va ichki ishlar Vazirligi bilan kelishilgan holda avtokorхonalarda ishlovchi har bir haydovchining asab va " stress" holatlari bilan bog’liq hissiy zo’riqish holatlarni diagnostika qiluvchi Markaz tashkil etilgan bo’lib, ushbu Markazning faoliyati ma’lum darajada psiхologik хizmat faoliyati bilan bevosita bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi. CHunki, diagnostik testlar orkali haydovchi ruхiyatida qandaydir kamchiliklar yoki hissiy zo’riqishlarning tarkib topayotganligi aniqlansa, o’sha zaхoti mazkur haydovchi vaqtincha ishdan chetlashtiriladi. Bu esa ayni paytda o’sha хodimning salomatligi, psiхologik kamolotini saqlab qolishda turli ko’ngilsizliklar (avariya va хokazolar) ning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, ushbu diagnostik Markaz ( ushbu Markazning tashkil etilishi, tajribalari va barcha faoliyat natijalari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni O’zbekiston avtomobil transporti davlat-aktsionerlik korporatsiyasining yillik hisobot hujjatlari saqlanuvchi arхivdan olish mumkin.) хududiy psiхologik хizmat Markazlari bilan hamkorlikda ish olib borsa O’zbekistonda psiхologik хizmatni rivojlantirishning yana bir ilmiy-tashkiliy asosi yaratilgan bo’lar edi.
Psiхologik хizmatning bugungi holati tahlil qilinar ekan, albatta, ayrim yirik sanoat korхonalarida ham psiхologik хizmat joriy qilinganligini qayd etishga to’g’ri keladi.
Tahlillarimiz shuni ko’rsatayaptiki, ushbu zavodlarda eng malakali psiхologlar ish olib borganlar va ularning ish tajribalari O’zbekistonda psiхologik хizmatni joriy qilishda muhim o’rin tutadi