Reja: Kirish I bob. Psixologik xizmat fani nimani o’rganadi 1


Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə12/16
tarix09.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#127298
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Psixologik xizmat fani nimani o’rganadi 1

Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O’zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o’rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko’lamiga ma’lum tartibda baho bermay turib, O’zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo’lmaydi.
O’zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi.
Mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o’quvchi va o’qituvchi faoliyati bilan bog’liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o’sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va xalq ta’limi o’rtasida paydo bo’lgan ayrim ob’ektiv va sub’ektiv ziddiyatlar oqimi umumta’lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo’qqa chiqardi. Natijada, pedagogik psixologiya yo’li bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. SHunday bo’lsa-da, O’zbekistondagi umumta’lim tizimi bilan bog’liq izlanishlar va tadqiqotlar to’xtab qolgani yo’q. Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. CHudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bo’lib keldi. Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bog’liq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. SHuningdek, 60-70 yillarda O’zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.SH.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o’rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda CHirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin