Yakunlovchi qism:. Saflanish,sekin yugurish.Nafasni rostlash va taranglashgan mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar.Mashg‘ulotni yakunlash. Uyga vazifa.
Joy almashinib to‘p uzatish Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, o‘sib kelayotgan yosh bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda sportning muhim o‘rni borligi bugungi kunda teran anglanmoqda. Ta’kidlash joizki, yoshligidan sport bilan shug‘ullangan shaxs yoshi ulg‘ayganda ham hayotining 70-75 foizini sport bilan shug‘ullanish tashkil qilmoqda.
Har bir shaxsni barkamol qilib tarbiyalashda sportning alohida o‘rni bor. Sportning yoshlar o‘rtasida o‘z o‘rni bor ekan, unda sport pedagogikasi tarbiya jarayonining bir qismi bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchi-sportchi tarbiyaviy jarayonining asosiy vazifasi har bir shaxs sportda o‘z o‘rnini topishi, sport uning bir a’zosi kabi deb his qilishini tarbiyalashdan iborat. Sportga daxldor kishi qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lishi bilan farq qiladi.
Sportchi biron bir jamoada shug‘ullansa, jamoa oldiga qo‘ygan vazifa va maqsadlar sportchining shaxsiy maqsadlaridan ustun bo‘lib, u jamoa oldiga qo‘ygan g‘oyalarga to‘liq rioya qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, sport kishiga o‘zining harakatlarini ijobiy shakllantirishga yordam beradi. Sportga o‘z hayotini bag‘ishlagan sportchilar hayotga estetik qiziqishi, biror muhitda bo‘layotgan hodisalariga oqilona munosabat bildirishi, har tomonlama mazmunli muloqot qilishi, tomoshabinlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi kuzatiladi. Umuman olganda, sport tarbiyasi shaxsni har tomonlama kamol toptirishda va tarbiyasida alohida o‘rin tutadi. Sport bilan shug‘ullanishda ko‘p holatlarda o‘sib kelayotgan o‘quvchilarning qiyinchiliklar tufayli sport mashg‘ulotlarini tashlab ketishi hollari ham uchraydi. Lekin sport bilan muntazam shug‘ullangan iroda va ishonch kabi jismoniy, pedagogik, psixologik fazilatlarni o‘zida tarbiyalagan sportchi, so‘zsiz, sport musobaqalarining yuqori cho‘qqilariga yo‘l oladi.
Sport jarayoni murakkab bo‘lib, unda sportchilar uzoq, mashaqqatli mehnat qilib, sport mahoratlarini va ko‘nikmalarini sport musobaqa jarayonida bir lahzada namoyon qiladi. Lekin mana shu lahzada sportchining bor kuchi, irodasi, bilimi, erishgan yutuq va natijalari omma o‘rtasida ko‘z-ko‘z qilinadi. Sport har qanday insonni tarbiyalashga qodir, u sport cho‘qqilarini egallashda har bir shaxsdan o‘ta irodali bo‘lishni taqozo qiladi. Bunda sportchi bosqichma-bosqich sport sirlarini egallab boradi. Sportda ko‘p fazilatlar bo‘lib, ko‘p va uzoq muddat shug‘ullangan sportchilar sport sohasida shunday fazilatlarni o‘zlarida tarbiyalaydilar.