Hujumda o‘yin texnikasi to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan usullardan tashkil topadi. Birinchisiga tik turish, siljish va sakrashlar, ikkinchisiga – to‘pni uzatish, oshirish, hujumlar zarba va (fint) aldamchi harakatlar kiradi.
Turish. Texnik usulni yaxshi bajarish uchun o‘yinchi ko‘proq, “tayyor turishi” deb ataladigan qulay vaziyatda turadi. Hujum harakatida ko‘proq qulay bo‘lgan vaziyat yuqori tik turish bo‘lsa, himoya esa ko‘proq past holda turiladi. Hujum harakatida ko‘proq qulay bo‘lgan vaziyat yuqori tik turish bo‘lsa, himoyada esa ko‘proq past holatda turiladi.
Siljish.Maydonchada siljish, yurish, yugurish, sakrash orqali bajariladi. Voleybolchilar maydoncha bo‘ylab gavdani biroz oldinga engashtirib, oyoqlarni engilgina bukib, yumshoqqina siljiydilar. To‘pga kelish uchun tez yugurish qo‘llaniladi (3-5m masofadan). Hujum zarbasini berishda, to‘siq qo‘yishda va ikkinchi to‘pni oshirishda ko‘proq tez-tez sakrash bilan davom etadi.
Sakrash. Sakrash turgan joyda va yugurib kelib, odamdagidek ikki oyoqda depsinish bilan bajariladi. Hujum zarbasini berish uchun sakrashdan oldin oyoqlar parallel holda 20-30sm masofada qo‘yiladi. Gavda bunday holatda oldinga engashadi, qo‘l yuqoriga siltab, o‘yinchi yuqoriga sakraydi. Bir oyoq depsinib sakrash kamdan-kam qo‘llaniladi.
To‘pni o‘yinga kiritish. To‘pni o‘yinga kiritig muhim texnik usullardan hisoblanib, nafaqat o‘yin boshlashga va ochkoni yutib olishga imkon beradi.
Albatta to‘p kiritish texnikasiga yuqorida qayd etilgan uslubiy ko‘rsatmalar vaziyatga, to‘p kiritish taktikasiga, o‘yinchining mahorati va imkoniyatiga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin. Zarba (hujum) texnikasi. Sakrab zarba bilan to‘pni urish yoki to‘siqchilarni chalg‘itish niyatida bir qo‘l bilan to‘pni raqib maydonchasini bo‘sh joyiga uzatish (o‘tkazib yuborish) o‘yin vaziyatining ochko olish bilan tugallanishiga yoki juda bo‘lmaganda raqib jamoani qayta hujum uyushtirishiga imkon bermaslikka qaratilgan bo‘lishi lozim.