Reja kirish I. Bob


Voleybol o‘yini texnikasi va taktikasi asosi



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə20/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish

Voleybol o‘yini texnikasi va taktikasi asosi
Voleybol o‘yini texnikasi haqida tushuncha. Voleybolning asosiy texnik usullari: turish, siljish, to‘pni o‘yinga kiritish, to‘pni uzatish, hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish. O‘yin taktikasi haqida tushuncha. Himoyada, hujumda yakkama-yakka harakatlanish, himoyada va hujumda guruh bo‘lib harakat qilish.Amaliy mashg‘ulot. Voleybol o‘yini texnikasini o‘rgatish. Turish holati. Voleybol o‘yini uchun xos, har xil siljishlar, to‘pni o‘yinga kiritish bilan qabul qilish. Ikkinchi uzatishni bajarish uchun dastlabki holatni qabul qilish. Siljish. O‘ngga, chapga, oldinga, orqaga, yonlama qadam tashlab, ikki qadam sakrab, siljishning har xil usullarini birga qo‘shib bajarish, siljishdan keyin to‘xtash. To‘pni uzatish. To‘pni ikki qo‘lda yuqoridan uzatish. To‘pni tagiga chiqish. To‘pni uzatishda oyoq, qo‘l, gavda holati va harakatining bir-biriga mosligi. Turgan joyda va harakatda bosh ustidan to‘p uzatish. Qatorda qarama-qarshi tomonga to‘p uzatish. Juft-juft bo‘lib siljish bilan to‘p uzatish. Shit va devor oldida to‘p uzatish, 6- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan 4- zonaga yoki 6- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan 2- zonaga to‘p uzatish. «To‘p havoda», «To‘p kapitanga» harakatli o‘yinlari, to‘pni uzatish bilan bajariladigan estafetalar. To‘pni pastdan uzatish (tanishtirish), qo‘l va oyoq, gavda holati. To‘p bilan bajariladigan tayyorgarlik mashqlari. To‘pni o‘yinga kiritish. To‘pni pastdan o‘yinga kiritish: to‘g‘ridan va yon tomondan (yon boshdan). To‘pni yuqoridan to‘g‘ri o‘yinga kiritish. Tik turish, to‘pni yuqoriga otish, gavda, oyoq, qo‘l holati. To‘pni yuqorida va ikki qo‘llab pastdan qabul qilish.Hujum zarbasini berish. 4 va 2- zonalarda to‘g‘ridan zarba berish. To‘r ustidan (balandligi 140- 200 sm.) sakrab to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab otish.
Yugurib kelib va turgan joyidan to‘r ustidan tennis koptogini uloqtirish, yugurish, sakrash, qo‘lni siltash va qo‘shish. Rezinali amortizatorga o‘rnatilgan to‘pga zarba berish. Sherigi tomonidan tashlangan to‘pga to‘r ustidan zarba berish.
To‘siq qo‘yish. 3, 2, 4- zonalarda (to‘rni balandligi 2 m-2.20 sm.) bir kishilik to‘siq qo‘yishga tayyorgarlik va yordamchi mashqlar berish. To‘rni yuqori chekkasiga olib qo‘yilgan to‘pga (to‘ldirma yoki voleybol) to‘rni oldida siljib, to‘xtab va sakrash bilan to‘pga qo‘l panjalarini tegizish. To‘r ustiga qo‘yilgan yengil rezinali to‘pga to‘siq qo‘yish.Hujumda yakkama-yakka taktik harakat. Birorta harakatni bajarish uchun dastlabki holatni egallashni bilish, to‘r ustidan to‘pni qaytarish usulini tanlash, to‘pni to‘r ustidan raqib maydonchasining mag‘lum zonasiga yo‘naltirish, to‘pni pastdan va yuqoridan o‘yinga kiritishni almashlab borish. Himoyada yakkama-yakka taktik harakat, to‘pni uchish yo‘nalishini imkoni boricha aniqlay bilish va o‘z vaqtida to‘pni qabul qilib olish uchun chiqish, o‘yin sharoitiga mos ravishda to‘pni yuqoridan va pastdan uzatishni qo‘llash, hujumda guruh bo‘lib harakat qilish. To‘pni o‘yinga kiritgandan keyin qabul qilish va birinchi uzatishni 3- zonaga, 3- zonadan 4- zonaga yoki 2- zonaga zarba berish uchun uzatiladi. 5,4,6 -zonadan to‘pni 3- zonaga birinchi uzatish va 2- zonaga ikkinchi uzatish, 2-zonadan to‘r ustidan oshiriladi. To‘pni 6- zonadan 2- zonaga, 2- zonadan 3- zonaga, 3- zonadan to‘r ustidan oshiriladi.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin