Kurs ishning dolzarbligi. Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish va yosh sportchilar deganda avvalo umumta’lim maktablardagi sport to‘garaklari va sport maktablardagi kichik yoshli guruhlarda shug‘ullanuvchi o‘g‘il - qizlar va bolalarni tushunamiz.Ularda asosan maxsus jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlar darajasini oshirish va maxsus mashqlarni o‘rgatish asosiy dolzarb masala bo‘lib qoldi. Tabiiyki bunday tarbiyaviy jarayonlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bunda murabbiyning iste’dodi, tajribalari muhim o‘rin egallaydi.Jismoniy sifatlarni (kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va hokazo) tarbiyalashda maxsus mashqlarni o‘rgatish asosiy o‘rin tutadi. Shu yo‘lda umumta’lim maktablarning sport to‘garaklari va majmuani (kompleks) sport tablardagi mashg‘ulotlarda maxsus mashqlardan foydalanish usullarini o‘rganish va ularga ba’zi tavsiyanomalar berish vazifalar qo‘yiladi. Bunda viloyatlardagi maktablar, BO‘SM asosiy makon (ob’ekt) bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, sport mashg‘ulotlaridagi amaliy faoliyatlarni o‘rganishda kuzatish, suhbat tekshirish (eksperiment) kabi an’anaviy usullardan foydalaniladi.
Kurs ishining qaqsad va vazifalar. Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish va e’tirof etish zarurki, har bir sport turida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalaniladi.Ularda asosan jismoniy tayyorgarlikdarajasini oshirish va maxsus mashqlarni ( sport turlariga qarab) o‘rgatish asosiy maqsad hisoblanadi.Shug‘ullanuvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun beriladigan maxsus mashqlar ularning yosh xususiyatlariga va jismoniy sifatlarning qulay yosh davrlariga qarab tanlanishi va rivojlantirishi juda muhim o‘rin egallaydi.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 3 ta bob, 6 ta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishi 67 betdan iborat matnda bayon qilingan. Adabiyotlar ro‘yxati 20 ta manbani o‘z ichiga oladi va internet saytlari.