Reja kirish I. Bob


Umumrivojlantiruvchi mashqlar



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə9/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish

Umumrivojlantiruvchi mashqlar
1. Qo‘llarni gorizontal va vcrtikal yo‘nalishlar bo‘yicha chal-kashtirib harakatlantirish.
2. Juftlikda. Sherigining qarshiligi bilan qo‘llarni oldinga-yuqo­riga va yondan-yuqoriga ko‘tarish mashqlari.
3. Rezinalar va prujinali amortizatorlar bilan qo‘llarni oldinga-yuqoriga, yonga-yuqoriga ko‘tarish mashqlari.
Tayyorlov mashqlari
1. Turgan joydan va oldinga tashlanib toidirma to‘pni ikki qo‘llab pastdan oldinga-yuqoriga irg‘itish. Huddi shunday yon tomonga tashlanib bajarish.
2. Huddi shunday faqat qadam bilan; yugurib; ikki qadam qilib; sakrab.
Yaqinlashtiruvchi mashqlar
1. Dastlabki holatlarga o‘rgatish.
2. Turgan joyda; oldinga va yonga tashlanib; qadamlab; yugurib; sakrab harakatlanishlardan so‘ng to‘pni qabul qilishni imitatstiya qilish.
3. Ilib qo‘yilgan to‘pni qabul qilish. To‘p bel barobarida ilib qo‘yiladi. Dastlab turgan joydan, so‘ngra oldinga, yonga tashlanib to‘pni qabul qilish.
4. Sherigi tashlab bergan to‘pni qabul qilish. To‘p turli balandlik va yo‘nalishlarda tashlab beriladi.
5. Xuddi shunday mashqni to‘r ustidan bajarish. Masofa - 3—4 m.
6. O‘yinga kiritilgan to‘plarni qabul qilish.
Texnika bo‘yicha mashqlar
1. Juftlikda to‘p uzatishlar.
2. Turli traektoriyalar va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘p uzatishlar.
3. To‘r ustidan to‘p uzatishlar. Masofa va traektoriyalari turlicha.
4. To‘rning turli qismlaridan qaytgan to‘pni qabul qilish.
5. Turli usulda (dastlab pastdan-to‘g‘ridan) o‘yinga kiritilgan to‘plarni qabul qilish.
To‘pni pastdan qabul qilish raktikasi.
To‘pni pastdan qabul qilishni o‘rgatishdan oldin 2 qo‘l bilan to‘pni qabul qilish va uzatishni shug‘ullanuvchilar bilishi kerak.
To‘pni pastdan ikki qo‘l bilan qabul qilishni o‘rgatish uchun mashqlar.

  1. Shug‘ullanuvchilar bir-biriga qarashib sherengada turishib to‘pni pastdan qabul qilishni imitastiya qilish.

  2. Shug‘ullanuvchilarni qarama-qarshi turg‘izib oralig‘i 3-4 m. Undan keyin bir o‘yinchi to‘pni sherigiga tashlaydi. Sherigi esa to‘pni pastdan ikki qo‘l bilan qabul qilib sherigiga qaytaradi. Bu mashqni bajarayotgan uni qiyinlashtirishi mumkin. Masalan, tashlayotganda tezligini, balandligini, chap yoki o‘ng tomon tashlash mumkin.

  3. Dastlabki holat shu. Bir o‘yinchi to‘pni polga uradi. Sakrab chiqqan to‘pni sherigi ikki qo‘l bilan pastdan qabul qiladi va yana sherigiga to‘pni pastdan 2 qo‘l bilan uzatadi.

  4. Shug‘ullanuvchilar to‘pni pastdan qabul qilib maydon bo‘ylab harakatlanishadi. Bu mashqdan maqsad to‘pni iloji boricha o‘zi tomonga tashlash.

To‘pni pastdan qabul qilishdagi xatolar.

  1. Maydon bo‘ylab harakatlanayotganda – to‘pga o‘z vaqtida chiqa olmasligi yoki uchib ketayotgan to‘pga yaqinlashib dastlabki holatni qabul qila olmasligi.

  2. Dastlabki holatdagi xatolar – gavda haddan tashqari oldinga egilib qolgan, qo‘lni tirsak bo‘g‘ini bukilgan bo‘lsa.

  3. To‘p urilganda esa qo‘l panjasiga tegib boshqa tomonga ketib qolishi.

To‘pni pastdan qabul qilishni takomillashtirish mashqlari.

  1. O‘yinchi ikki qo‘li bilan to‘pni o‘zini tepasiga tashlab, o‘zi shu to‘pni ikki qo‘l bilan qabul qilishi.

  2. O‘yinchi ikki qo‘li bilan to‘pni polga urib qaqchigan to‘pga etib olib, to‘pni pastdan qabul qilishga dastlabki holatni egallash, to‘pni qabul qilish.

  3. Devor oldida turib, devordan qaytgan to‘pni qabul qilish. Devorga qarab to‘pni urib, qaytgan to‘pni qabul qilish. Devordan masofa taxminiy va qabul qilishni hisobga olgan holda devorga yaqin yoki uzoq turiladi.

  4. To‘pni pastdan qabul qilish texnikasi o‘rganilgandan keyin dumalab yoki ko‘krakka yiqilib to‘pni qabul qilishga o‘rgatish mumkin.

Hujumda o‘yin texnikasi to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan usullardan tashkil topadi. Birinchisiga tik turish, siljish va sakrashlar, ikkinchisiga – to‘pni uzatish, oshirish, hujumlar zarba va (fint) aldamchi harakatlar kiradi.
Turish. Texnik usulni yaxshi bajarish uchun o‘yinchi ko‘proq, “tayyor turishi” deb ataladigan qulay vaziyatda turadi. Hujum harakatida ko‘proq qulay bo‘lgan vaziyat yuqori tik turish bo‘lsa, himoya esa ko‘proq past holda turiladi. Hujum harakatida ko‘proq qulay bo‘lgan vaziyat yuqori tik turish bo‘lsa, himoyada esa ko‘proq past holatda turiladi. Tik turish qulay start holat vujudga keltiradi, keyinchalik undan kerakli yo‘nalishiga siljishni engil bajariladi.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin