Reja kirish I. Bob


Himoya texnikasi. To‘pni qabul qilish texnikasi



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə6/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish

Himoya texnikasi. To‘pni qabul qilish texnikasi.
To‘pni qabul qilish – bu o‘yinchi o‘z maydonchasida to‘pni qoidaga binoan erga tushishiga qarshi qo‘llaydigan harakat malakasidir. To‘pni qabul qilish turli usullarda va o‘ziga xos texnik tartibda ijro etiladi.
Pastdan ikki qo‘l bilan qabul qilish. Zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri bo‘lib, dastlab tez va aniq to‘pni yo‘nalishiga qarshi chiqish tana og‘irlik markazini pastroq tushirib (oyoqlarni tizza qismidan bukilishi hisobiga), pastdan ikki qo‘lni to‘g‘ri yozilgan va jipslangan ikki qo‘lni pastdan-yuqoriga, oldi tomonga qarab harakatlanishi asosida ijro etiladi.
Qo‘l harakati oyoqlarning tizza qismidan yozilishi va tana og‘irlik markazining ko‘tarilishi bilan mos kelishi kerak. Qabul qilingan to‘pga yo‘nalish berish qo‘l, oyoq va gavdaning bir-biriga mos bo‘lgan harakati orqali amalga oshiriladi. Qo‘llarning bilak qismidan tirsak qismigacha to‘p qabul qilish chegarasi hisoblanadi.Pastdan ikki qo‘l bilan to‘pni qabul qilish texnikasi, ya’ni mazkur malakani ijro etishda tana og‘irlik markazini baland-pastligi, oyoqlarning tizza qismidan bukilish burchagini katta-kichikligi, gavdani bir oz oldinga egilishi va vertikal ravishda bo‘lishi, yiqilib qabul qilishlar o‘yin vaziyatiga – o‘yinga kiritilgan to‘pni yoki hujum zarbasining kuch-tezligiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.Pastdan bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish. To‘p o‘yinchidan uzoqroq (ba’zida balandroq) yo‘naltirilgan bo‘lsa (tushadigan bo‘lsa) amalga oshiriladi. Buning uchun harakatlanishni so‘ngida (yoki joydan turib) oxirgi qadam keng qo‘yiladi, tizzalar bukiladi, tana og‘irlik markazi pastroq tushiriladi, gavda to‘pga karama-qarshi «joylashadi». Agar mazkur malaka yordamida to‘pni qabul qilish imkoniyati bo‘lmasa, unda «uzun» qadam tashlanib, yon tomonga yarim oval shaklida egilib to‘p tomon tashlanadi.
To‘p bilan qo‘lni «uchrashuvi» arafasida tana er bilan parallel darajaga kelgan holda sirpanib «qo‘niladi». Shuni ham eslatib o‘tish o‘rinliki, ayrim hollarda so‘nggi qoidaga binoan to‘pni «olish» imkoni bo‘lmay qolsa, uni qabul qilish oyoqning istalgan qismi bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin