To‘siq qo‘yish texnikasi. To‘siq quyish – bu raqib o‘yinchisi tomonidan uzatilgan yoki zarba berilgan to‘p yunalishini to‘sish, unga qarama-qarshi «jonli devor» tashkil kilishdir. To‘siq quyish asosiy himoya vositasi bo‘libgina qolmay, balki mazkur to‘siq yordamida ochko olish imkoniyati ham mavjud bo‘lishi mumkin. Demak, o‘z navbatida to‘siq qo‘yish hujum tizimiga ham mansubdir. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi dastlab oyoqlarini elka kengligida joylashtiradi, oyoqlar tizza qismidan xiyol bukilgan bo‘ladi, qo‘llar tirsak qismidan bukilgan bo‘lib, panjalar yoyilgan shaklda bo‘ladi. To‘pni yo‘nalish joyiga qarab harakatlantirgandan so‘ng (ba’zida turib) oyoqlar tizza qismidan birozgina bukilib, shiddat bilan yoziladi va qo‘llarning faol harakati bilan sakrab, to‘p kengligida to‘siq qo‘yiladi. «qo‘nish» - oyoqlarni amortizastion bukilish hisobiga amalga oshiriladi. To‘siq qo‘yishda sakrash jarayoni raqib hujumchisining sakrash vaqtidan bir oz kechroq boshlanishi maqsadga muvofiqdir.To‘siq qo‘yish yakka holda va guruh bo‘lib ijro etilishi mumkin. Guruh ishtirokida to‘siq qo‘yish to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarning qo‘llari orasidan to‘p o‘ta olmasligini ta’minlashi zarur.To‘siq qo‘yishda raqib tomonidan uzatilgan yoki zarba bilan uriladigan to‘pning bo‘lajak yo‘nalishini fahmlash va shunga yarasha munosib joy tanlash mazkur malakaning ijobiy yakunlanishida g‘oyat katta ahamiyatga ega. Voleybolchilar jismoniy sifat va ijrochilik mahoratining o‘zaro aloqasida mukammal darajaga intilishlari lozim. Ularning butun fikr-zikri jismoniy sifatlardan shunday asos yaratishga qaratilishi lozimki, bu sifatlar bora-bora o‘yin texnikasining takomillashuviga imkon bersin. Shu o‘rinda aytish lozimki, yutuk gavda tufayli emas, balki o`yin texnikasi hamda mantiqiy idroki bilan o`ynash tufayli voleybolchilar, Vatanimiz peshqadamlari darajasiga erishishlari lozim.
Mashhur sportchilardan biri shunday digan edi : “Atletizmning bilmasligi yoki etishmasligi texnik mahorati va o`yinni jamoaviy taskil etishdagi yutuqlar bilan to`ldiriladi. Biroq, atletizmni ehtiyot qilmaslik, uning muhimligini tan olmaslik murabbiuyning eng yomon xatosi bo`lur edi”.
Ikki yoki bir qo‘llab pastdan uzatish (qabul qilish) texnikasi ma’ruzaning «himoya texnikasi» qismida yoritiladi. To‘pni o‘yinga o‘yinga kiritish texnikasi. To‘pni o‘yinga kiritish – o‘yinni boshlash yoki dovam ettirish vositasi bo‘lsada, u ayniqsa, so‘nggi yillarda, hujum texnikasi tizimida g‘alaba (ochko) keltiruvchi asosiy malakalarga aylanibbormoqda. To‘pni uyinga kiritish bir necha turlardan iborat: to‘rga nisbatan to‘g‘ri turib pastdan va yukoridan to‘p kiritish; to‘rga nisbatan yon tomon bilan turib pastdan va yuqoridan to‘p kiritish; yuqoridan to‘g‘ri va yon tomon bilan turib to‘pga umuman aylanma harakat bermasdan (planiruyuhaya podacha) to‘p kiritish.
Pastdan to‘g‘ri turib to‘p kiritishda o‘ng qo‘l erga nisbatan perpendikulyar ravishda orqaga siljitilib, so‘ng irg‘itilgan to‘pni shiddat bilan oldinga-balandga uriladi.
Psixologik tayyorgarlik. Psixologik tayyorgarlik o‘yinchilarda yuqori darajadagi iroda kuchini tarbiyalashga qaratilgan. Butun o‘quv–mashg‘ulot jarayoni esa shu fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Maxsus psixologik tayyorgarlik sportchidan aqliy qobiliyatning rivojlanishini, qiziquvchanlikni, sharoitni tanqidiy baholay olishni o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘ri tahlil qila bilishni talab qiladi. Bu sifatlar tegishli maxsus bilim va ko‘nikma kompleksini egallash uchun zarurdir.