Himoyada guruh bo‘lib taktik harakatlanish Zarba berayotgan o‘yinchini muhofaza qilish. Noqulay sharoitda to‘pni uzatishni bajarayotgan yoki raqibdan to‘pni qabul qilib olayotgan o‘yinchini muhofaza qilish.Texnika va taktika bo‘yicha o‘tilgan materiallar asosida mag‘lum topshiriqlar bilan o‘quv mashq o‘yini. Nazorat o‘yini, musobaqani borib ko‘rish. Nazorat o‘yinlari oldidan o‘yinchilarga ko‘rsatma berish va o‘tkazilgan o‘yinni taxlil qilish. Bo‘ladigan o‘yinga topshiriq berish, jamoa o‘yinini taktik rejasi va alohida o‘yinchilarga vazifa berish. O‘tkazilgan o‘yinni va taktik reja bajarilishini tahlil qilish. O‘yindan xulosa qilish.Amaliy mashg‘ulot. Boshqa maktab o‘quvchilari, bolalar va o‘smirlar sport maktabining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari bilan nazorat o‘yinlarini o‘tkazish. Tuman, shahar, viloyat birinchiligi musobaqalarini borib ko‘rish.
To‘pni yuqoridan uzatishga o‘rgatish Juftliklarda to‘p uzatish – oldingi darslardagi topshiriqlar. O‘z ustidan oshirib uzatish, 360 ga burilish va sherikka uzatish.
O‘yinchilar 5-darsdagi 5-mashg‘ulotdagidek joylashadi. Mashq xuddi o‘shanday, biroq maydonning har ikkala yarmida bajariladi. 4 zonada o‘yinga to‘pni to‘r ustidan 6-zonaga yo‘naltiriladi, bu yerda o‘yinga to‘pni qabul qilib, 3-zonaga yo‘llaydi va sherikka to‘r ustidan oshirilgandan keyin o‘yinchi qarama-qarshi maydonchaga 6-zonaga o‘tadi.
Yuqoridan to‘g‘ri uzatishga o‘rgatish: Yon chiziqdan qoidaga amal qilgan holda, to‘pni maydon doirasida o‘yinga kiritish (oshirishni 5 sekund) davomida bajarish.
O‘yinchilar o‘qitish joyiga chiqishda murabbiy yoki ustoz xushtagidan keyin (maydonning boshqa yarmida yordamchilar) uzatishni bajaradi. Bo‘sh o‘yinchilar maydonchada joylashib, to‘pni qabul qiladi. Yuqoridan ikki qo‘llab oladi, keyin navbat kutayotganlarga kelib qo‘shiladi va keyin uni o‘z navbatida maydonda navbat kutayotganlarga beradi.