Reja kirish I. Bob



Yüklə 493,32 Kb.
səhifə23/30
tarix25.09.2023
ölçüsü493,32 Kb.
#148596
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish

III. Bob. Voleybol o‘ynash texnikasini takomillashtirish metodlari

    1. Voleybolchilarning taktik tayyorgarligini yaxshilash

Taktik tayyorgarlik. Raqib jamoasi ustidan g‘alaba qozonishda jismoniy va texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va ustalik bilan foydalana bilish, ya’ni taktika katta ahamiyatga ega. Taktika ko‘p holatlarga; texnikani bilish va undan foydalanish, o‘z kuchini o‘yin vaqtida to‘g‘ri tasdiqlay olish, musobaqa shart-sharoitlarini nazarda tutish, qoidani izohlash sheriklari va raqiblarining harakatlarini to‘g‘ri baholash va boshqalarga bog‘liq. Sport kurashini to‘g‘ri tashkil qila bilish muntazam o‘rganiladigan san’atdir. Ana shuning uchun ham mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar strategiya va taktikaga oid kompleks bilimni egallab, juda ko‘p mahorat va malakalarni o‘zlashtiradi.
Psixologik tayyorgarlik. Psixologik tayyorgarlik o‘yinchilarda yuqori darajadagi iroda kuchini tarbiyalashga qaratilgan. Butun o‘quv–mashg‘ulot jarayoni esa shu fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Maxsus psixologik tayyorgarlik sportchidan aqliy qobiliyatning rivojlanishini, qiziquvchanlikni, sharoitni tanqidiy baholay olishni o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘ri tahlil qila bilishni talab qiladi. Bu sifatlar tegishli maxsus bilim va ko‘nikma kompleksini egallash uchun zarurdir.
Murabbiy, ayniqsa, sportchiga tusobaqaga mayyorlanishda ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan psikaning emotsional xususiyatlarini tarbiyalashga alohida e’tibor berish kerak. Voleybol o‘yinlari ham boshqa sport turlari kabi murakkab hisoblanadi, chunki o‘yinchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishlari uchun, texnik va taktik tayyorgarlik ko‘rishlari lozim va hafta 9-12 soat mashg‘ulotga qatnashish natijasida voleybol o‘yin sirlarini, qoidalarini, tezda hujumga o‘tib, himoyaga qaytishni o‘zlarida mujassam qiladilar.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy tayyorgarlik haqida tushuncha. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning vazifasi: jismoniy sifatlarni (tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik) rivojlantirish, harakat malakalarini takomillashtirish, shug‘ullanuvchilarni «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorini topshirishga tayyorlash.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi: gimnastika va yengil atletika mashqlari, sport va harakat o‘yinlari, suzish va boshqalar. Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar Cho‘qqayib o‘tirish, cho‘qqayib o‘tirgan holatdan yuqoriga sakrash, yarim cho‘qqayib o‘tirish, turgan joyda bir oyoqda, ikki oyoqda va harakatda yuz bilan oldinga, yon tomonga, orqa bilan oldinga sakrash. Gimnastik kondan pastga qarab sakrash, osib qo‘yilgan to‘pga, bir va ikki oyoqda depsinib sakrab qo‘lni tegizish. Arg‘amchida sakrash.

Yüklə 493,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin