Voleybolda o‘yin texnikasi deganda, o‘yin jarayonida voleybolchilar tomonidan usullarni maqsadga muvofiq qo‘llash tushuniladi. Himoya va hujumda o‘yin texnikasi farqlanadi.
O‘yin taktikasiga quyidagi ketma – ketlikda o‘rgatiladi: individua harakat qilish taktikasi, so‘ngra guruhli va jamoaviy .
Shug‘ullanuvchilarda o‘rgatish jarayonida bilim va malakalarni tarbiyalash zarur:
O‘yin sharoitida yo‘nalishni aniqlashni bilish, diqqat bilan kuzatish va o‘yin holatini esda saqlab qolish zarur. Bu qobiliyatni siljishda mashqni qo‘llash yo‘li bilan texnikani o‘rganish davrida boshqa harakatlarni birga qo‘shib bajarishda tarbiyalanadi.
Ushbu o‘yin sharoitda eng ko‘p maqsadga muvofiq bo‘lishi, ularni amalga oshirishda to‘g‘ri usulni tanlash, ayrim usullarni qo‘llashni bilish.
Sherigi bilan o‘zaro harakat qilish malakalari. O‘yinni olib borish malakalarini egallashda alohida ahamiyatga ega: o‘yin ritmi, o‘zaro almashinish hujumda va himoyada eng ko‘p samarali o‘ynaydigan o‘yinchiga o‘tkazish va boshqalar.
Ayrim usullarni taktikasini o‘rganishni texnikani o‘rganish bilan paralell ravishda olib boriladi. Masalan, to‘pni oshirish taktikasini bir vaqtda to‘pni uzatish texnikasini o‘rgatish juda ham foydali bo‘ladi.
Birinchi taktik vazifani shug‘ullanuvchilarni egallashi oldida turadi. Uni nafaqat to‘pni oshirishni o‘zini texnikasini egallagandan keyin biroq uzatish texnikasini o‘rganish bilan shug‘ullanish lozim
Juft – juft bo‘lib mashq bajarganda uzatilgan to‘pni qabul qilib oluvchi dastlab 6 zonaga joylashadi so‘ngra ketma – ket 1,2,5,4 va nixoyat 3 zonada joylashadilar. To‘pni uzatuvchi to‘pni uzatuvchi to‘rni ustidan shunday oshiradiki, chunki uni qabul qilish uchun minimum siljash talab qilinsin.
Keyingi mashqlar oshirgan to‘pni qabul qilib oluvchi musiaqil ravishda joyni egallaydi. Shu bilan birga to‘pn oshiruvchini oldiga quyidagi vazifa qo‘yiladi: oshirilgan to‘pni qabul qilishni qiyinlashtirish. Ana shu maqsadda qabul qiluvchiga ikki zonada uzatishni 4 va 5, 3 va 6, 2 va 1 bajarishga vazifa beriladi, oshiruvchi esa oshirilgan to‘pni qabul qilishni qiyinlashtirish uchun eng ko‘p samarasini topadi.
Takomillashtirish bosqichida bu mashqni musobaqa elementlariga -------- mumkin: masalan, raqib o‘nta imkoniyatni muvoffaqiyatli bajarib maksimal ochko to‘plashi shart (agarda yoki qachonki oshirilgan to‘pni qabul qila olmasa yoki qoniqarsiz qabul qilgan bo‘lsa).
Huddi shunday printsip bo‘yicha – oddiy sherigini yoki raqibini harakatidan ularni murakkablashtirishgachan voleybolchini yakkama – yakka barcha harakatini o‘rganadi. To‘pni uzatishda tashqarisini tashkil etadi. Bu erda -------- o‘yinchilarni yakkama – yakka tirishishini sherigini qiyinchilik harakati uchun eng yaxshi sharoitni yaratishga yo‘naltiriladi.
Voleybol о’yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham ximoyada ham shax turish va siljish, tо’pni uzatish va qabul qilib olish, tо’pni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, tо’pning yо’lini tо’sish kabilar mavjud. О’yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol о’yini davomida о’yinchi maydon bо’ylab xarakatda bо’ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad tо’pni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir.
О’yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor bо’lib turishidir.
О’yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan bо’ladi. Qо’llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bо’lishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u о’yining borishiga qarab о’zgarib turadi. Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bо’lsa, о’yincha ancha egiladi, otayotganda tо’g‘rilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon bо’ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon bо’ylab tez siljish va yо’nalishini birdan о’zgartirib) yurishi mumkin. Oxirgi yugirish qadami uzun bо’ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, yо’nalishini о’zgartirish mumkin.
Tо’pni uzatish. Bu – о’yinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib tomoniga uzatilgan tо’pni о’zaro о’tkazish usuli bо’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, tо’pni oldinga, yuqoriga va orqaga о’tkazish usullari ham mavjud.
Tupning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bо’ylab uzun qо’lni maydonga qisqa va о’z maydoniga о’ta qisqa uzatishlar ham qо’llaniladi. Tо’pni uzatish balandligiga qarab past (tо’rdan 1 mert yuqori), о’rta (2 metrgacha), va undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga kо’ra yaqin (0,5 mertdan kam) va uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bо’linadi.
Tо’pni ikki qо’llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir. О’yinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qо’llarini oldinga chiqarib kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.
Tо’p yaqinlashganda oyoqlar tо’g‘rilanadi va gavda kо’tariladi. Qо’llar chuziladi va tо’p qabul qilishga tayyorlanadi. Qо’l gavda va oyoq harakatlari о’zaro muvofiqlanadi. Bu esa tо’pni tegishli joyga borish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bо’lib, unda tо’p ikki qо’llab yuqoridan, bir qо’llab yuqoridan, ikki qо’llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu usullar о’yinda kamroq qо’llaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi tо’pni tez va aniq uzatishini hamda yо’nalishi bо’yicha zarb berishni urganishi zarur.