O‘yin texnikasini tasnifiy tarkibiva uning mazmuni.
Voleybolda o‘yin texnikasi o‘ziga xos tasnifga ega bo‘lib, u bir necha turkumdan tarkib topadi. O‘yin texnikasining tasnifi «hujum texnikasi» va «himoya texnikasi» kabi turkumlarga bo‘linadi. Ular esa o‘z navbatida yuqoridan pastga qarab bir-biriga bo‘ysundirilgan kichik turkumlardan tashkil topadi.Hujum texnikasiga holat va harakatlanish, uzatish, to‘pni o‘yinga kiritish va zarba texnikasi kiradi.
Himoya texnikasi esa holat va harakatlanish, to‘pni qabul qilish va to‘siq qo‘yish texnikasidan iborat.
Holat va harakatlanish texnikasi. O‘yinda ro‘y beradigan vaziyatlarga qarab o‘yinchi holati turlicha bo‘lishi mumkin.Jangovor holat – har qanday yo‘nalishdagi harakatlanishga yoki vaziyatga munosib o‘yin malakasini darhol bajarishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda o‘yinchi oyoklarining tayanch sathi deyarli katta bo‘lmaydi, ya’ni salgina oyok uchida turiladi, oyoqlar tizza bo‘g‘imlarida birozgina egilgan bo‘lib, tana hiyol oldinga intilgan bo‘ladi. Vaziyatga qarab «jangovor» holat uch turda ijro etilishi mumkin.
Turg‘un holat – bir oyok ikkinchi oyokdan bir oz oldinga joylashadi, tizzalar bukilgan, gavda bir oz oldinga egilgan, qo‘llar tirsak-engak sathigacha ko‘tarilgan bo‘ladi.Asosiy holat – ikki oyok bir-biridan 20-30 s oralig‘ida parallel joylashgan bo‘ladi. O‘yinchi og‘irligi tizzalar bukilgan ikki oyoqqa teng taqsimlangan bo‘lib, gavda oldinga intilgan, tirsaklar bukilgan holda qo‘llar gavda oldida joylashgan bo‘ladi.
O‘zgaruvchan holat – yuqorida qayd etilgan u yoki bu holatlarning texnik nusxasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
Harakatlanishlar – turli usullarda amalga oshiriladi: yurish, yugurish, siljish, hatlash.Uzatish texnikasi. To‘p uzatish voleybolda asosiy o‘yin malakalaridan biri bo‘lib, shu uyin bilan bog‘lik bo‘lgan barcha texnik-taktik faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi yagona vositadir.
Uzatish – hujum texnikasiga mansub bo‘lib, uni ma’lum vaziyatda taktik mahorat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etish ochko olish imkonini berishi mumkin.
To‘p uzatish – nemis mutaxassisi M.Fidlermi (1970) izohiga binoan – bir vaktni o‘zida bajariladigan ikki harakat malakasidan iborat bo‘ladi. Birinchi «jangovor» holatdan gavdani og‘irlik markazini bir oz pastga tushirish, ya’ni oyoklarni tizza kismidan salgina egilishidan to to‘pni qabul qilishgacha bajariladigan malaka. Bu malaka himoya texnikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar to‘p maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ma’lum o‘yinchiga aniq etkazib berilsa, bu uzatish deb yuritiladi va hujum texnikasiga kiradi.
Xulosa O‘quvchi va talabalarni Voleybolchilarning harakatlarini tahlil qilish voleybol sportiga yo‘naltirish va saralash tadbirlarini uslubiy jixatdan to‘g‘ri tashkil etish, voleybol bo‘yicha yuqori malakali sportchilar tayyorlash vazifalari bajariladi. Sport turlariga bolalarni yo‘niltirish va saralashda ularning shaxsiy qiziqishlari hamda jismoniy qobilyatlarini etiborga olish muxim ahamiyatga ega. Bolalarni voleybol sportiga 12-14 yoshdan yo‘naltirish mumkin. Yosh voleybolchilarni dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlari ularni voleybolchilarga muvofiq bo‘lgan jismoniy fazilatlari tezkorlik, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Voleybol o‘yini texnikasi va taktikasining asosiy shakllari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar egallanishi uchun tayyorgarlik olib borilishi kerak. Asosan voleybolchining sakrash, yugurish, o‘tirish va tishlanish harakatlari hamda o‘yinga to‘p kiritish, to‘p qabul qilish, to‘p uzatish harakatlari texnikasi o‘rgatiladi. Taktik harakatlardan voleybol o‘yinida ishtirok etish, soxta harakatlar, fintlar bajarish bo‘yicha malakalar hosil qilinadi. Yosh sportchilarning trenirovka mashg‘ulotlari davrlarga bo‘linib tashkil etiladi. Tayyorlov davrida yosh voleybolchilar voleybol o‘yini texnika va taktikasi elementlarini egallab boradilar, jismoniy fazilatlari rivojlantiriladi. Shu bilan birga yosh sporchilarda ma’naviy, axloqiy hamda ruhiy iroda tayyorgarligi tashkil etiladi. Tayyorlov davri musobaqalar boshlangunga qadar olib boriladi. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda ularni psixologik sifatlarini ham parallel tarzda shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, voleybol o‘yinida yoki o‘yinning ayrim vaziyatlarida muvaffaqiyatga erishish barcha sifat, mahorat va qobiliyatlarni yuqori taraqqiy etganligi bilan bir qatorda tez fikrlash, tahlil qilish, farqlay bilish, to‘g‘ri baholash, diqqat, xotira, oldindan sezish (ansipatsiya), iroda, zukkolik hamda «ayyorlik» xislatlarining shakllangan bo‘lishini talab qiladi.Iste’dodli yosh voleybolchilarni tayyorlash samaradorligi ko‘p jihatdan sport to‘garaklari va sport maktablariga qabul qilishda tanlov jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi.«Tanlov» – ko‘p yillik jarayon bo‘lib, o‘z ichiga dastlabki tanlov, qayta tanlov (guruhdan guruhga o‘tkazishda saralash), o‘yin funksiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish, jamoa tarkibiga tanlov asosida qabul qilish kabi bosqichlarni kiritadi.O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq-testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi.Har bir murabbiyni sport to‘garagi va sport maktablarida o‘quv-trenirovka jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishi uchun shug‘ullanuvchi bolani ta’lim olayotgan maktabi, o‘qituvchilari va ota-onalari bilan hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, murabbiy mashg‘ulotlarni samarali olib borishi, shug‘ullanuvchi bolaning mashqlarni o‘zlashtirishi, uni mahoratini shakllanishi shu bolani maktab va uydagi ahvoli, kayfiyati, dunyoqarashi, qiziqishi hamda xislat va boshqa omillarga bog‘liqdir.
Ma’lumki,shug‘ullanuvchibolanio‘quv-trenirovkajarayonidamashqlarni onglitushunganholdaijroetishi,yuklamaniqandayijroetayotganliginisezishi, malaka va ko‘nikmalarni hamda o‘yin sirlarini mukammal o‘zlashtira olishi ko‘p jihatdan uning nazariy-intellektual tayyorgarligiga ham aloqadordir. Demak, har bir murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan bola haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi, shu bolani nafaqat malakali sportchi qilib yetishtirishga yordam beradi, balki ma’naviy-madaniy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim ro‘l o‘ynaydi.