1
REJA
KIRISH………………………………………………………………………2-3
I - BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy
diplomatik munosabatlari
1.
XVI - XVII asrlarda Xiva xonligi va Rossiya munosabatlar………………4-12
2.
XVIII asrda Xiva xonligining Rossiya bilan diplomatik munosabatlar……13-20
II-BOB. Xiva xonligining Rossiya tamonidan zabt etilishi va uning oqibatlari
2.1
XIX asr davomida Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida
munosabatlarning
keskinlashuvi…..…………………………………………………………21-24
2.2
Xiva
xonligi
va
Rossiya
aloqalarining
manbashunosligi
va
tarixshunosligi…………………………………………………………….25-28
Xulosa………………………………………………………………………...29-30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………31
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Xiva xonligi va Rossiya podsholigining aloqalari
qadim davrlarga borib taqaladi. Xonlik tashkil topmasdan oldin ya’ni faqatgina
Xorazm davlati davrida ham aloqalar olib borishgan. Hozirgi kunda xonliklar
tugatilib, umumiy bir yakdil davlat Mustaqil O’zbekiston
Respublikasi tarkibiga
kiribdiki, aloqalar Rossiya federattsyasi bilan ko’p tamonlama olib borilmoqda.
Shunga asoslanib magistrlik dissertatsiya mavzusi tanlab olindi. Mustaqil
O’zbekiston va Rossiya Federattsiysi o’rtasidagi aloqalar hozirgi kunda ham
davlatimiz uchun muhimligi va azaldan ikki davlat o’rtasidagi aloqalar turli
davrlarda turli xil ko’ronishlarda davom etganligi
bu mavzuning dolzarbligini
tashkil qilai. Sababi shuki, ikki davlat o’rtasidagi dastlabki aloqalarini bilmay turib,
ko’r-ko’rona aloqalar qilib bo’lmaydi. Ko’r-ko’rona aloqalar davlatimiz
havfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ma’lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida Xiva xonligi vujudga kelgan.
Mazkur tadqiqotda XVI-XX asr boshigacha Xiva xonligining Rossiya bilan
diplomatik aloqalari masalasi o’rin olgan. Rossiya imperiyasining Turkistonni
dastlab josuslik yo'li bilan uzoq yillar o'rganib
chiqishi, so'ngra o'ta jirkanch
usullardan foydalanib uni zabt etishi, nihoyat, mustamlakachilik sirtmog'ining o'lka
bo'yniga solinishi kabi tarix haqiqati O rta Osiyo xalqlaridan sir tutilib kelingan edi.
Chunki xalqimiz undan xabardor bo'lganda, o'z-o'zidan Sho'ro imperiyasining
mustamlakachilik qiyofasi ochilib qolgan bo'laradi.
«O’rta Osiyoning bosib olinishi» iborasi unga tamomila qarama-qarshi ibora,
ya'ni «qo'shib olinishi» qabilida talqin etildi. Tarixchi olimlar tarix haqiqatiga zid
ish qilib, «o'lka qo'shib olingan» iborasini qo'llab, uni ko'r-ko'rona soxtalashtirdilar.
Natijada bu g'oyani rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Shu davr mobaynida keng
hajmli, ammo zamini bo'sh «ilmiy» risolalar, monografiyalar uzluksiz chiqib turdi.
Bunday holat 80- yillarning oxiriga qadar davom etib,
milliy ong, mustaqillik
kO’rtak yoza boshlagandan keyingina to'xtadi. Yurtimizning fidoyi davlat arboblari,
olimlar, shoir va adiblar zuravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi
podshohlik Rossiyasi o'rnatgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy
o'lkalarni ezish va talash, madaniyati va ma'naviyatini
oyoq osti qilishning
takomillashgan shakli ekanligini teran faxmlar edi. Sobiq sho'ro saltanati yillarida
eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo'lgan tariximiz
soxtalashtirildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: «O'zbekistonning, o'zbek
xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-
yo'qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O'zgalar yozib
bergan tarixni o'qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o'ziga qaram bo'lgan
xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g'ayratlarini
Turkistonning o'tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar.
3
Tarixdan judo bo'lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo
bo'lish-hayotdan judo bo'lish demakdir»,- deb juda o'rinli o'qtirgan edilar. XIX
asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik
Rossiyasi hukmronligi
davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi.
Mahalliy aholini xo'rlash va qatag'on etish oktyabr to'ntarishi tufayli hokimiyatga
kelgan sho'ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog'onalarga ko'tarildi.
Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-
odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko'rdi.