Reja: Kirish I bob


To‘liq integratsiyalashmagan Markaziy Osiyo davlatlari



Yüklə 37,2 Kb.
səhifə4/5
tarix10.03.2023
ölçüsü37,2 Kb.
#87272
1   2   3   4   5
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning

To‘liq integratsiyalashmagan Markaziy Osiyo davlatlari
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning asl sababi – oldindan suvdan va transport kommunikatsiyalaridan foydalanishdagi murosa yo‘qligi bo‘lib kelgan. Mustaqillikdan keyingi yillarda mahalliy transchegaraviy hamkorlikning rivojlanmaganligi mintaqada chegaraviy muammolarning dolzarb tarzda saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biridir. Xususan, Yevropa Ittifoqida Shengen shartnomasi qabul qilinishi mintaqadagi davlatlarni iqtisodiy va siyosiy jihatdan bir-biriga bog‘lab, chegaraviy muammolarning ijobiy tomonga harakatlanishida muhim faktor vazifasini o‘tagan.
Ko‘pchilik ekspertlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining dezintegratsiya jarayonini 2ta: iqtisodiy va harbiy-siyosiy omillar bilan o‘lchashadi.
Iqtisodiy dezintegratsiya Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun o‘tmishda uzoq o‘lkalardagi bozorlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgani bilan ifodalanadi. Neft va tabiiy gazning yirik eksportchilari – Qozog‘iston bilan Turkmaniston uchun Yevropa Ittifoqi, Xitoy va Rossiya bozorlari ustuvor bo‘lgan. Markaziy Osiyo bozorlari yonilg‘i resurslarini iste'mol qilish bo‘yicha Yevroosiyoning yetakchi iqtisodiyotlari bilan raqobat qila olmasdi. Rossiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning yirik savdo-sotiq va investitsiya sheriklari bo‘lib keldi. Tabiiyki, tashqi savdodagi bunday nomutanosiblik Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘p tomonlama xalqaro aloqalariga nisbatan turli strategiyalar qo‘llashiga sabab bo‘ldi.
Harbiy-siyosiy nuqtayi nazardan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a'zosi bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini (KXShT) Markaziy Osiyo dezintegratsiyasining ramzi deb atash mumkin. Garchi Markaziy Osiyo mamlakatlari MDH va ShHT (faqat Turkmaniston a'zo emas) singari platformalarda hamkorlik qilayotgan bo‘lsa-da, yaqin vaqtgacha hamkorlikning sof mintaqaviy formati mavjud emasdi. So‘nggi marta Markaziy Osiyo formati – Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT) 2002 yilda tashkil etilgan va u 2005 yilda Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YeOIH) bilan birlashib ketguncha mavjud bo‘lgan edi.
O‘zi Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi ustida o‘tgan asrning 90-yillaridan beri bosh qotirib kelinadi va so‘nggi uchrashuvlar 2018 yil 15 mart kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida va 2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari ko‘rinishida tashkil etildi. Maslahat uchrashuvlari mintaqa ichidagi aloqalarni tiklash va mustahkamlashga jiddiy hissa qo‘shayotgan bo‘lsa-da, tashqi bozorlar hali-hamon Markaziy Osiyoning har bir mamlakati uchun jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa tojik-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan vaziyatga o‘xshash holatlar takrorlanishiga olib kelishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shu ta'kidlash kerakki, Markaziy Osiyoda chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilishda asosiy muammolardan biri – mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan tasdiqlanib, tartib-taomillaridan o‘tgan huquqiy asos yo‘qligidir. Mintaqa davlatlari o‘rtasida chegara muammosi yuzaga kelganda ushbu voqealarni bartaraf etishda tashqi omillarning mumkin bo‘lgan vositachiligi haqida har doim fikrlar yangraydi. Markaziy Osiyoda Moskva yoki Pekin xolis «sudya» emas, balki asosiy geosiyosiy o‘yinchilar hisoblanadi. Shu maqsadda tashqi kuchlar ko‘pincha mintaqa davlatlari manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan o‘zining geosiyosiy maqsadlaridan kelib chiqib, bu ishlarni amalga oshiradi. Shu sababli, Markaziy Osiyoda chegaralarni delimitatsiya qilish muammosiga yondashuv bir lahzali manfaatlar va millatchilik tuyg‘ulariga emas, balki mamlakatlarni va umuman mintaqani rivojlantirishning aniq strategik dasturiga asoslangan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Oxirgi Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi ziddiyatlarni tahlil qilish har ikki tomon xatti-harakatlarining mantiqsizligini ko‘rsatadi, chunki bu ularning ikkalasi uchun ham bir tomonlama ustunlik olib kelmadi. Markaziy Osiyoda chegara nizolari takrorlanib turishiga qaramay, umuman olganda, ular doimo mahalliy tarzda kechgan va uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lmagan. Bu muammolarni mintaqa davlatlarining manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zaro birgalikda hal qilinishi eng maqbul yechimdir. Markaziy Osiyodagi suv havzalari, taqsimlash punktlari, yaylov zonalari va transchegaraviy yo‘llarning barcha mamlakatlar va xalqlar manfaati uchun ishlashni boshlashi chegaraviy nizolarni hal qilishdagi «sehrli yechim» bo‘lishi mumkin va bu mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro hal qilinishi lozim va lobud.
1.2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi
Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash tobora muhim ahamiyat kasb etib, uni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan maqsadlarga erishish yo’lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo’ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo’ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni hududiy jihatdan (universal, mintaqaviy), qatnashchilar soniga ko’ra (ikki tomonlama, ko’p tomonlama), vakolat doirasi–kompetensiyasiga ko’ra (masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti), faoliyat sohasiga ko’ra (masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy) va a’zolik xususiyatiga ko’ra (ochiq va yopiq tashkilotlar)ga bo’lib tasniflash mumkin. Xalqaro huquq qoidalariga ko’ra, hukumatlararo tashkilotlar hamda bu sohada faoliyat ko’rsatadigan mansabdor shaxslar, diplomatlar singari, alohida imtiyoz va immunitetga egadir. Hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro huquqdagi o’ziga xos o’rni shundan iboratki, jumladan, ular Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoning turli mintaqalaridagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish vositalari bo’lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi davrda mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar, garchi birmuncha barqarorlashgan bo’lsa-da, biroq bu jabhadagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar hamon saqlanib qolmoqda. Bu o’z navbatida barcha davlatlar va xalqlarni tashvishga solmoqda. SHu boisdan ham jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Ular xalqaro munosabatlarni sog’lomlashtirishning turli yo’llarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda “keng qamrovli xavfsizlik”, “kuchlar nisbatidan manfaatlar nisbatiga o’tish”, “jahondagi mojarolar va kooperativ munosabatlarni muvofiqlashtirishda diplomatik mohiyat” kabi konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda va ularda xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishga doir xilma–xil fikrlar ilgari surilmoqda.
Demak, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Xalqaro siyosiy muammolarni hal qilishda ikki xil, ya’ni bir-biridan farq qiladigan an’anaviy va yangicha – zamonaviy yondashuv mavjud bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatga ega.
1. Xalqaro muammolarni hal qilishda an’anaviy yondashuvning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- sinfiy, guruhiy, milliy manfaatlarning ustuvorligi;
- noekologik tafakkur;
- siyosiy muammolarni kuch orqali hal qilishga urinish;
- ishonmaslik – muloqotning bosh shakli ekani;
- mamlakat xavfsizligini har qanday vositalar bilan ta’minlashga harakat qilish.
2. Xalqaro muammolarni hal qilishga yangicha – zamonaviy yondashuvning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligi;
ekologik tafakkur;
siyosiy muammolarni tomonlar manfaatini hisobga olgan holda, faqat siyosiy vositalar orqali hal qilish;
ishonch – muloqotning asosiy shakli ekani;
umumiy xavfsizlik muhitini yaratish.
Ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda tashqi siyosatning yangi – zamonaviy konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil bo’lmasin, uning yaxlitligini, bir butunligini tan olish tashqi siyosatda muayyan yutuqlarga erishishning asosini tashkil qiladi. Tashqi siyosatni takomillashtirish emas, qat’iy isloh qilish davr talabi ekanini anglash natijasida xalqaro munosabatlarda quyidagi bir qator ijobiy tendensiyalar ko’zga tashlanmoqda:
- mafkuraviy ta’sirning yo’qolib borishi;
- konfrontatsiya – o’zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka o’tib borish;
- xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish;
- xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi;
- xalqaro munosabatning kengayishi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – dunyodagi umuminsoniy manfaatlar asosida faoliyat olib boradigan eng nufuzli xalqaro tashkilot (1945 yil 24 oktyabr). BMTga hozirgi vaqtda 192 ta mamlakat a’zo. BMT – yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g’alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. Aslida bunday xalqaro tashkilotni tuzish zarurati Birinchi jahon urushidan keyinroq ayon bo’la boshlaydi. SHu maqsadda dastlab 1919 yilda “Millatlar Ittifoqi” nomli xalqaro tashkilot ta’sis etiladi va u 1946 yilgacha SHvetsariyaning Jeneva shahrida faoliyat olib boradi. Ammo u davrda demokratik va tinchliksevar kuchlarning uyushqoq emasligi va zaifligi tufayli Millatlar Ittifoqi xalqlarning umidlarini oqlamaydi, u Birinchi jahon urushida g’alaba qozonib, yetakchi mustamlakachi davlatlarga aylangan Buyuk Britaniya va Fransiyaning quroliga aylanib qoladi. Ikkinchi jahon urushi davomida va undan keyingi vaqtda 1919-1939 yillar mobaynidagi ana shu achchiq tajriba inobatga olinadi, tegishli xulosalar chiqariladi. Xullas, o’tmish sabog’i yangi xalqaro tashkilotlarning butunlay boshqacha bo’lishini talab qildi.
Oxirgi bir necha yil barcha sohalarda amalda oshirilgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, tub islohotlar va bu borada erishilgan ulkan yutuqlar miqyos jihatidan mustaqil O'zbekiston tarixida misli ko'rilmagan hodisa bo'ldi va xalqaro munosabatlar, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarda yangi davrni boshlab berdi. Ayni paytda, muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan muhim tashqi siyosiy tashabbuslar natijasi o'laroq, xalqaro maydonda keng miqyosdagi yuksak natijalarga erishilmoqda.
Ma'lumki, zamonaviy xalqaro munosabatlar ularda ko'p tomonlama diplomatiyaning roli ortib borayotganligi bilan ham xarakterlanadi. Ko'p tomonlama diplomatiya xalqaro hayotning Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) faoliyati bilan bog'liq ko'plab muhim jabhalarini qamrab oladi. O'tgan qisqa davrda O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining belgilovchi asosiy yo'nalishlaridan biri — hamkorlikni mustahkamlash maqsadida BMT bilan sherikligimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.
Prezidentimiz 2020 yil 29 dekabr` kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo e'tiborimiz markazida bo'ladi”.. Kelgusi yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Inson huquqlari bo'yicha ta'lim” global forumi, yoshlar huquqlariga bag'ishlangan Butunjahon yoshlar anjumani, diniy erkinlik masalalari bo'yicha mintaqaviy konferentsiyalarni o'tkazamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul` – Xalqaro do'stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. SHu bois ushbu sanani O'zbekistonda “Xalqlar do'stligi kuni” deb belgilashni taklif etaman... Qo'shni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta'sirini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qat'iy davom ettiramiz. Dengizning qurigan tubida yuz minglab gektar o'rmon va butazorlar tashkil etilayotgani, Orolbo'yi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlari xalqimizni yuksak marralar sari ruhlantirmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolbo'yi mintaqasida inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz...”, deb alohida ko'rsatib o'tganligi O'zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslarida yangi tendentsiyalarni namoyon qildi.
BMT xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga, davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan, davlatlar xalqaro hayoti va hamkorligining barcha yo'nalishlarida faoliyat ko'rsatadigan betakror, tarixan muhim va universal tashkilotdir. Ma'lumki, bundan 29 yil oldin, 1992 yil 2 mart kuni yangi suveren davlat —O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi. SHundan buyon biz o'z masalalarimizni hal etishda har doim BMTning ko'magiga tayanib kelmoqdamiz.
Dunyoda kechayotgan hozirgi globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga, o'zida turli tahdid va xavf-xatarlarni ham namoyon etmoqda. Ana shunday sharoitda davrimizning eng obro'li xalqaro tuzilmasi — BMT bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash yo'lida samarali hamkorlik qilish xalqimizning tub milliy manfaatlariga to'liq mos keladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi O'zbekiston—BMT munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Prezidentning sessiyada so'zlagan nutqida, “Biz qat'iy ishonamiz, BMT bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi” degan fikri respublikamizning tashqi siyosiy pozitsiyasini izohlab berdi. Mazkur mustahkam siyosiy-diplomatik pozitsiya davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan global va mintaqaviy ahamiyatga ega tashabbuslarda yana bir bor o'z ifodasini topdi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda BMTning o'ndan ortiq dasturlari, jamg'armalari va agentliklari, bir qator ixtisoslashgan muassasalari faoliyat olib bormoqda. O'z navbatida Nyu-York shahrida Doimiy vakolatxona va Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston keyingi yillarda BMTning Jenevadagi bo'limi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirmoqda. O'zbekiston BMTning Bosh Assambleyasi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi o'z ishtirokini ham faollashtirdi.
Mamlakatimizga BMT Bosh kotibi, Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar, BMTning Diniy e'tiqod bo'yicha, Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi bo'yicha maxsus ma'ruzachilarining amalga oshirgan tashriflari katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, 2020 yil 13 oktyabr` kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga — 2021-2023 yillarga saylanishi va a'zo sifatida Kengashning dastlabki uchrashuvida birinchi marta ishtirok etishi olamshumul va tarixiy voqelikdir. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Inson huquqlari bo'yicha kengashning 46-sessiyasida so'zlagan nutqida ilgari surilgan tashabbuslar bevosita O'zbekiston va BMT doirasidagi ikki tomonlama hal etiladigan masalalar bilan birgalikda, mintaqaviy va global darajada keng xalqaro hamkorlar bilan amalga oshirilishi talab etiladi. Ushbu nutqda belgilab berilgan yangi vazifalar Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi hamda Oliy Majlisga yo'llangan Murojaatnomasidagi vazifalar bilan hamohangdir.
Shu tariqa O'zbekiston hamda BMT o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topmoqda. Bundan keyin ham O'zbekiston Respublikasining jahondagi yirik xalqaro tashkilot BMT bilan munosabatlari tenglik va manfaatli sheriklik asosida rivojlanib boraveradi
II bob 2.1.O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli
Hozirgi davrda Markaziy Osiyoda strategik barqarorlikni ta’minlash, mintaqada integratsion jarayonlarni kuchaytirish, bu hududda joylashgan davlatlarning iqtisodiy, suv- energetik, ekologik muammolarining yechimni topishda yakin hamkorlik aloqalarini yo’lga quyish va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHulardan ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni saqlashda mintaqa davlatlarining hamkorligi zarurdir. So’nggi yillar mobaynida O’zbekiston mintaqada xavfsizlikka erishish va uzoq muddatli hamkorlik yo’lida o’zaro oqilona murosaga tayyor ekanligini bir necha bor isbot qildi.
Bu borada O’zbekiston Birinchi Prezidentii Islom Karimov «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, bu mintaqani barqaror xavfsizlik hududiga aylantirishni tashqi siyosatimizni muhim ustuvor yo’nalishi etib belgilab olganmiz»6 deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qurolli mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish borasida taklif va tashabbuslar bilan chiqib, BMT bilan hamkorlikda qator samarali ishlarni amalga oshirdi. yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti, o’nlab davlatlararo nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan ham keng hamrovli aloqalarni izchil rivojlantirmoqda. O’zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlar ishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim xalqaro anjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar - yeXHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, yevropa Ittifoqi, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.
BMTga a’zo bo’lishdan maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qilishdan iboratdir. 1993 yil 28 sentyabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zladi, unda diqqat e’tibor Orol dengizi fojeasiga va mintaqadagi mojaroli o’choklarga qaratildi, birinchi bor Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus 1996 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan yeXHT uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari Toshkentda yuqoridagi mavzuga doir anjuman o’tkazildi. 1999 yil 22 oktyabrda Afg’onistondagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalasiga doir BMTning Xavfsizlik Kengashi a’zolari nomidan Bayonot e’lon qilindi, 1999 yil 19-20 iyul oyida «6+2» guruhining bu masalaga doir uchrashuvi bo’lib o’tdi.7
BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik» deb nom olgan sessiyasida Birinchi Prezidenti I. A. Karimov nutq so’zladi, unda «Bugungi kunda mintaqalar xavfsizligini taminlamay turib, umumiy xalqaro xavfsizlikka erishib bo’lmasligi hammaga ravshan» degan edi8.
Ming yillik Assambleyada, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida, ya’ni 2000 yil 22 yanvarda so’zlagan ma’ruzasida xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash sohalariga alohida to’xtalib o’tgan edi. BMT bilan faol hamkorlik va O’zbekistonning obro’sining ortib borayotganligini biz Birinchi Prezident I.A.Karimovning «Ming yillik Assambleyasi» raisi o’rinbosarligiga saylanishida ham ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston tashqi siyosat sohasidagi vazifalarni hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona" Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning muxtor vakillari qatnashdi. Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, "Islom konferensiyasi" Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini taqiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashi-ning doimiy a’zolari — yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar. Bu esa Toshkent konferensiyasi katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Toshkent konferensiyasida qatnashish uchun yevropa Ittifoqi mamlakatlarining katta delegatsiyasi ham keldi. Ularning integratsiya hamda xavfsizlik va tinchlik o’rnatish borasidagi tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa qadrlidir. Konferensiyaning hamma ishtirokchilari O’zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tashkil etish haqidagi g’oyasini qo’llab-quvvatlayotganliklarini ma’lum qildilar.
O’zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov "Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona" Toshkent konferensiyasida so’zga chiqib, bunday dedi: "... jahon hamjamiyati bugungi kunda yadro xavfidan ogoh qilish, uning oldini olish borasidagi tashabbus va chora-tadbirlarga jiddiy e’tibor bilan qarashi va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi lozim. Biz Markaziy Osiyo —dunyodagi aholi eng zich joylashgan mintaqalardan biri ekanini, aholi har tomonlama nochor, tabiiy halokatlar tez-tez sodir bo’lib turadigan sharoitda istiqomat qilishini hech qachon unutmasligimiz kerak"9.
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbuslari natijasida 2006 yil 8 sentyabrda Semipalatinsk shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, va Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilinganligi haqidagi shartnoma imzolandi. SHartnomaga ko’ra tomonlar yadro qurolini ishlab chiqarishni, sotib olishni, xududlariga joylashtirishni taqiqlash kabi majburiyatlarni o’z zimmalariga oldilar10. O’zbekiston tomoni mazkur shartnomani 2007 yil 2 aprelda ratifikatsiya qildi 11.
11 Abdullayev O.B, Nurullayeva N. O’zbekiston – Markaziy Osiyoda tinchlik tayanchi. Ilm sarchashmalari. 2002y. 2-son. 26-27 betlar.
22 Markaziy Osiyo: kecha, bugun, ertaga. Ishonch. 2001y. 29 dekabr.
11 «Terrorizmga qarshi kurashda birdam bo’laylik». Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga Murojaati. Xorazm ќaqiqati. 2001y. 8 dekabr.
Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda.
2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi – mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Davlatimiz rahbari tashqi siyosatda amalga oshirilishi moʻljallangan birinchi navbatdagi vazifalar xususida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi.
Chorak asrdan koʻproq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida bir qator muammolar vujudga kelgan edi. Suv-energetika resurslari va transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish va chegara punktlarini kesib oʻtish kabilar shular jumlasidandir.
Tanlangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishiga mos ravishda, Oʻzbekiston rahbari soʻnggi 3 yil mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalik hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga oid dolzarb masalalarni birgalikda hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqotni olib bormoqda.
Prezidentning Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning koʻplab mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi va tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi yaqin qoʻshnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi siyosat olib borish ekanligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston rivojlanishining besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʻnalishi ochiq, konstruktiv va oʻzaro manfaatli tashqi siyosat olib borishni, shu jumladan, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik kamarini yaratishni koʻzda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan boʻlib, mintaqadagi barcha davlatlar oʻrtasidagi muhim boʻgʻin hisoblanadi va mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi 3 yil mobaynida olib borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatimiz oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha yoʻnalishlarda ochiq tashqi siyosat olib bormoqda.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va oʻzaro ishonchni kuchaytirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etishning muhim mexanizmi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil qilishni taklif qildi va bu tashabbus mintaqa mamlakatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-mart kuni Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) boʻlib oʻtdi. Sammitda siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki yagona madaniy va sivilizatsiya makonidir, deya eʼtirof etildi.
2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh assambleyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish" rezolyutsiyasini qabul qildi. Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati hujjatga hammualliflik qildi va rezolyutsiya BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
Rezolyutsiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini eʼtirof etadi.
Hujjatda Bosh assambleya Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlangan.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbuslarini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, rezolyutsiya mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal qilish uchun bunday maslahat maydonidan samarali foydalanishga chaqiradi.
2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezidentlari transchegaraviy suvlardan foydalanish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, chegaralarni tartibga solish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar. Toshkentda boʻlib oʻtgan maslahat uchrashuvi Oʻzbekiston yangilanish va mintaqaviy hamkorlik yoʻlidan borishni davom ettirayotganligini namoyish etdi. Mintaqa davlat rahbarlarining keyingi uchrashuvini Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasi minbaridan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishda muhim amaliy qadamlardan biri - bu 2017-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo: bir oʻtmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va oʻzaro farovonlik uchun hamkorlik” mavzuidagi anjumandir. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari boshchiligida delegatsiyalar, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerikadan kelgan yuqori martabali rasmiy delegatsiyalar, 10 dan ortiq xalqaro tashkilotning rahbarlari, shuningdek 100 dan ortiq xorijiy ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo chegara hududlari hokimlari va ishbilarmon doiralari uyushmalarini tuzish taklifini ilgari surdi. Ushbu tashabbus hozirda chegara hududlarida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda oʻz ifodasini topmoqda.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun Oʻzbekiston qoʻshni Afgʻonistondagi mojaroni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu mamlakat bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisida muhim shartnomalar imzolandi, yangi iqtisodiy loyihalar boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tinch Afgʻoniston Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hind okeani va Fors koʻrfazi portlariga chiqish imkoniyatini beradi hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Yevropa bozorlari bilan birmuncha arzon va qulay yoʻl bilan bogʻlaydi.
Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil 27-mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida yuqori darajadagi Toshkent xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani, BMTning Afgʼonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, 25 ta davlat va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Anjuman yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Ushbu hujjat mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada kengaytirish kabi ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etdi.
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan munosabatlarni rivojlantirishni davom ettiradi, ushbu mamlakatda vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarda bundan buyon ham faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash, uning transport, ishlab chiqarish, energetika va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Zero, barqaror va gullab-yashnayotgan Afgʻoniston Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik barqarorlikning muhim omillaridan biridir.
Shu bilan birga, global tusga ega boʻlgan ekstremizm, separatizm, giyohvandlik va qurol kontrabandasi muammolari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrimizning eng dolzarb muammosi boʻlib qolmoqda. Taʼkidlash joizki, ushbu yoʻnalishda SHHT doirasida yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda Prezidentimiz dunyo aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarni ekstremizm va radikalizm taʼsiridan himoya qilish hamda ularning huquqlarini yanada toʻlaroq taʼminlash borasida qator tashabbuslarni ilgari surganligini taʼkidlash joiz. Jumladan, davlatimiz rahbari yoshlarni ushbu salbiy taʼsirlardan himoya qilishda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyilini oʻrtaga tashladi va BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan rezolyutsiyani hamda Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” haqidagi rezolyutsiya 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi va Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiya boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda. Bu esa Prezidentimizning tashabbuslari naqadar dolzarb xalqaro ahamiyatga ega ekanligi va ularning jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Mintaqaning barcha mamlakatlarida bevosita dengizga chiqish yoʻllari yoʻqligi sababli, quruqlik transportini rivojlantirish va tranzit salohiyatni oshirish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonning eksport geografiyasini va qoʻshni davlatlar bilan transport yoʻlaklari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz 2018-yilda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazish taklifini bildirdi. Unda dunyoning 37 mamlakatidan va 27 xalqaro tashkilotdan 500 nafardan ortiq xorijiy mutaxassis ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy maqsadi – mavjud transport yoʻlaklarini takomillashtirish va yangi transport yoʻlaklarini yaratish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, shuningdek transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish edi. Uchrashuv natijasida transport va logistika xizmatlarini koʻrsatish jarayonida qoʻshma transport-logistika korxonalarini tashkil etish va raqamli texnologiyalarni jadal joriy etishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Mintaqada yangi transport inshootlarining ishga tushirilishi mazkur sohada belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, muhandislik xususiyatlari va geostrategik ahamiyatiga koʻra noyob hisoblangan Turkmanobod-Farob koʻprigining ishga tushirilishi nafaqat Oʻzbekiston va Turkmaniston, balki butun Markaziy Osiyo hayotida muhim oʻrin tutadi.
Koʻp yillar davomida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi nazorat punktlarining aksariyati fuqarolar uchun yopiq edi. Shuningdek, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida qator jiddiy muammolar mavjud edi. Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi davomida 2017-yil 5-sentyabr kuni Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, 2018-yil 9-mart kuni Oʻzbekiston Tojikiston bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida shartnomasini imzoladi.
Ushbu muhim hujjatlarning amalga tadbiq etilishi natijasida, qoʻshni mamlakatlar bilan chegara punktlarida barcha cheklovlar olib tashlandi. Qirgʻiziston va Tojikiston bilan imzolangan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish shartnomalari mamlakatimizga iqtisodiy hamkorlikni va transchegaraviy savdoni rivojlantirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish va, eng muhimi, chegara hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Jumladan, agar besh yil oldin Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasini kuniga 200-300 kishi kesib oʻtgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 30 mingdan oshdi. Tojikiston bilan shartnoma imzolangandan soʻng, ilgari yopiq boʻlgan barcha 17 chegara oʻtkazish punkti toʻliq ishlay boshladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasini kuniga 20 ming fuqaro kesib oʻtmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim oʻrnatilgani ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik ochiqlik va doʻstona qoʻshnichilik aloqalariga tayanishidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Prezidentining ochiq va konstruktiv siyosati tufayli Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasidagi davlat chegaralarini bir-biriga tutash hududi masalasida murosaga erishildi. Tegishli shartnoma 2017-yil noyabr oyida Samarqandda Markaziy Osiyo boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro anjuman doirasida imzolandi.
Mintaqaviy hamkorlikning yana bir strategik muhim yoʻnalishi – savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdir. Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2018-yil 15-mart kuni poytaxtimizda mintaqa mamlakatlari Bosh vazirlari oʻrinbosarlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 200 dan ortiq davlat idoralari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirish, shuningdek sayyohlik jozibadorligini oshirish, transport va tranzit salohiyatini oshirish muammolarini muhokama qildilar. Uchrashuvlar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 35 foizdan koʻproqqa oʻsgani va 12,2 milliard dollarni tashkil qilgani, ammo mamlakatlar mintaqadagi iqtisodiy salohiyatidan hali toʻliq foydalanilmayotganligi taʼkidlandi.
Investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Shu bilan birga, Prezidentning har yilgi murojaatida ekologik xavfsizlikni taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, Orol muammolari va ekologik muhit buzilishining oqibatlari alohida taʼkidlanadi. Mazkur muammolarni hal etish va Orol dengizi aholi turmush tarziga salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan Moliya vazirligi huzurida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgani maqsadga muvofiqdir, unga 200 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, turmush sharoitini yaxshilash masalalari hal etilmoqda.
Oʻzbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasida ilgari surilgan tashabbusining amaliy tadbiqi sifatida Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligi boʻyicha BMTning koʻp tomonlama sheriklik Trast jamgʻarmasi tashkil etildi. Mazkur jamgʻarmaning taqdimoti 2018-yil 27-noyabr kuni Nyu-York shahrida BMT bosh qarorgohida boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbari 2018-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlis deputatlari oldida soʻzlagan nutqida fond faoliyatining naqadar muhim ekanini yana bir bor taʼkidladi. 2019-yil oktyabr oyida Orol muammolarini hal etishga bagʻishlab Nukus shahrida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda Prezidentimiz tomonidan Orolboʻyini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish va BMT Bosh assambleyasining maxsus resolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi. Hozirda ushbu tashabbusni amalga oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Madaniy va gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari umumiy tarix va yakdil madaniyatga ega. Ularning bir-biriga ulashib ketgan oʻxshash urf-odatlari, qadriyatlari va yagona dini bor. Shu bois, Oʻzbekiston madaniy va yaqin qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev universitet forumlari va mintaqaviy sport oʻyinlarini oʻtkazish, shuningdek, fan, madaniyat va sanʼat sohasidagi ulkan yutuqlari uchun Markaziy Osiyo mukofotini taʼsis etishni taklif qildi. “Biz har yili Navroʻz arafasida har bir mamlakatda navbatma-navbat Markaziy Osiyo madaniyati kunlarini tashkil etishni muhim, deb hisoblaymiz. Bularning barchasi qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga imkon beradi”, deb taʼkidladi Prezidentimiz.
Ushbu tashabbusning amaliy tadbiqi sifatida 2018-yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili, deb eʼlon qilindi. Uning doirasida 80 dan ortiq madaniy va sport tadbiri, kino kunlari va turli festivallar oʻtkazildi. 2019-yil esa Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili boʻldi va uning doirasida koʻplab madaniy tadbirlar tashkil etildi. Bu mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy muloqotning yuqori darajasini koʻrsatadi.
Mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi muzokaralari davomida Oʻzbekiston rahbari xalqaro sayyohlik konferensiyasini oʻtkazish va Markaziy Osiyoda yagona sayyohlik brendini yaratish tashabbusini ham ilgari surdi.
Mintaqaning sayyohlik salohiyatini oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida Silk Road (Ipak yoʻli) viza tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu rejim umumiy vizani nazarda tutadi va chet el fuqarolariga bir vaqtning oʻzida Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga toʻsiqlarsiz borishga imkon beradi. Ushbu tashabbus sayyohlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishini yengillashtirish uchun ilgari surilgan. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Turkiya va Ozarboyjon ham qatnashishi rejalashtirilgan.
Prezidentimizning bu boradagi tashabbuslari nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Jumladan, 2019-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi Oʻzbekiston tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va barqaror turizm” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi.
Xulosa.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashabbuslari bilan nafaqat mamlakatni, balki butun mintaqani rivojlantirish borasida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Bizning bosh maqsadimiz – umumiy saʼy-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat”.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha sohalarda teng huquqli sheriklik va hamjihatlik asosida hamkorligi mintaqa rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari, faol va pragmatik diplomatiya hamda tashqi siyosat tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit vujudga keldi va transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib oʻtish, transchegaraviy savdoni rivojlantirish kabi eng dolzarb muammolarni hal qilish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Bularning barchasini Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida keyingi uch yil mobaynida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan yaqin va oʻzaro manfaatli qoʻshnichilik aloqalarini rivojlanish borasidagi izchil tashqi siyosatning hosilasi hamda mustaqil oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi, deb aytish mumkin.



Yüklə 37,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin