Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning
I bob 1.1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari O’tmishda Turonzamin – Movaraunnahr – Turkiston – O’rta Osiyo va Qozog’iston, xozirda esa Markaziy Osiyo deb nom olgan bu ulkan xududda 5 mustaqil davlat mavjud bo’lib, ular O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir.
Ularning xududi 4,4 mln kv. km aholisi 55 mln dan ortiqdir.1
Bu davlatlarda yuzdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning dini, tili, dili, suvi, havosi bir va yeri tutash, madaniyati, urf-odatlari, an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.
Markaziy Osiyo kuchli iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mintaqa. Katta miqdorda ishchi kuchi, suv-energetika, transport-kommunikatsiyasi va yer resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.
Katta boylikka ega bo’lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kuchayib bormoqda
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta’minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.2
Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xududiy da’volar qilmaslik, nizoli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilish, tajovuzkor xarbiy bloklarga qo’shilmaslik, yadro quroliga ega bo’lmaslik kabi tamoyillarga asoslanadi. SHu tufayli ham O’zbekiston Jaxon Hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab, xalqaro maydonda katta obro’-e’tiborga ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo’lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga yoyishga urinmoqda.
Giyoxvand moddalar va qurol-yarog’larni noqonuniy yo’llar bilan olib o’tish va sotish nafaqat Markaziy Osiyo balki butun dunyo havfsizligiga jiddiy taxdid solmoqda.
XX asrning oxiri – XXI asr boshida jahon siyosiy xaritasida yuz bergan tub o’zgarishlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlarga olib keldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqilikka erishgandan so’ng mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdidlar ana shu geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq. Bu tahdidlar bir qancha omillar zanjiridan iborat. Tojikistondagi birodarkushlik urushi, Afg’onistondagi nizolar, terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm shular jumlasidandir. Mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muammolar to’planib qolganligi sir emas.
SHuning uchun ham Birinchi Prezidentiimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assableyasining 48-50 sessiyalari va “Ming yillik” sammitida so’zlagan nutqida ilgari surilgan “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash”, “Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida yonayotgan qo’shni Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish”, “Mintaqalar havfsizligini barqaror etish orqali dunyo tinchligini ta’minlash”, “Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashish” kabi muhim takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Afg’onistondagi notinchliklar dunyo hamda Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi. SHu sababga ko’ra Markaziy Osiyo mamlakatlari tinch yo’l bilan Afg’onistonda tinchlikni o’rnatishdan va shu orqali mintaqada xavfsizlikni ta’minlashdan va uzoq muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar.
Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan tashqari insoniyat uchun katta havf bo’lgan giyohvand moddalar yetishtirilardi.
Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi. Bu zaxarli moddani O’rta Osiyo orqali dunyoga tarqatishga harakat qilinilgan. O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish havfsizlikni ta’minlash O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Tadqiqot tahlili shuni ko’rsatadiki, mintaqada mavjud muammolardan yana biri bu hududda yadro va yalpi qirg’in qurollarini saqlamaslik, sinovdan o’tkazmaslik bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu sohadagi yutuq va kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va barqarorligiga xavf solmoqda.
Mintaqada mavjud bo’lgan muammolardan yana biri turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar bilan bog’liq. Buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan ba’zi g’oyaviy mafkuraviy markazlar o’zlariga maqsad qilib olganlar. Ular bir davlat hududidan boshqa mamlakatlarga giyohvandlik moddalari, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog’ kabilarni noqonuniy tarzda olib o’tishiga urinmoqdalar. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg’oniston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini to’kishga intilmoqda.
Mintaqadagi barqarorlikka tahdid soluvchi omillardan yana biri narkobiznes hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra 2000 yilda Rossiya qora bozoridagi narkotik moddalarning 60 % ini, yevropa qora bozoridagi narkotik moddalarning 80 % ga yaqinini, AQSH qora bozoridagi narkotik moddalarning 35 % ni, jahon qora bozoridagi narkotik moddalarning 75 % ni afg’on zaminidagi yetishtirilgan narkotik moddalar tashkil qilgan. Afg’onistonda 1998 yilda 300 ming tonna, 1999 yilda 450 ming tonna, 2000 yilda 700 ming tonna opium yetishtirilgan, va ma’lumotlarga ko’ra shu yillarda yetishtirilgan opiumdan 30 ming tonna geroin tayyorlash mumkin ekan1.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini takomillashtirib borib, dunyoda va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
Afg’oniston muammosini hal etish yo’lida O’zbekiston mustaqillikni dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol ish olib borganligi ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, 1992 yil 13 oktyabrda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari Burhoniddin Rabboniy tomonidan ikki qo’shni davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish, havo yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan2.
Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov xalqaro tashkilotlarning yig’ilishlarida qator tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, bunday tashabbuslar BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida, 1994 yil dekabrda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga3 a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Budapesht sammitida, 1997 yil 22–25 sentyabridagi yeXHT Parlament Assambleyaning kengaytirilgan “Markaziy Osiyo va Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari” mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan4.
SHu bilan birga, 1999 yil 19-20 iyul kunlari O’zbekiston hukumati tashabbusi bilan Afg’oniston masalasi bo’yicha “6+2” guruhi uchrashuvining Toshkent shahrida bo’lib o’tganligiga va uning ahamiyatga ega tomonlariga alohida e’tibor berilgan5.
Ko’p yillar davomida cho’zilib ketgan Afg’on muammosining hal bo’layotganligi dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok qildi.
O’zbekiston Afg’on muammosini hal qilish uchun xalqaro maydonda va mintaqada o’ziga bog’liq bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
1997 yilda O’zbekistonning tashabbusi bilan, Afg’oniston muammosini hal qilish bo’yicha 6+2 guruhi tuzilgan edi. Bu Afg’oniston bilan chegaradosh 6 ta davlat (Eron, Pokiston, Xitoy, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) hamda Rossiya va AQSH. Bu davlatlarning 3 tasi BMT havfsizlik kengashining doimiy a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH).
SSSR qulaganiga 30 yildan oshiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo mintaqasida chegaraviy muammolar hal etilmay kelyapti. So‘nggi yillarda davlat chegaralarini huquqiy rasmiylashtirish hamda chegaradagi bahsli hududlar muammosini uzil-kesil hal etish borasida bir qancha amaliy harakatlar o‘tkazildi. Xususan, Samarqand shahrida 2017 yil 10-11 noyabr kunlari BMT shafe'ligida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi bahsli nuqtalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 9 martida Tojikistonga tashrifi vaqtida chegaralardagi muammolarni hal qilish borasidagi asosiy natijalar bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Shuningdek, mart oyida Toshkentga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari chegara masalalari bo‘yicha 3 oyda bir to‘xtamga kelinishini aytgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston tomoni 26 martda bahsli hududlar bo‘yicha 100 foiz kelishuvga erishilganini ma'lum qildi. Ammo Qirg‘izistonning Qorasuv tumanidagi Savay qishloq okrugi aholisining namoyishlaridan so‘ng Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev namoyishchilar bilan uchrashuvda o‘zbek tomoni bilan kelishuv shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida va'da berdi.
Bundan tashqari, aprel oyi oxirida Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyat yana keskinlashdi va ikki tomondan jami 50ga yaqin odamlar nobud bo‘ldi.
Bir necha yildan beri mintaqa davlatlari chegaradagi nizoli masalalarni hal qilishga urinayotgan bo‘lsa-da, bu holat og‘riqli nuqtaligicha qolmoqda.