Reja: kirish madaniyaning inson hayotidagi o’rni


Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushun-chasining qo‘llanishiga qarab quyidagicha o‘rganadi



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə4/9
tarix07.03.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#86953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘

Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushun-chasining qo‘llanishiga qarab quyidagicha o‘rganadi:



  1. individual í shaxs madaniyati;




  1. guruhiy madaniyat í milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy;




  1. makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat

madaniyati;


g) insoniyat madaniyati.

Madaniyatni qo‘llanish jihatidan turlarga bo‘lish munozarali bo‘lsa-da, ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni yo‘qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqur-roq o‘rganish madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi.


«Madaniyat» tushunchasi qo‘llanish jihatidan xilma-xil bo‘lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko‘nikib qolganmiz.


Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida foydalanish va shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodaligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo‘shib ishlatiluv-chi sifatlar juda keng bo‘lib, uni qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning ijtimoiy maqomiga bog‘liqdir.


Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda, ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Ba’zan madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va chiroyli narsalar bilan bog‘liq deb fikr qilinadi.





Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin